Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi psixodiagnostika va eksperimental psixologiya


Bitta guruhni bir vaqtning o’zida turli sharoitlarda tadqiq qilish



Download 30,29 Mb.
bet108/297
Sana04.04.2022
Hajmi30,29 Mb.
#528647
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   297
Bog'liq
UMK Psixodiagnostila va eksperimental psixologiya 2021-2022

2. Bitta guruhni bir vaqtning o’zida turli sharoitlarda tadqiq qilish. Bu tadqiqotning rejasi yuqori dagi tadqiqot rejasiga yaqin. Lekin, mazmuni jihatidan u eksperimentga yaqin chunki guruh tushib qolgan vaziyatlar farqlanadi. Korrelyatsion tadqiqot holatida biz mustaqil o’zgaruvchi darajasini boshqarmaymiz, shunchaki individning turli sharoitlardagi hulqini izohlaymiz xalos. Bolalarning bog`chadan 1-sinfga o’tish vaqtida xavotir darajasining ortishi (guruh o’sha-o’sha sharoit esa boshqacha) ni misol qilishimiz mumkin. Bu rejaning bosh artefaktlari – tartiblilik effekti va so’rovning akumulyatsiyasi. Bundan tashqari natijalarga vaqt faktori (tabiiy rivojlanish effekti) ham ta`sir etishi mumkin. Bu rejaning sxemasi juda oddiy: AO, BOd, bu yerda A va B turli sharoitlar. Sinaluvchilar tasodifiy tarzda tanlanishi yoki tabiiy guruhni tadqiqot uchun olish ham mumkin. Natijalar tahlili A va B sharoitlardagi so’rovlar o’rtasidagi o’xshashlikka olib kelinadi.
3. Bir-biriga ekvivalent bo’lgan juft guruhlardagi tadqiqotlar korrelyatsiyasi. Bu reja egizaklarni ichki juftlik metodi bilan tadqiq qilish uchun ishlatiladi. Dizigota va monozigota egizaklar ikki guruhga bo’linadi, har bir guruhda egizaklarning bittasi bo’ladi. Ikkala guruh egizaklarida tadqiqotchini qiziqtirayotgan psixologik xususiyat tekshiriladi. Keyin egizaklar (R-korrelyatsiya) va xususiyatlar (0-korrelyatsiya) orasidagi korrelyatsiya tekshiriladi. Shuningdek egizaklarni tadqiq qilishning yana ko’pgina murakkab psixogenetik turlari mavjud.
4. Bir necha xulqni xarakterlaydigan o’zgaruvchilarning statistik aloqasi haqidagi gipotezani tekshirish uchun strukturali korrelyatsion tadqiqot o’tkaziladi. U quyidagi dastur bo’yicha realizatsiya qilinadi. Bizni aynan qiziqtirayotgan yoki umumiy populyatsiya vakillaridan guruh tuziladi. Ishonchlilik va ichki validlilik darajasi yuqori bo’lgan testlar tanlanadi. Keyin guruh belgilangan dasturga ko’ra testdan o’tadi:
R A(0,) B(0,) C(0,) D(0,) … N(0,,),
Bu yerda A, B, C, …, N – testlar, T> - testdan o’tkazish operatsiyasi.
Tadqiqot natijalari tx n, bu yerda t – sinaluvchilar soni, n – testlar. “xom” ma`lumotlar matritsasi qayta ishlanadi, tekis korrelyatsiya koeffitsienti hisoblanadi. tx n, matritsasi hosil bo’ladi, bu yerda n – testlar soni. Matritsa katakchalarida – korrelyatsiya koeffitsienti, uning diagonali bo’ylab – birliklar (testning o’zi bilan korrelyatsiyasi). Matritsa shu diagonalga nisbatan simmetrik. Korrelyatsiyalar statistik farqlarga quyidagicha ajratiladi: avval r Z-baholarga aylantiriladi, keyin r ni qiyoslash uchun Styudentning t-mezonidan foydaliniladi. Korrelyatsiyaning ahamiyati jadvalning ahamiyati bilan solishtirilib baholanadi. Qiyoslashda aniqlik kiritilgan vaqtdagi korrelyatsiyaning tasodifiy korrelyatsiyadan farqliligi haqidagi gipoteza qabul qilinadi (a=0.05 yoki a=0.001). Ba`zi hollarda ko’pgina korrelyatsiyalarni, jumladan xususiy korrelyatsiyalarni aniqlash ehtiyoji paydo bo’ladi.
O’lchangan parametrlar sonini kamaytirish uchun latent analizning turli usullaridan foydalaniladi. Ularning psixologik tatqiqotlarda qo’llanilishiga ko’pgina ilmiy ishlar bag`ishlangan. Ko’p o’lchamli psixologik testdan o’tkazishda Yuzaga keladigan asosiy artefakt, bu real tabiiy vaqtdir. Korrelyatsion tadqiqot natijalarini tahlil qilishda biz o’lchovlarni o’tkazilish vaqti turlicha ekanligidan chalg`iymiz. Bundan tashqari, avvalgi o’lcham keyingisiga ta`sir etmaydi deb hisoblanadi.
Bu rejani qo’llash vaqtida yuzaga keladigan asosiy artefaktlarni sanab o’tamiz:
-davomiylik effekti – avvalgi testni bajarish jarayoni keyingisini bajarilishiga ham ta`sir etadi (simmetrik yoki assimmetrik).
-o’rgatish effekti – turli test sinovi seriyalarini bajargandan so’ng sinaluvchida o’ziga xos malaka hosil bo’lishi mumkin.
-fonning va tabiiy rivojlanishning ta`siri effekti sinaluvchining tadqiqot jarayonida boshqarib bo’lmaydigan dinamikasiga olib keladi.
-guruh tarkibi va test jarayonining o’zaro ta`siri bir xil bo’lmagan guruhlarda ko’zga tashlanadi: introvertlar ekstrovertlarga nisbatan imtixonni yomonroq topshiradilar, “behalovat” kishilar tezlik testlarida yomon natija ko’rsatadilar;
Davomiylik va ko’chuvchanlik effektini oldini olish uchun eksperimentni rejalashtirishda ishlatiladigan metod – kontrbalansirovkadan foydalanish tavsiya etiladi. Faqat ta`sir o’rniga testlarni o’tkazish ketma-ketligi o’zgartiriladi.
Uchta test uchun kontrbalansirovkali korrelyatsiya quyidagicha ko’rinadi:
1-guruh: A B C
2-guruh: C A B
3-guruh: B C A
Bu yerda A, B, C – turli testlar. Biroq men korrelyatsion tadqiqot davomida davomiylik effekti nazorat qilib borilgan birorta eksperimentni bilmayman.
Bitta misol keltiraman: biz bir-birini almashtiruvchi vazifalar to’plamini yechishga vazifa turining qanday ta`sir qilishini aniqlashimiz lozim edi. Biz sinaluvchiga testlar unga qay tartibda berilayotgani befarq emas degan qarorga keldik. Kreativlikka (Torrens testi) va umumiy intellektga (Ayzenk testi) bog`liq vazifalar tanlandi. Vazifalar sinaluvchiga tasodifiy tartibda berilar edi. Ma`lum bo’lishicha avvalroq echilgan kreativlik testini natijalari umumiy intellekt testini yechish tezligi va aniqligini sekinlashtirar ekan. Teskarisida esa ta`sir sezilmasdi. Bu holatni muhokama qilmasdan (chunki bu murakkab ish) biz assimmetrik davomiylik effekti bilan to’qnash keldik degan qarorni qabul qildik.

Download 30,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish