Korrelyatsion tatqiqot nazariyasi korrelyatsion aloqa haqidagi tasavvurlarga asoslangan bo’lib, K.Pirson tomonidan ishlab chiqilgan va matematik-statistika fani darsliklarida kengroq berilgan. Bu yerda esa korrelyatsion psixologik tatqiqotning faqatgina metodologik asoslarigina ko’rib chiqiladi.
Korrelyatsion tatqiqot o’tkazish strategiyasi kvazieksperiment o’tkazish strategiyasiga yaqin. Kvazieksperimentdan farqli jihati shundaki, korrelyatsion tatqiqotda ob`yektga nisbatan boshqaruvchi ta`sirning yo’qligi. Korrelyatsion tatqiqot rejasi murakkab emas. Tadqiqotchi individning bir necha psixologik xususiyat yoki ma`lum tashqi bosqichlar va psixologik holatlar o’rtasidagi statistic bog`liqliklar haqida o’z gipotezasini o’rtaga suradi. Bunda sababiy bog`liqlik taxmini muhokama qilinmaydi.
Korrelyatsion tadqiqot deb bir necha o’zgaruvchi o’rtasidagi statistik bog`lanishlarni tasdiqlash yoki inkor etish uchun o’tkaziladigan tadqiqotga aytiladi. Psixologiyada o’zgaruvchi sifatida psixologik xususiyatlar, jarayonlar, holatlar va boshqalar ko’riladi.
“Korrelyatsion” so’zi o’zbek tiliga “o’zaro munosabat” deb tarjima qilinadi. Agar bitta o’zgaruvchining o’zgarishi ikkinchisining ham o’zgarishiga olib kelsa, unda bu ko’rsatkichlarning korrelyatsiyasi deyiladi. Ikki o’zgaruvchilar o’rtasidagi korrelyatsiyasi ular orasida sabab-oqibat munosabatlari ham mavjud deyish imkonini bermaydi, shunchaki shunday gipoteza bilan chiqish imkonini beradi xolos. Korrelyatsiyaning yo’qligi esa o’zgaruvchilar orasida sabab-oqibat munosabatlari bor degan gipotezasini to’laligicha rad etish imkonini beradi. Ikki o’lchanayotganlar orasida korrelyatsiyaning mavjudligini aniqlashning bir necha yo’li bor:
1.To’g`ri korrelyatsion aloqa. Bitta o’zgaruvchining darajasi boshqasining darajasiga to’laligicha mos tushadi. Misol tariqasida Xikning qonunini keltirish mumkin: axborotni qayta ishlash tezligi alternativlar soni logarifmiga proportsional. Boshqa misol: ijtimoiy ustanovkalarni almashtirishga moyillik va Yuqori shaxsiy egiluvchanlik o’rtasidagi korrelyatsiya.
2. Uchinchi o’zgaruvchi bilan asoslangan korrelyatsiya. Ikki o’zgaruvchi (a,b) bir-biri bilan tadqiqot jarayonida o’lchanmagan uchinchi o’zgaruvchi (v) vositasida bog`langan. Tranzitivlik qoidasiga ko’ra, agar R (a, B) va R (b, c) bo’lsa unda R (a, c). bunday korrelyatsiyaga AQSH psixologlari tomonidan aniqlangan intellekt va daromod darajalari o’rtasidagi bog`liqlik misol bo’la oladi. Agar shunday tadqiqot hozirgi zamon Rossiyasida o’tkazilganda natijalar boshqacharoq ko’rinish kasb etardi. Bundan ko’rinadiki hamma gap jamiyatning tuzilishida. Sinaluvchilarning lug`at boyligi va ko’rsatilayotgan rasmlar tezligi ham korrelyatsiyalanmoqda. Bu korrelyatsiyani asoslayotgan yashirin o’zgaruvchi umumiy intellekt hisoblanadi.
3. Hech narsa bilan asoslanmagan tasodifiy korrelyatsiya.
4.Tanlanmaning turliligi bilan asoslangan korrelyatsiya. Tasavvur qiling, biz tatqiq qilishimiz kerak bo’lgan tanlanma ikki o’xshash guruhlardan iborat. Masalan, biz jinsning ekstrovertlikka bog`liqlik darajasini o’rganmoqchimiz. Ma`lumki, jinsni “o’lchash” qiyinchilik tug`dirmaydi, ekstrovertlikni esa Ayzenkning ETI-1 testi yordamida tekshiramiz. Bizda ikki guruh bor: matematik-erkaklar va jurnalist-ayollar. Agar biz ekstrovertlik darajasi va jins o’rtasida bog`liqlikni: ko’pchilik erkaklar – introvert, ayollar esa – ekstrovert; aniqlasak, bu ajablanarli hol bo’lmaydi.
Korrelyatsion aloqalarni o’ziga xosligiga qarab turlarga ajratadilar. Agar bir o’zgaruvchi darajasining oshishi ikkinchisining ham o’sishi bilan birgalikda kuzatilsa unda bu ijobiy korrelyatsiya. Shaxsiy bezovtalik qanchalik yuqori bo’lsa, oshqozon yarasi kasalligi bilan kasallanib qolish ehtimoli ham shunchalik yuqori . Tovushning balandlashishi uni toninig ham oshishiga olib keladi. Agar bitta o’zgaruvchining o’sishi ikkinchisining kamayishiga sabab bo’lsa u holda bu salbiy korrelyatsiya. Zayonts ma`lumotlariga qaraganda oilada bola sonining ortishi ularning intellekt darajasining pasayishiga olib kelar ekan. Mavjudot qanchalik qo’rqoq bo’lsa, guruhda liderlikni egallashi ehtimoli ham shunchalik past bo’ladi.
Agar o’zgaruvchilar o’rtasida hech qanday aloqa bo’lmasa unda bu nulevoy korrelyatsiya bo’ladi.Psixologiyada bir tekis (ijobiy yoki salbiy) aloqalarga misollar yo’q. Ko’pchilik aloqalar – notekis. Notekis bog`liqlikning klassik misoli bu - Yerks-Dodson qonuni: yosh motivatsiyalari o’rgatish effektini oshiradi, keyin samaradorlikning tushishi kuzatiladi (“peremotivatsiya” effekti). Boshqa misol sifatida ma`lum narsaga erishish motivi hamda qiyinchiliklarni tanlash o’rtasidagi aloqani keltirish mumkin. Omadga motivatsiyalangan shaxslar o’rtacha qiyinchilikdagi vazifalarni afzal ko’radilar – qiyinchiliklar shkalasi bo’yicha tanlovlar chastotasi qo’ng`iroqcha sifat diagrammada beriladi.
Tekis korrelyatsiyalarning matematik nazariyasini Pirson yaratgan. Nazariyaning asosini o’zining matematik statistika fani darsliklarida bergan. Eslatib o’tamiz, Pirsonning tekis korrelyatsiya koeffitsienti r -1 dan +1 gacha oraliqda joylashadi. U quyidagi yo’l bilan hisoblab topiladi:
r=∑(X-X,) (Y-Y,)/∑(X-X,)² ∑(Y-Y,)²
Korrelyatsiya koeffitsientining ahamiyati qabul qilingan ahamiyati va tanlanmaning kattaligiga bog`liq. Korrelyatsiya koeffitsienti qanchalik katta bo’lsa o’zgaruvchilar orasidagi munosabat to’g`ri korrelyatsiyaga shunchalik yaqin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |