Faraz (gipoteza) - bu hodisa yoki bir-biriga aloqador hodisalar o’rtasidagi qandaydir qonuniyat, sabablar mavjudligi to’g`risida (egallangan bilimlarga asoslangan holda ) bildirilgan taxmindir. Masalan, ta`lim jarayonida bola psixikasining rivojlanishi to’g`risidagi faktlar asosida yuqori sinf o’quvchilari o’smirlarga nisbatan o’tilgan darslarni yaxshiroq eslab qolish imkoniyatiga egadirlar, ularning bu sohadagi qobiliyatlari ko’proq darajada rivojlangandir, degan taxminni aytish (farazni olg`a surish) mumkin. Yo bo’lmasa, odam psixikasi butun bir ta`lim jarayoni sifatida rivojlanib borishi va faoliyat ko’rsatishini bilib olinganidan keyin nutq va tafakkurning rivojlanish darajasi o’rtasida o’zaro aloqa mavjudligi to’g’risidagi farazni olg`a surish mumkin. Yoki gipotezaga oid boshqa bir misolni olaylik: kishi o’z qadrini bilishi shaxsning xususiyatlaridan biri sifatida kishining o’smirlik yoshida ko’proq darajada intensivlik bilan shakllanishini xamda o’smirning o’ziga o’zi qanday baho berishi ko’p jihatdan tevarak-atrofdagi kishilarning unga bo’lgan munosabatlari bilan belgilanishini bilgan holda shunday taxmin qilishi mumkinki, o’smirni u yoki bu guruhga kiritilishi uning shaxsiga nisbatan tevarak-atrofdagi kishilar tomonidan xurmat bildirish ehtiyojining mavjudligi bilan izoxlanadi. Bu ayni mana shu guruhda qondiriladi.
Fan metodologiyasida farazlar nazariy va empirik holatlar kabi eksperimental farazlarga ajratiladi. Nazariy farazlar ichki nazariyalar va nazariy bilimlar asosida vujudga keladi. Fan farazlari tugallanuvchi, davom ettiriluvchi tabiatga egabo’lishi kerak.
Ikkinchi tur farazlar eksperimental usullar bilan muammolarni hal etuvchi holatlardir. Eksperimental farazlar albatta nazariyaga asoslanishi shart emas.
Insonning faolligi uning dunyosini muammosiz bo’lishini ta`minlaydi. Muammolar ruhiy faollik bilan ham bog`liq. Atrof olamga ko’ra farazlarni 3 ta turga ajratish mumkin. Birinchi turi nazariyalarga yoki borliq modellariga asoslanadi va ularni ochib beradi. Ikkinchi turi ta`limiy eksperimental farazlar, ular voqea va asoslar orasidagi munosabatni ifoda etadi. Ular Feyerbendning “Barchasi tasdiqlanadi” tamoyillari asosida shakllanadi. Uchinchi turi empirik farazlardir. Ular qandaydir model yoki nazariyalar asosida rivojlanadi va shakllanadi.
Qadimgi variantda bunday farazlar Kozma Prutkovaning qarashlarida ifoda etiladi: “Burninga e`tibor ber, u tuklar bilan qoplangan”, eksperimentdan keyin bunday faraz isbotlangan.
Isbotlangan farazlarni natijalariga ko’ra ajratish mumkin:
A) hodisa;
B) hodisalar orasidagi aloqa;
V) hodisalar orasidagi aloqaning sabablari.
Farazning A turini ko’rib chiqamiz bunda bitta odamda qancha ramziylik borligi ifoda etiladi. Farazning B turi bunda bola intellekti va ota-onalarning bunga bo’lgan munosabati tushuntiriladi. Farazning V turida sabablar tushuntiriladi.
Gottsdanker farazlarning quyidagi eksperimental turlarini ajratadi:
■ Kontr faraz asosiy betaraflik avtomatik tarzda;
■ Kontr eksperimental farazlar faqat laboratoriya eksperimentidan iborat.
■ Aniq eksperimental faraz – asosiy sabab va laboratoriya orasidagi aloqa.
■ Eksperimental maksimal (yoki minimal) ko’rsatkichli faraz – mustaqillik va nomlanishning maksimal bilishlari bilan ko’rsatiladi. Faqatgina juda ko’plab eksperimentlar natijalari asosida isbotlanadi.
■ Absolyut eksperimental farazlar ko’p harakterli eksperimentlarda o’tkaziladi.