35
II BOB. O’QUV FAOLIYATI MOTIVATSIYASI MUAMMOLARINI
TADQIQ ETISHNING METODOLOGIK MUAMMOLARI
2.1. Talabalar o’quv faoliyati motivatsiyasini o’rganishga nisbatan
nazariy yondashuv
«Motiv» (
lotin
) – «harakatlantiraman», odamni muayyan xatti - harakatlarga
undaydigan bosh sabab. Odamni faoliyatiga undovchi asosiy sabab uning
ehtiyojlaridir. Binobarin, ehtiyojlarning turiga qarab motivlar ham har xil bo’ladi.
Psixologiyada motivlar ikki katta kategoriyaga bo’linadi. Bular tabiiy motivlar
hamda ma’naviy motivlardir. Motivlar, ularning mazmunini aks ettirish shakliga
qarab ham bir-biridan farq qiladi: hissiyot, tasavvur, fikr, tushuncha, g’oya,
ma’naviy ideal va boshqa motivlar.
Ba’zi hollarda motiv alohida harakatlarga undab, bu harakatning maqsadi
bilan bevosita mos keladi. Ko’pincha, murakkab faoliyatda motiv harakat
maqsadiga bevosita mos kelmay, bir maqsadni amalga oshirish uchun bir qancha
harakatlarni bajarishga to’g’ri keladi. SHuning uchun faoliyat predmeti motiv
harakatining o’zidir. Haqiqatda, motivlar faollashgan, maqsadga qaratilgan, faqat
hayolda amalga oshuvchi yoki idrok qilingan bo’lishi mumkin. Asosan, bularning
zaminida u yoki bu ehtiyojlar turadi.
Harakatlarning negizini tashkil etuvchi hayajon, unga bo’lgan qiziqishlar
ularning motivi sifatida namoyon bo’ladi. Individ uchun ahamiyatli bo’lgan
qandaydir hayajon undash bilan birga, unga shaxsiy ma’noni anglatadi. Bu
motivlar mazmun anglatuvchilar
deb ataladi.
Insonning ma’lum bir qadriyatlarga moslashishi (yo’naltirilishi) ularga
taxminiy ijobiy baho natijalari orqali singib boradi. SHu bilan birga, sub’ekt uni
ongli ravishda loyihalashtirib olgan taqdirdagina u yoki bu qadriyatga yo’naltirish
haqida gap ketishi mumkin bo’ladi. Ba’zi individlar uchun qadriyatlar
yo’naltirishning shakllanish yo’li qadriyatlarga bo’lgan ehtiyojlar orqaligina emas
to’g’ridan - to’g’ri qarama-qarshi ma’noda: tevarak-atrofini o’rab turgan
36
odamlarning qadriyatlarga qaratilgan qarashlarini o’zlashtirib olgan holda buni o’z
xulqiga va faoliyatiga moslashtiradi, xuddi shu yo’l bilan ilgari o’zida bo’lmagan
yangi ehtiyojlar negizini tiklaydi.
Faoliyatning mazmuni faqatgina shu faoliyatni qoniqtira oladigan ehtiyojlar
mundarijasi bilangina belgilanmaydi. Inson asosiy ehtiyoj bilan bir yo’nalishda
harakat qilayotgan vaziyatni ob’ektiv va sub’ektiv imkoniyatlarning mavjudligini,
ehtiyojlar bor-yo’qligini hisobga oladi. Mana shundan keyingina motiv asosiga
(ahamiyatiga, qimmatiga, ma’nosiga) ko’ra sub’ekt uchun mos bo’lgan xulqni
sub’ektiv asosda hal qilishga to’lqinlantiradi - yo’qsa sub’ekti ushbu xulqni oqlab,
qonunlashtirib qo’yadi.
Motiv bir xulqni ikkinchi xulq bilan, kamroq qo’llanadiganini ko’proq
qo’llanadigani bilan almashtiradi. SHu yo’l bilan ko’zlangan faoliyatga imkoniyati
yetadi. Harakatlar ikki motiv bilan shunday bog’langanki, ulardan biriga
yo’naltirishda birinchi qadam bo’lib xizmat qiladi va ayni paytda boshqasiga
qaytishda ham shunday xizmat qiladiki, shunday ziddiyatli ma’noda ish tutishga
qodirdir.
Qahramonona ish - bu shunday ishki, bunda inson qandaydir harakatni sodir
qiladi va bir vaqtning o’zida ko’rquvni, o’zini saqlash instinktini va jamiyat bosimi
kuchini yenga oladi.
Nomardlarcha ish - bu ham qiyinchiliklarni yengishdir, lekin endi bu shaxsiy
ziddiyatdir.
Motivatsiya
deganda biz shaxsning nima uchun ma’lum vaqtda boshqa fikr
va harakatlarni emas, aynan shu fikr va harakatni bajarishga qaror qilganligini
asoslab berishi, tushuntirib berishidan iborat mantiqiy jarayonni tushunamiz.
Motivatsiyani shakllantirish mexanizmlari esa, bizning fikrimizcha,
qo’yidagi nazariy tushunchada ifoda qilinadi.
Birinchidan
Do'stlaringiz bilan baham: |