II. Ishlab-chiqarish ko’rsatgichlarini aniqlash.
Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarining xarajatlar hajmi asosan undagi gruppalar va bolalar soniga, xar bir bolaning bolalar muassasasida qancha vaqt bo’lishiga bo’liqdir. Bunda bolalar soni va ularning har biri bolalar muassasasida qancha vaqt bo’lishiga oid ko’rsatgichlar turli muddatdagi (9-10 soat, 12-14 soat va 24 soat) maktabgacha tarbiya va yasli gruppalari bo’yicha alohida tugatiladi. Muassasada sanatoriya gruppalar mavjud bo’lsa, ulardagi bolalar soni ham alohidagi ko’rsatiladi. Bu bo’limda gruppalar va bolalarning yil boshidagi, yil oxiridagi hamda o’rtacha yillik soni ko’rsatiladi. Planlashtrilayotgan yil borishida maktabgacha tarbiya muassasalarida smeta tuzilayotgan vaqtda haqiqatda mavjud gruppalar miqdori va bolalarning ro’yxatda soni beriladi. Bu yuqori tashkilot yo’llanmasi bilan muassasaga qabul qilingan bolalarning hammasi tushuniladi. Agar joriy yil smetasida bolalar muassasasini kengaytirish ko’zda tutilgan bo’lsa, u holda "Yil boshida" grafasida gruppalar miqdori va bolalar sonida joriy yil oxirigacha yuz berishi ehtimol bo’lgan o’zgarishlar beriladi. O’zgarmasa "Yil oxirida" grafasiga ham yil boshidagi ma’lumotning o’zi yoziladi. Planlashtirilayotgan yil uchun bir bolaning maktabgacha tarbiya bolalar muassasasida bo’lgan kunlar soni, odatda, davomat tabelidagi ma’lumotlarga suyanib, shuningdek, o’tgan yillar plani ijrosini analiz qilish asosida bolalarning turlicha muddat bilan bog’chada qancha vaqt bo’lganligiga qarab aniqlanadi.
V. Mavsumiy maktabgacha tarbiya muassasalarini saqlashga oid sistemalarni tuzish.
Mavsumiy maktabgacha tarbiya muassasalarining smetalari muassasaning qancha muddatga ochilishini hisobga olgan holda doimiy maktabgacha tarbiya muassasalari smetalari kabi tartibda tuziladi. Mavsumiy muassasalarda ish haqi fondini hisob-kitob qilgan vaqtda xodimlarning navbatdagi otpuskasi uchun yoki foydalanilmagan otpuskalariga kompensatsiya to’lash uchun mablag’ ko’zda tutilishi kerak. Buning uchun har bir oy uchun tegishli otpuska kunlari soniga ko’paytiriladi.
VI. Yozgi sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish uchun ketadigan xarajatlar.
Yozgi sog’lomlashtrish tadbirlari vazirliklar va idoralari tomonidan ular uchun ittifoq budjetida sotsialmadoniy tadbirlarga ajratilgan mablab doirasida, ittifokchi respublikalarda esa respublika byudjeti doirasida amalga oshiriladi.
Korxonalar koshidagi maktabgacha tarbiya muassasalarida yozgi sog’lomlashtirish tadbirlari, shuningdek, rag’batlantirish fondi hisobiga ham o’tkazilishi mumkin. Yozgi sog’lomlashtirish smetasi alohida tuziladi. Bunda ovqatlantirish normalari oshiriladi, ish vaqti uzaytirilaydi yoki boqqa ko’chiriladi, ota-onalardan olinadigan haq ko’paytiriladi. Bu munosabat bilan xodimlarining ish haqi, xo’jalik xizmatlari, bolalarni ovqatlantirish uchun qo’shimcha harakat ko’zda tutiladi.
"Menejment” inglizcha so‘z bo`lib. o‘zbek tilida boshaaruvni tashkil etish (boshqarish, boshqaruv hokimiyati, tashkil etish), rahbarlik qilish (rejalashtirish, tartibga solish- muvofiqlashtirish, nazorat qilish) ma’nolarini anglatadi. Menejment ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun faoliyatni, ya'ni insonlar yoki ularning guruhlari faoliyatlni muvofiqlashtirish hamda boshqarish usullari, shakllari va vositalari majmuidir.
Sodda qilib aytganda, menejment umumiy holda u yoki bu faoliyat turini tashkil etishni va unga rahbarlik qilishni. ya’ni turli xil sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan insonlarning xatti-harakatlarini, munosabatlarini muvofiqlashtirish, ularning imkoniyatlari va qobiliyatlaridan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish, nazorat qilish va boshqarishni bildiradi. Menejment eng avvalo insonlarni boshqarish, ularni o‘z faoliyatiga qiziq- tirish, tadbirkorlikka, mehnatga ijodiy yondashish, o‘ziga ishonish tuy- g‘ularini shakllantirish, sohalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashiga ko‘maklashish, yangilikka va ijodkorlikka chorlash, inson- larning faoliyatini boshqarish demakdir.
L.Fishman fikriga ko‘ra, ta’lim menejmenti - bu ilmiy asosda tashkil etilgan, o‘ziga xos pog'onaviylikka asoslangan boshqaruv: rahbar, pedagogik jamoa, ta’lim oluvchilar jamoasi. Shunga ko‘ra boshqaruvni turli xil modellar asosida amalga oshirish mumkin: integral model, birinchi pog‘ona - pedagogik jamoa faoliyatini boshqarish; ikkinchi pog'ona - bolalar faoliyatini boshqarish3.
Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o‘tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
-ta’lim menejmenti “maqsadga muvofiqlik” so‘zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o`chovga ega;
- ta’lim menejmenti - bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar katta rol o‘ynaydi);
-menejment mazmunida o‘z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o‘zaro dialektik birligi;
-ta'limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi4.
Mamlakatimizda menejment fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlardan M.Sharifxo'jaev, Yo.Abdullayevlar boshqaruv o‘ziga xos yuksak san:at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va lining bajarilishini nazorat qilish ekanligini ta’kidlab, quyidagicha ta’rif beradilar: “Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir”5. Ta’lim menejmentida boshqaruvning quyidagi turlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |