IV. Maktabgacha ta’lim muassasalarini dasturiy-uslubiy ta’minlash
Maktabgacha ta’lim muassasalariga ta’limiy jarayon mazmunini tanlashda ijtimoiy muhim yondashuvga amal qilish mavjud bo’lgan “Uchinchi ming yillik bolasi” dasturini qaytadan ko’rib chiqishni, jamoatchilik hayotidagi hodisalar, milliy o’z-o’zini anglash, milliy istiqlol g’oyasi haqidagi tasavvurlarni bola ongida shakllantirish uslublarini shiddatli ishlab chiqishni talab qiladi.
Milliy o’z-o’zini anglashning shakllanishi – bu bolalar tomonidan ona tili, tarix, madaniyat, qadriyat va urf-odatlarni, “Vatan” tushunchasini egallash muammosidir. Bu maktabgacha yoshdagilarning ahloqiy rivojlanishi bilan bog’liq masalalarni hal qilishga katta ahamiyat qaratadi.
Maktabgacha yoshdagilarni o’qitish va ta’lim jarayonini amalga oshirish ko’p jihatdan ta’limni dasturlar, uslubiy qo’llanmalar, ta’lim va tarbiya berish vositalari bilan ta’minlanganligiga bog’liq.
Rivojlantiruvchi predmetli-o’yin muhiti – bola faoliyati material ob’ekti tizimining elementlaridan biri bo’lib, o’yin faoliyatini tashkil etish uchun o’yin materiallari bilan to’yingan. U quyidagi tarkibiy qismga ega:
tashkil etilgan katta o’yin maydoni;
o’yinchoqlar;
o’yin anjomlari;
har xil turdagi o’yinlar, o’yin materiallari (o’rindosh-predmetlar va boshqalar).
Maktabgacha ta’lim muassasasining muayyan guruhida predmetli-o’yin rivojlantiruvchi muhitni loyihalashtirganda, uni tuzishdagi asosiy tamoyillariga amal qilish zarur:
bola tomonidan o’yin mavzusini, o’yin syujeti, u yoki bu o’yinchoqlarni, o’yin joyi va vaqtini tanlash huquqida namoyon bo’luvchi erkinlikni ta’minlash tamoyili;
universallik, egiluvchanlik, harakatchanlik tamoyili bolalarga mustaqil va pedagog bilan birgalikda o’yin turi va mazmuniga mos ravishda uning muhitini yaratish va o’zgartirishga; mustaqil o’yin faoliyati uchun turli shakllarini tashkil qilishda undan foydalanishga imkon beradi;
turg’un va dinamiklik tamoyili: muhit qotib qolgan, yakunlangan bo’lishi kerak emas, uni davriy ravishda o’zgartirib turish kerak, “bolalarni o’zgarib turuvchi imkoniyatlari, kayfiyati, didi”ga mos holda, bola qabul qilishining o’ziga xosligini hisobga olib yangilab turish kerak;
tizimlilik tamoyili: o’yin maydonining bir butunligini tashkil etuvchi muhitni alohida elementlari va boshqa predmetlarni bir miqyosdaligi;
badiiy muhandislik (dizaynerlik) loyihalashtirish tamoyilining asosiy qismi - bolaning o’yin faoliyatini funksional antropometrik va ergonomik (predmetli o’yin muhitida muskul ishini va umumiy charchashni yo’qligi) ko’rsatkichlarini inobatga olish.
Rivojlantiruvchi predmetli-o’yin muhitini tavsiflashda uning dominant sifatlarini ajratish lozim:
rivojlantiruvchi xarakteri: u o’zining mazmun va xususiyatlari orqali ob’ektiv holda har bir bolani ijodiy faoliyati uchun sharoit yaratishi kerak, dolzarb jismoniy va psixik rivojlanish maqsadlariga xizmat qilishi kerak, “yaqin rivojlanish” zonasini ta’minlashi kerak;
bolalar yoshini psixofizik o’ziga xos xususiyatlariga mosligi;
jamiyatda qabul qilingan erkaklik va ayollik xususiyatlar (jinsiy farqlarni hisobga olish) namunasiga mos holda qiz va o’g’il bolalarga o’z mayillarini namoyon etish uchun imkon berish;
o’yin materiallari tarkibiga kiruvchi estetik va gigiyenik ko’rsatkichlarning ilmiy asoslanganligi;
predmetli-o’yin muhitning tarkibiy qismlarini va intererning boshqa predmetlariga miqyosiy jihatdan bir-biriga mos kelishi: intererda ortiqcha predmetlar bo’lmasligi kerak, u o’yin vositalari bilan estetik tomondan uyg’unlashuvi;
muhitning funksional ishonchlilik va xavfsizlik darajadagi qulayligi;
tabiiy estetik muhit foni sifatida milliy sayqallikni (kolorit) tashkil etish;
ochiqlik va hammaboplik – predmetli-o’yin muhit materiallari bolani ko’z ostida bo’lishi yoki ular yaqin joylarda bo’lib, kattalar yordamisiz bola ularni olishi mumkin bo’lishi kerak.
Rivojlantiruvchi predmetli-o’yin muhitini yaratishda bolalarni faol ishtirok ettirish kerak, bunda ularni individual xususiyatlari, moyilliklarini hisobga olish kerak. Bunday amaliyot bolani muhitga ongli munosabatini shakllanishiga, muhit tarkibiy qismlarini bir-biriga bog’liqligini tushunishga, o’z xohishlarini boshqalar bilan kelishgan holda hal etish va ko’nikmalarini anglashga yordam beradi.
Maktabgacha yoshi davrida o’yin va o’yinchoqlarga alohida ahamiyat qaratiladi. O’yinchoq har doim ma’lumot beruvchi bo’lib, predmetlar va insonlar munosabatlarini anglashga, bolani estetik, intellektual, ahloqiy rivojlanishiga yordam beradi. O’yinchoq sifatining alohida ahamiyatiga bog’liq ravishda uni ekspertizadan o’tkazish mexanizmini ishlab chiqish va tatbiq etish, unga qo’yiladigan psixologik-pedagogik va tibbiy talablarni qonuniy tasdiqlash zarur.
Ta’lim vositalari orasida kattalar va bolalar o’zaro ta’sirining shaxsiy yo’nalganligini ta’minlovchi qo’llanmalar asos qilib olinishi kerak (shaxsiy daftarlar, albomlar, flomasterlar, qalamlar, bo’yoqlar va b.).
Yaratilayotgan dasturiy-uslubiy majmua maktabgacha ta’lim bo’yicha davlat talablarini amalga oshirishni, bolalar bilan ishlash, ular rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini ta’minlashi lozim. Bu majmuada tarbiyachilar va maktabgacha ta’limning boshqa mutaxassislari uchun yaratilgan yangi avlod darsliklari va o’quv qo’llanmalari alohida o’rin egallashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |