Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi psixodiagnostika va eksperimental psixologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 30,29 Mb.
bet134/297
Sana04.04.2022
Hajmi30,29 Mb.
#528647
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   297
Bog'liq
UMK Psixodiagnostila va eksperimental psixologiya 2021-2022

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Mustail o’zgaruvchilar deb qanday o’zgaruvchilarga aytiladi.
2.Tob`e o’zgaruvchilar va mustaqi lo’ zgaruvchilarning asosiy farqi nimada?
3.Qo`shimcha o’zgaruvchilar deb qanday o’zgaruvchilarga nisbatan aytiladi?
4.Tashqi o’zgaruvchilar qanday aniqlanadi?
5. Randomizatsiya deb nimaga aytiladi?
MAVZU: GURUHLARARO VA GURUHLARARO EKSPERIMENTLAR
Reja:
1.Guruh haqida tushuncha va guruh borasidagi ekperimentlar tarixi.
2.Guruh ichidagi va guruhlararo eksperimentlar tuzish.
3.Guruh ichidagi va guruhlararo eksperimentlarning yutuq va kamchiliklari.
Tayanch tushunchalar:
Konformizm effekti .Tashqi konformizm .Ichki konformizm. Negativizm, Nonkonformizm.
Guruh haqida tushuncha va guruh borasidagi ekperimentlar tarixi
Guruh - aniq chegaralangan kattalikdagi, (sotsiumdan) jamiyatdan ajralib chiqqan, biror bir maqsadda birlashgan, vazifasi va faoliyati bir bo'lgan insonlar yig'indisi, jamlanmasi hisoblanadi. Guruhlar haqida gapirganimizda ko'z oldimizga tabiiy sharoitda hosil bo'lgan guruhlarni keltiramiz: oila, sport guruhi, do'stlar jamoasi, harbiy bo'linma, sinf, jinoyatchilar uyushmasi, ishlab chiqaruvchi jamoa, kosmik kema ekipaji va hakozo. Bu qatorni uzoq davom ettirishimiz mumkin. Aynan shuning uchun guruhga nisbatan universal ijtimoiy - psixologik tasnifni keltira olmaymiz. Har qanday tasnif tuzilmasi qanchalik to'liq va yaxshi ishlab chiqilgan bo'lmasin barcha guruhlarga tegishli bo'lmaydi. Shuning uchun guruhlarni klassifikatsiylashda dixotomik tamoyilga asoslanadi.
Bunga misol qilib, mavjud an'anaga aylangan tasniflarni keltirishimiz mumkin: katta va kichik, ochiq va yopiq, birlamchi va ikkilamchi, rasmiy (formal) va norasmiy (noformal), uzoq va qisqa muddatli, referent va a'zolik guruhi, tashkil qilingan va tashkil qilinmagan va hakozolardir.
Katta guruh - katta miqdordagi a'zolarga ega bo'lgan, turli aloqalar xillariga asoslangan ijtimoiy guruh.
Kichik guruh - nisbatan kichik hajmdagi a'zolarga ega bo'lgan va faqat o'zaro hal qilinadigan muammolarga asoslanadigan ijtimoiy guruh.
Birlamchi guruh - asosan individning birlamchi ijtimoiy jarayonini va uning boshqa guruhlarga tortilishini ta'minlovchi kichik guruhning (oila,o'smirlar guruhi) ko'rinishidan biri.
Ikkilamchi guruh - birlamchi katta va undagi munosabatlar shakllangan. Masalan: basketbol klubi unda bir necha guruhlar mavjud. Bu ikkilamchi guruh. Agar bitta guruh bo'lsa - birlamchi guruh bo'ladi.
Rasmiy (formal) guruh - yuridik maqomga ega bo'lgan ijtimoiy guruh bo'lib,bunda guruhga a'zolik, vazifalar, maqsad va xulq - atvor qoidalari me'yoriy hujjatlarda qayd etilgan bo'ladi.
Amerikalik psixolog yuvenk esa guruhni tasnif qilishda quyidagi omillarda e'tibor berishni aytib o'tgan. Ular quyidagilar:

  • shakllanganlik darajasi;

  • guruh tipi;

  • guruhning maqsadi;

  • guruhning vazifalari;

  • guruh a'zolarining muloqotchanlik darajasi.

Shuni nazarda tutish kerakki XX asrning 70 - yillaridayoq psixologiyada stranometrik kontseptsiya - nazariy - metodologik va eksperimental rejada ishlab chiqildi (A.V.Petrovskiy, guruhdagi shaxslararo munosabatlar nazariyasi). Bunga ko'ra har bir guruhni asosan kichik guruhlarni ijtimoiy - psixologik rivojlanish darajasini aniqlash va boshqa guruhlar bilan solishtirish edi. Bu yondashuvga binoan guruhning ijtimoiy - psixologik darajasi uning maqsadi, vazifasiga bog'liq. Bundan tashqari diffuz yoki nominal guruhlar ham mavjud bo'lib, bunda shaxslararo munosabatlar darajasi umuman belgalanmaydi (bu guruh tasodifiy yig'ilgan odamlar ya'ni bekatdagi odamlar guruhi hisoblanadi).
Guruh muammosi, asosan kichik guruhlar muammosi butun dunyo psixologlarini har doim qiziqtirgan. Bu qiziqishlarning ilk namunalari XIX asrning oxiriga tegishli bo'lib, 1887- yili "Amerikalik psixolog N.Triplet eksperimental tadqiqot natijalarini chop ettirgan. Bu tadqiqotda Triplet individual ta'sir effektini yolg'iz holatda va guruhdagi sharoitda o'rgangan. F. Olport fikriga ko'ra, bu birinchi eksperimental muammolardan biri edi va u bu eksperimentni quyidagicha talqin qilgan: Individual shaxslarda boshqa odamlar ichida qanday o'zgarishlar bo'ladi?"
Birinchi Jahon urushidan keyin guruh muammosi bo'yicha F.Olport, J.Moreno ishladi va ular sotsiometriya metodikasi yordamida qochoqlar guruhida eksperiment o'tkazadilar.
O'tgan asr 20 - yillarining oxiri 30 - yillarining boshlarida AQShda guruh va guruhiy xatti - harakatlar bo'yicha ijtimoiy -psixologik tadqiqotlar avj oldi. O'smirlar guruhi bo'yicha K.Levin va R.Lipetta tadqiqot olib borib, kichik guruhlarni rivojlanish qonunini va vazifalarini tushuntirishga harakat qilishdi.
Mana shu vaqtlarda M.Sherif ham guruhiy normalari bo'yicha laboratoriyali eksperiment, T.Nyukom dala sharoitidagi guruhni holati bo'yicha eksperiment o'tkazadilar.
Guruh borasida qo'shimcha ishlar qilish Ikkinchi jahon urushida imkon berdi. Bu jarayonda admiral Ch. Nimitsani (Tinch okeani flotiga komandir, keyinchalik Ikkinchi jahon urushuning yagona katta boshlig'iga aylanadi) o'rni beqiyosdir. Ch. Nimitsa harbiy guruhni birdamligini oshirish va guruh tashkil qilish borasida ish olib borishga olimlarga buyruq bergan.
Urushdan keyingi davrda 80 - yillarda psixologlarda tashkilotdagi yoki ishlab chiqarishdagi guruhlarga qiziqish ortdi. Shuningdek, Rossiyada ham zamonaviy guruhlar muammosi ko'tarila boshlandi.
D.Bredford ishchi guruh va komanda o'rtasidagi farqlarni ochib bergan. Lining fikricha, guruh - almashtirib bo'lmaydigan a'zolaridan individual kuch oladigan, faoliyat qatlami; komanda esa tizimli, bir maqsadda yig'ilgan shaxslar yig'indisi. Uning fikricha, komanda guruhni rivojlanishidan kelib chiqadi.

Download 30,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish