Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi psixodiagnostika va eksperimental psixologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar?



Download 30,29 Mb.
bet120/297
Sana04.04.2022
Hajmi30,29 Mb.
#528647
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   297
Bog'liq
UMK Psixodiagnostila va eksperimental psixologiya 2021-2022

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar?

  1. O’zgaruvchilarni tanlashda nimalarga e`tibor qaratiladi?

  2. Tobe o’zgaruvchi va mustaqil o’zgaruvchi orasidagi munosabatni sharhlang.

  3. Randomizatsiyaning mohiyatini tushuntiring.

  4. Aralashuvchi omillar nima?

  5. Tashqi validlik va ichki validlikka ta`rif bering.

  6. Tashqi validlikka xavf soluvchi omillarni sanab o’ting.

  7. Ichki validlikka xavf soluvchi omillarni sanab o’ting.

  8. Statistik regressiyaning mohiyatini yoriting.



MAVZU: ILM-FANDAGI HALOLLIK
Reja:
1.Xarom amallar: fabrikatsiya, falsifikatsiya.
2.Shubhali amallar: eksperimentni loyihalash, axborot yig`ish, ma`lumotlar tahlili, natijalar taqdimoti.
3.Turli amallar: ba`zi bir narsalarni tushirib qoldirish, reorganizatsiya, yangicha formulirovka.


Maqsad:
Talabalarda ilm fandagi halollik, fabrikatsiya, falsifikatsiya haqida tushuncha hosil qilish.
Vazifa:
1.Xarom amallar: fabrikatsiya, falsifikatsiya haqida ma`lumot berish.
2.Shubhali amallar: eksperimentni loyihalash, axborot yig`ish, ma`lumotlar tahlili, natijalar taqdimotini asoslash.
3.Turli amallar: ba`zi bir narsalarni tushirib qoldirish, reorganizatsiya, yangicha formulirovkani bayon etish.
Tayanch tushunchalar:
Fabrikatsiya – ayrim ma’lumotlarni qo’shib tahlil qilish.
Falsifikatsiya – tadqiqot natijalarini soxtalashtirish.
Reorganizatsiya – tajribani noto’g’ri tashkil etish.
Yangicha formulirovka – ma’lumotlarni sharhlashda, izohlashda yangicha yondashuvning mavjudligi.
1.Xarom amallar: fabrikatsiya, falsifikatsiya
Zamonaviy psixodiagnostik tushunchalarga va tadqiqotlarni tashkil etishga, natijalarni tahlil etishga alohida talablar qo’yiladi. Ana shunday tushunchalarga qo’yiladigan talablardan biri operasionalizasiya deb ataladi, ya’ni mazkur tushuncha haqiqatdan ham tavsiflanayotgan xususiyatning barcha jihatlarini qamrab olishi kerak.
Psixodiagnostik tushunchalarga qo’yiladigan ikkinchi talab verifikasiya degan tushuncha bilan ifodalanadi. Verifikasiya talabiga ko’ra, har bir tushunchani amaliyotda qo’llash uchun u sinovdan, tekshiruvdan o’tgan bo’lishi kerak.
Psixologik-pedagogik tajribalar tadqiqotning ishonchli vositasi bo’lishi, uning yordamida ilmiy asoslangan ma’lumotlar olish, amaliy jihatdan to’g’ri xulosalar chiqarish imkonini berishi uchun psixodiagnostik metodlar muayyan talablarga javob berishi kerak.
Ilm fandagi g`irromlikning eng mashhur turi bu ma`lumotlar fabrikatsiyasi. Ba`zi“eksperementator” tajriba o’tkazishning eng yaxshi yoki uni umuman o’tkazmaslik ekanini juda yaxshi biladilar. Ular texnik ta`minot vositalarini tayyorlash, ishtirokchilarni jalb qilish, metodni tanlash, olinadigan natijalarni matematik-statistik tahlil qilish kabi o’zlarini ortiqcha ovora qiluvchi ishlarni amalga oshirmaydilar. Ular bilishi zarur bo’lgan yagona narsa bu – eksperimentni o’tkazish tartibini to’g`ri yoritib bera olish xalos. Bunday “eksperimentatorlar” boshqa kasbni egallash haqida o’ylab ko’rsalar bo’lar edi, chunki ular uzoq vaqt psixolog bo’la olmaydilar. Ta`lim olish jarayonida sizda ma`lumotlarni fabrikatsiyalash istagi Yuzaga kelishi mumkin, chunki vazifani topshirish muddati yaqin, siz esa hali tayyor emassiz. Bunday qilmang! Topshirilmagan ish uzog`i bilan sizning yomon baho olishingizga sabab bo’lishi mumkin, soxtalashtirilgan ma`lumotlar esa sizni sharmandalarcha talabalar safidan chiqarilishingizgacha olib kelishi mumkin. Ilmda professionallar soxtalashtirilgan ma`lumotlarni kechirmaydilar.
1990 yillarning boshida Kammerer familiyali biolog orttirilgan xarakter xususiyatlari ham nasldan naslga o’tishini isbotlamoqchi bo’lgan, uning qarashlari Darvinning evolYutsiya nazariyasidan tubdan farq qilardi. Kammerer qora tuproqda o’tli salamandera (fire salamanders) ning bir necha avlodini etishtirganini da`vo qilardi. Uning aytishicha, asli rangi qora, tanasida sariq dog`lari bor salamanderlarning sariq dog`lari kamayib, yana bu xususiyat keyiingi avlodga ham o’tgan ekan. Kammerer olgan natijalardan shubhalangan boshqa bir olim Kammerer tekshirdim degan salamanderlarning buncha avlodini boqishga ketgan vaqtni uning hisobotlarida keltirilgan vaqt bilan solishtitib ko’radi, qarasaki natijalar turlicha. Boshqa olimlar ham Kammererdan bu holatni tushuntirib berishini talab qildilar, bu hol 7 yildan so’ng boshqa ikki olim tajriba vaqtida o’rganilgan salamderlarning murdalarini tatqiq qilishga ruxsat olgunlariga qadar davom etadi. Ularning aniqlashicha salamanderlar tanasi qora tush bilan bo’yalgan ekan. Kammererning o’zi esa natijalarni qora “yordamida” biroz yaxshilaganini ta`kidlagan. Ko’p o’tmay Kammerer o’z joniga qasd qiladi. Olim uchun eng uyatli ish bu – ilmiy fanlar sistemasiga soxta yangiliklarni qo’shishdir. Agar siz yomon tadqiqot o’tkazgan bo’lsangiz u holda insonlar bunga e`tibor bermasliklari mumkin, lekin agar siz aslida unday bo’lmasada omadli tadqiqot o’tkazdim desangiz unda shaxsan o’zingiz va ilm fanning rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan bo’lasiz. Boshqa olimlar keladi va o’z tadqiqotlarini sizning tadqiqotlaringiz natijalari asosida o’tkazishga harakat qiladilar, kutilgan natija ololmagach, aslida ular haq bo’lsalarda o’zlarini nohaq qaerdadir xatolikka yo’l qo’yyapmiz deb o’ylaydilar. Keyin ular asos sifatida olingan ishdagi xatolikni aniqlashga ortiqcha vaqt ketkazadilar, bundan tashqari o’z tadqiqotlarini yana qaytadan loyihalashtirishga majbur bo’lib qolishlari ham mumkin. Yuqoridagi g`irromlk qancha uzoq muddat noma`lumligicha qolsa, ilm fan shuncha ko’p narsa yo’qotadi. Agar ilm fandagi g`irromlik aniqlanmasa, u jamiyatdagi g`irromlikka olib kelishi Hech gap emas. Masalan, 1930 yillarning boshida rus “olimi” T.D.Lisenko ham orttirilgan xususiyatlar nasldan naslga o’tishi mumkin degan fikr tarafdori bo’lgan (Lerner 1968). U o’z nazariyasiga shu qadar ishonardiki, bir olam ma`lumotlarni soxtalashtirishgacha borib etdi. Lisenko tarafdorlari fantastik natijalarga erishayotganlarini da`vo qilib chiqdilar: sayroqi qush qo’ygan tuxumdan kakku bolasining yorib chiqqani, lavlagining karamga aylanishi (ular isbot tariqasida soxta suratlardan foydalanganlar) va hakazo (Lerner 1968). Lisenkoning bu o’ta odobsiz harakati nafaqat ilm fan balki bevosita jamiyatga ham zarar etkazgan. Shaxsan uning vijdonida ishdan bo’shatilgan va xatto qatl qilingan ba`zi rus genetiklarining xuni yotibdi. U avval Stalinni keyinchalik esa Xrushyo’vni o’z nazariyasi to’g`riligi va undan qishloq xo’jaligida keng foydalanish zarurligiga ishontirgan (Medvedev, 1969). Va nihoyat qishloq xo’jaligidagi omadsiz amaliyotning sabablari qisqacha izohlangandagina Lisenko nazariyalari bekor qilindi, lekin bu rus jamiyatiga o’z ta`sirini o’tkazib bo’lgan edi. Bu mavzuni yozish jarayonida ilm fan tarixidagi juda ko’plab g`irromliklarga ko’zim tushdi, g`irromliklar oshdimikan yoki ularni ochib tashlash urfga aylanmoqdami? Eski davr olimlari ham bunday ishlar bilan shug`ullangan ekan. XIX asr genetikasi Gregorg Mendalni ba`zi erlarda unchalik ham haq bo’lmaganlikda ayblamoqda (Fisher 1936). Xatto ser Isaak NYutonning ishlarida ham ba`zi mulohazali jihatlar bor (Wetsfall 1973).
Kornellida men psixologiya fakulteti talabalari va o’qituvchilari bilan juda ko’p suhbatda bo’lganman. Bir talaba qiz menga o’tkazmoqchi bo’lgan eksperimenti haqida gapirib berdi. Kimningdir aniqlashicha ma`lum sharoitlarda (X), kalamushlar ma`lum xatti-harakatlarni amalga oshirar ekan (A). U agar X sharoitni Y ga almashtirsak kalamushlar avvalgidek A ni qilishda davom etadimi yo’qmi shuni aniqlamoqchi edi. U Y sharoitda eksperiment o’tkazib, kalamushlar A ni qilish qilmasligini kuzatmoqchi edi. Men unga avval birinchi tadqiqot (ya`ni X sharoitda kalamushlar haqiqatdan ham A faoliyatni bajaradimi) ni laboratoriyada qayta o’tkazib tekshirib ko’rish zarurligini faqat shundan keyingina X sharoitni Y sharoitga o’zgartirib kalamushlar faoliyatini kuzatish kerakligini tushuntirdim. Faqat shundagina to’liq natijaga erishish mumkin. Unga bu yangi fikr juda yoqdi va u o’zining professori oldiga ketdi. Lekin u: “bunday qilish shart emas eksperiment o’tkazib bo’lingan siz faqat bekorga vaqt yo’qotasiz” deb javob beradi. Bu voqea 1947 yillarda sodir bo’lgan u vaqtda psixologik tadqiqotlarni qaytarish emas, balki shart-sharoitlarning o’zinigina o’zgartirib yangi natijalar olish siyosati hukmron edi.
Fan tarixidagi eng yirik yolg`onlar.

Download 30,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish