Navoiy davlat pedagogika instituti Maxsus sirtqi bo'lim fakulteti boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish ta'im yo'nalishi bitiruvchi kurs talabasi Haqberdiyeva Zamiraning ona tili o'qitish metodikasi fanidan l-sinf ona tili va o'qish darslarida



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/31
Sana30.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#98513
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
2-sinf ona tili va oqish darslarida tarqatma materiallardan foydalanish metodikasi

“POCHTACHI” 

O`quvchilardan  bittasi  pochtachi  sifatida  sinfga  kirib  keladi  va 

o`quvchilarga bittadan surat solingan xatjild topshiradi. Har bir o`quvchi qo`lidagi 



  

 

78 



suratda  nimalar  tasvirlanganini  so`zlab  beradi.  Boshqa  o`quvchilar  o`rtoqlarining 

hikoya davomida nechta so`zdan foydalanganini sanab boradilar. So`zlardan ko`p 

va orinli foydalangan o`quvchi g`olib sanaladi. 

“KUN VA TUN” 

O`qituvchi  doskaga  ikki  yoki  undan  ortiq  so`zni  yozadi.  O`quvchilar 

o`qiganlaridan so`ng «tun» deb buyruq beradilar. Bolalar ko`zlarini yumib oladilar 

va  o`zlarini  uxlaganga  soladilar.  O`qituvchi  so`zlardagi  biror  harfni  yoki 

bo`g`inlarni  almashtirib  qo`yadi.  «Kun»  degan  buyruqdan  keyin  o`quvchilar 

ko`zlarini ochadilar va qanday o`zgarishlar bo`lganligini aniqlaydilar. 

1 - variant: Karima— Salima, Sobir—soat, oldi— qoldi. 

2-variant: Bolalar—bolarilar, Sharif—sharf, son - kon. 

3-variant: Kunduz—qunduz, qum—dum, o`quvchi - uchuvchi, kun-tun. 

“QARMOQ” 

Bu  o`yindan  barcha  darslarda  qo`shimcha  savollar  berish  yoki  turli 

ertaklarda  foydalanish  mumkin.  Baliqchalar  shaklidagi  qog`ozchalarga  savollar 

yoziladi  va  bir  chetiga  temir  qistirgichlar  qistiriladi.  Qarmoq  shaklidagi 

tayoqchlarning  uchiga  ip  va  ipning  uchiga  magnit  bo`lakchasi  bog`lab  qo`yiladi. 

O`quvchilar  bu  “qarmoqlar”  vositasida  “baliqchalar”dan  birini  tutib  olishlari  va 

undagi  savolga  javob  berishlari  lozim  bo`ladi.    Bu  o`yinni  o`quvchilar  diqqatini 

jamlash maqsadida ona tili va o`qish darslarida bo`ladigan dam olish daqiqalarida 

o`tkazish mumkin. 

O`qituvchi  buyumlar  nomlari  yozilgan  qog`ozlarni  stol  ustiga  teskari  qilib 

qo`yadi.  O`quvchilardan  biri  qog`ozlardan  bittasini  tanlab  oladi  va  shu  qog`ozga 

qarab  unda  nomi  yozilgan  buyumni  shunday  tasvirlashi  kerakki,  qolgan 

o`quvchilar  gap  nima  haqida  borayotganligini  darrov  tushunib  javob  berishlari 

kerak.  Bu  o`yin  o`quvchilarda  ziyraklik,  atrof-muhitga  qiziqish,  sinchkovlik  kabi 

xususiyatlarni vujudga keltirish va rivojlantirish uchun qo`l keladi. 

v a r i a n t :  

B u   y e r d a  mevaning nomi yozilgan. 

U har xil — qizil, sariq, yashil rangda 




  

 

79 



bo`lishi mumkin. Uni y e g a n   b o l a l a r n i n g  

t i s h l a r i  sog`lom bo`ladi. (Javob: “Olma”). 

variant: 

U daraxt doim yashil rangda bo`ladi. 

Yangi yilda esa yanada bezanadi. (Javob: “Archa”). 

Dars jarayonada mavzyga oid tuzilgan krossvordlar ham  ko`rsatmalilikning 

yana  bir  turidir.  Bulardan  tashqari  magnit  tasmasiga  yozilgan  topshiriqlar 

o`quvchilarda zo`r qiziqish o`yg`otadi. Ular diqqat bilan qiziqib, tinglab, javobini 

tezroq topishga harakat qiladilar. 

“KROSSVORD” 

Krossvord  o`yinini  o`tkazish  uchun  o`quvchilar  yoshiga  mos  holda  juda 

sodda  ko`rinishda  krossvordlar  tuzib  olinadi.  O`quvchilar  mustaqil  ravishda 

javoblarni topib yozadilar. 

Dastlab  krossvordlar  o`qituvchi  boshchiligida  hal  etiladi.  O`quvchilarda 

krossvordlarni  hal  etish  ko`mkmalari  paydo  bo`lgandan  keyin  o`qituvchi  nazorati 

ostida mustaqil yechadilar. 

Krossvord»  o`yini  o`quvchilar  dunyoqarashini  o`stirish  bilan  birga,  ularga 

so`zlar imlosini yodda saqlab qolishlariga ham imkoniyat yaratadi. 

Boshlang`ich  sinflarda  krossvordlar  suratlar  asosida  ham  berilishi  mumkin. 

Suratlar asosida berilgan boshqotirma quyidagicha yechiladi: 

O`qituvchi: 2-suratda nima tasvirlangan? 

O`quvchilar: Anor. 

O`qituvchi: «Anor» so`zi nechta harfdan iborat?  

O`quvchilar: To`rtta. 

O`qituvchi: «Anor» so`zini «1» raqami ostidagi to`rtta katakchaga yuqoridan 

pastga qarab yozamiz. 

2-suratda nima tasvirlangan?... 

Shu tarzda katakchalakar to`ldirib boriladi. 

O`yin  avvalida  katakchalarga  so`zlarni  o`qituvchi  yozib  bergan  bo`lsa, 

keyingi 

so`zlarni 

o`quvchilar 

navbat 


bilan 

yozishlari 

ham 

mumkin. 



  

 

80 



Katakchalakarni 

to`ldirishda 

o`quvchilarning 

bevosita 

ishtiroki 

ularning 

qiziqishlarini oshiradi. 

Katakchalar  to`ldirib  bo`lingach,  o`qituvchi  ajratib  ko`rsatilgan  (yo`g`on 

chiziq  bilan  chegaralangan)  katakchalarda  yozilgan  so`zlarni  o`quvchilar  bilan 

birgalikda o`qiydi. 

Krossvordlardan  darsda  va  darsdan  tashqari  mashg`ulotlarda  foydalanish 

mumkin. 


Biz  quyida  2-sinflar  uchun  qo`llash  mumkin  bo`lgan  krossvordlarning  bir 

nechta variantlarini keltiramiz. 

1-variant 

Bu  krossvord  2-sinf  o`quvchilari  uchun  mos  bo`lib,  bunda  topshiriqlar 

rasmlar  asosida  berilgan.  Bunday  rang-baranglik  o`quvchilar  uchun  qiziqarli 

bo`ladi. 

2- variant: 

Onalar qo`shig`i. 

Otamning opasi. 

G`ildirakli qurilma. 

Duradgorlik asbobi. 

Bolaning  ko`rgan  narsalarni  esda  saqlab  qolishi  ko`rgazmali  qurollarning 

did  bilan  ishlanishiga  bog`liq  bo`ladi.  Agar  kichik  yoshdagi  o`quvchilar  esda 

saqlab qolish usullariga o`rgatilmasa, bunday hollarda bolalar materialdan bevosita 

ta`sirlanish darajasi uzoq vaqtgacha to`xtab qoladi. 

Didaktik  o`yinlar  jarayonida  o`quvchining  rasm  mazmunini  gapirib  berishi 

g`oyat foydalidir. Shuning uchun o`qituvchi rasm orqali adabiy tilda jonli, qiziqarli 

so`zlab,  shaxsiy  namuna  ko`rsatishi  kerak.  Tarqatma  materiallar,  rasmlar  va 

boshga ko`rgazmali qurollar o`quvchilar faolligini oshiradi. 

 

 



 

 



  

 

81 




Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish