Tajriba-sinov ishlari va uning natijalari
Yosh avlodga ta`lim tarbiya berayotgan o`qituvchi hamma vaqt izlanishda,
harakatda bo`lmog`i lozim. Shundagina u tarbiya berayotgan o`quvchi mukammal
bilim egasi bo`lib yetishadi.
Tajriba-sinov ishlarining asosiy maqsadi 2-sinf ona tili va o`qish darslarida
tarqatma materiallardan foydalanish bo`yicha topshiriqlar tizimi va ularni
o`zlashtirishga bo`lgan o`quvchilarning qiziqishlarini aniqlash va o`quvchilar
faolligini oshirishga ta`sir etadigan vosita va usullarni aniqlashdan iboratdir. Biz
tajriba-sinov ishlarining tashkil etish orqali uslubiy-amaliy xulosalar chiqarishni
o`z oldimizga vazifa qilib qo`ydik. Bitiruv malakaviy ishimizning har ikki bobida
bayon qilingan fikrlar tarqatma materiallardan foydalanish bo`yicha berilgan
tavsiyalar, g`oyalar va maslahatlar tajriba-sinov ishlariga asos bo`lib xizmat qiladi.
“2-sinf ona tili va o`qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanish
metodikasi” mavzusidagi yakunlavchi tajriba-sinov ishlari Navoiy shahridagi 12-
maktabda o`tkazildi.
Men tajriba va kuzatish ishlarimni olib borish davomida sinf
o`quvchilarining bilim darajasi va o`qituvchilarning ish tajribalarini, dars o`tish
metod va usullarini kuzatdim, tanishib bordim. “2-sinf ona tili va o`qish darslarida
tarqatma materiallardan foydalanish metodikasi” bo`yicha o`qituvchilarning
fikrlari bilan o`rtoqlashdim. Ushbu bitiruv malakaviy ishimni yozishda
maktabning ilg`or tajribali o`qituvchilari menga yaqindan yordam berdi. Ularning
dars o`tish metodikasi bilan tanishdim, namunali darslarni kuzatdim. O`quvchilarni
tarbiyalash borasidagi ijobiy ishlaridan amaliy xulosalar chiqardim.
Men 2-sinf o`quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash bo`yicha quyidagi
ishlarni amalga oshirdim.
l. Darsga umumiy va alohida tayyorgarlik ko`rdim.
2. Mavzularni o`tishda tarqatma materiallardan foydalandim.
3. 2-sinf o`quvchilarining yosh xususiyatlarini inobatga oldim.
4. Darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qildim.
82
5. Anketa savollariga javoblar oldim.
6. Tarqatma materiallardan foydalanish rejasini tuzib chiqdim.
7. Tarqatma materiallar tuzish bo`yicha ishlar olib bordim.
8. Tarqatma materiallardan foydalanishda didaktik o`yinlardan foydalanish
yo`llarini ishlab chiqdim.
9. 2-sinf ona tili va o`qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanishda
sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni yo`lga qo`ydim.
10. O`quvchilarning mustaqil fikrlashiga alohida e`tibor berdim.
Har tomonlama yetuk, bilimli yoshlarni tarbiyalash, o`quvchilarga
berilayotgan bilim va ko`nikmalarni qay darajada bo`lishiga bog`liq. Shuning
uchun noan`anaviy shakldagi tarqatma materiallardan ko`proq foydalanish dars
o`tishda ijobiy samara berdi.
Erishilgan natijalarni o`zaro qiyoslash maqsadida nazorat va tajriba-sinov
sinflari aniqlandi. Tajriba-sinovga jami 60 nafar o`quvchi jalb etildi. Shundan 30
nafari tajriba-sinov sinflarida, qolgan 30 nafari nazorat-sinov sinflari
o`quvchilaridir. Nazorat va tajriba-sinov uchun o`zlashtirish darajasi bir xil yoki
bir-biriga yaqin bo`lgan sinflar tanlandi. Tajriba-sinov ishlarini boshlashdan oldin
o`quvchilar bilan o`zaro muzokaralar o`tkazildi. Ularga tajriba-sinov ishimizning
o`ziga xos xususiyatlari, har ikkala sinfda olingan natijalarni qiyoslash, tajriba-
sinov ishlarining borish jarayonini qayd qilish hamda eksperiment natijalarini
qanday qilib umumlashtirish lozimligi tushuntirildi.
Shundav qilib, tairiba-sinov ishlari 2-sinf ona tili va o`qish darslarida
tarqatma materiallardan foydalanish bo`yicha ko`zda tutilgan ta`lim mazmunini
to`g`ri belgilanganligini va ularning samarali ekanligini ko`rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |