Ilmiy xizmat - O’zbekistonda maktabgacha ta’limning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan umumiy va ustuvor regional muammolar bo’yicha tadqiqotlar bilan shug’ullanishi kerak. Bunga maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayon mazmun va shaklini ishlab chiqish, o’zbek-rus – ikki tillilik (ko’p tillilik - bilingvizm) muammosi, bolalarning rivojlanish darajasini psixologik, pedagogik va ijtimoiy tashxis qilish usullari, pedagoglarni kasbiy darajasi, oilaviy, maktabgacha va boshlang’ich ta’limning o’zaro munosabati, ta’limning shaxsiy-yo’naltiruvchi ustuvor modeli mazmuni, usuli va texnologiyalari va bir qator boshqa dolzarb masalalar kiradi.
Uslubiy xizmat (fan yutuqlari va ilg’or tajriba asosida) uslubiy materiallar, o’quv-ko’rgazmali qurollar ishlab chiqish; eksperimental maktabgacha muassasalar asosida yangi pedagogik texnologiyalar aprobatsiyasini o’tkazish va ularni ommaviy amaliyotga tatbiq etish; pedagogik tajribani o’rganish, umumlashtirish va keng tarqatish; pedagogik jamoalar va alohida tarbiyachilarning yangi g’oyalarini, pedagogik jarayonni tashkil etishda yangi shakllarni qidirishda ularni qo’llash va yordam berish; mualliflik maktabgacha ta’lim muassasalarini ochishga yordam berish, tarbiyachilar ijodiy uyushmalarini tashkil etish va boshqalardan iborat.
Psixologik-pedagogik maslahat xizmati bolalar va ota-onalar bilan muloqotda qiyinchilik sezadigan pedagoglarga maslahat berish; tarbiyachilarni kasbiy shaxsiy-ahamiyatli sifatlarini tashxis qilishda yordam berish; o’qitish, pedagog va psixologga yordam beruvchi materiallar uslubini psixokorreksiya qilish; bolalarni tekshirish bo’yicha tezkor qabul qilish va ularni alohida maktabgacha muassasalarga yuborish ishlarini amalga oshiradi.
Eksperimental maktabgacha muassasalar asosida tajriba-eksperimental ishlarni, yangi dastur, qo’llanma, maktabgacha yoshdagilarni tarbiyalash va o’qitish usullarini aprobatsiya qilishni, pedagogik yangiliklarni tatbiq etishni tashkil etish kerak.
Eksperimental maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyachilari o’rindosh sifatida ilmiy xodim bo’lib ishlashlari va ilmiy ishlar olib borishlari mumkin.
Markaz qoshida psixologiya, pedagogika, maktabgacha va oila ta’limi metodikasi kafedralari, maktabgacha tarbiya muassasalarda malaka oshirish va qayta tayyorlash Markazi, soha mutaxassislarini malaka oshirish oliy o’quv yurtlari va Markaz vakillari olib borayotgan ilmiy-uslubiy ishlar koordinatsiyasi bo’yicha Kengash tashkil qilish zarur.
Maktabgacha yoshdagilarning ta’lim ishlariga keng jamoatchilikni jalb qilish va harakatlarni tekshirish maqsadida Markaz O’zbekiston Respublikasining turli ijodiy birlashma, uyushmalar, chet el bilan aloqalar o’rnatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |