14-masalaga javob. 1. Badanning sargayishi, terining qichishishi, jigarning kattalashgani, qonda xolesterin ko‘payganligi bemorda xolestatik gepatit borligini bildiradi. O‘tkir virusli gepatitda transaminaza ko‘payadi, gemolitik kamqonlikda retikulotsitlar ko‘payadi. Xavfsiz giperbilirubinemiyada esa bog‘langash bilirubin ko‘p bo‘ladi.
2. Xolestatik gepatitda uzoq vaqt anabolik gormov kabul qilinsa, xolestaz hamda Birilizatsiya asoratj qolishi mumkin. Shuning uchun anabolik gormon berishni to‘xtatish kerak.
DORILAR TA’SIRIDA BO‘LADIGAN ASORATLAR
15-masala. 30 yoshli bemor kasalxonada o‘ng o‘pkaning pastki bo‘lagidagi o‘tkir pnevmokokkli pnevmoniyadan davolanmoqda. Qasallikning tashxisi klinik va rentgenologik ko‘rinishi bilan tasdiqlangan. Qonda neytrofilli leykotsitlar—16X109/l, tayoqcha yadrolisi—12%, eozinofillar yo‘q. Kuniga 3 mln dan penisillin berib davolanganda ikkinchi kuni isitmasi normaga tushib, ahvoli yaxshilangan. Davolashning 7-kunida yana isitmasi 38,2°S ga ko‘tariladi. Bemor tekshirib ko‘rilganda deyarli o‘pka kasalligi belgilari o‘zgargani aniqlanmaydi (hansirash, yo‘tal, ko‘krakda og‘riq va fizik o‘zgarishlar kuchaymagan). Vrach infeksiyali jarayon butunlay tugamagan deb penitsillin dozasini kuniga b mln ga oshiradi va qon analizi, qaytadan rentgen qilishni buyuradi. Kelasi kuni ham isitmasi pasaymaydi. Qon analizida leykotsitlar—10x109/l, tayoqcha yadrolisi — 5%, eozinofillar—12%. Rentgenda dastlabki yalliglanish jarayoni so‘rilish davrida.
1. Isitmaning ko‘tarilishiga (qaytadan) nima sababchi bo‘lgan?
a) infeksiya penitsillinga chidamli bo‘lgan;
b) penitsillinga allergik reaksiya bo‘lgan;
v) plevra bo‘shliriga yiring to‘plangan;
g) plevrit;
d) o‘pka abssessi.
2. Davolovchi vrachning ishiga baho bering.
3. Aniqlagan tashxisingizning nomini aytib bering?
15-masalaga javob. 1. Pnevmoniyasi bor bemorda isitmaning qaytalanishiga kasallikning qaytalanishi yoki dorilarga allergik reaksiya sabab bo‘lishi mumkin. O‘pkadagi yangi o‘zgarishlar (klinik va rentgenologik) va bemor ahvolining yomonlashishi ham dorilarga allergik reaksiya natijasida bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha penitsillinga allergik reaksiya bo‘lishini esdan chiqarmaslik kerak. Qonda eozinofillarning ko‘payib ketishi allergik belgilarni tasdiqlaydi.
2. Isitma sababini bilish uchun dori berishni ikki kun to‘xtatib (bu davr ichida bemorning ahvoli yaxshilanib, isitmasi normaga tushadi va allergik belgilar kamayadi) turish, qon analizini va rentgenologik o‘zgarishlarni kuzatish kerak. Pensillin dozasini kupaytirsak, shoshilgan va adashgan bo‘lamiz.
3. Isitma ko‘tarilishi, eozinofillarning ko‘payishi pensillinga allergik reaksiya deb qo‘ygan tashxisimizni tasdiqlaydi.
16- masala. 24 yoshli bemor kuchli isitma ko‘tarilganligi uchun uchastka vrachini uyiga taklif qiladi. Oxirgi yillarda hech qanday dori ichmagan va soglom bo‘lgan. Yoshligida emlanib vaksina olganida angionevrotik shish paydo bo‘lib, bronxlari berqilib (obstruksiya) qolgan. Shokolad va bironta meva yeganda toshma toshadi. Ikki oy oldin dam olayotganida chivin chakishidan boshida juda kup xunuk shishlar paydo bulgan. Vrach bemorda o‘tkir pnevmoniya bor deb, antibiotiklar bilan davolashni tavsiya kiladi.
1. Anamnezini xisobga olib, qaysi bir dorini buyurish mumkin?
a) metatsiklinni kuniga 0,15 g dan 2 mahal berish kerak;
b) penitsillinni kuniga 5 mln dan xar 4 soatda muskul orasiga yuborish uchun;
v) ampitsillinns 0,5 g dan 6 mahal ichishga;
g) antibiotiklar berish mumkin emas.
2. Davolashda anamnezidagp qaysi belgiga ahamiyat berish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |