JIGAR KATTALASHGANINI DIFFERENSIATSIYA
QILISH
11-masala. 33 yoshli D. ning bir necha kundan beri nsitmasi 38°S ga ko‘tarilib, o‘ng qovurg‘asi ostida, panjalari, mayda bo‘g‘imlarida og‘riq bo‘lganligi uchun «qon sistemasi kasalligi» tashxisi qo‘yilib klinikaga keltirilgan. Penitsillin va sulfanilamidlar bilan davolanganda foydasi bo‘lmagan. Jigari kattalashganini bir necha yil oldin bilgan, vaqti-vaqti bilan terisi va shilliq kavatlarida sarg‘ayish kuzatilgan. Bir necha yil oldin Birusli gepatit bilan og‘rigan. Obyektiv tekshirilganda terisi sarg‘aygan, terisida qon tomir yulduzchalari bor. Jigari ozroq kattalashgan (qovurg‘a ostidan 3 sm chiqib turadi), talog‘ining chekkasi qo‘lga unnaydi. O‘pka eshitib ko‘rilganda o‘ng tomonda nafas susayganligi aniqlanadi. Berilgan ko‘chirma qog‘ozda qon analizi quyidagicha: Nb—85 g/l, L— 1,2X109/l, P—23, S—53, L—15, M—8, plazmatik hujayralar — 1 %, retikulotsitlar — 302, trombotsitlar — 90X 109/l, bilirubin — 48 mmol/l, ALT—300 TB, ACT—360 TB.
1. Bemorda qanday kasallik bor desak to‘gri bo‘ladi?
2. Quyida ko‘rsatilgan tekshirish usullarining kay biri qo‘llansa to‘g‘ri bo‘ladi?
a) suyak ko‘migini tekshirish zarur;
b) jigarni punksiyali biopsiya qilish lozim;
v) qondagi LE hujayralarini aniqlash zarur;
g) konni bakteriologik tekshirish kerak;
11-masalaga javob. 1. Bir yil Birusli gepatit (Botkin kasalligi) bilan kasallanganligi va vaqti-vaqti bilan sarg‘ayish alomatlari kuzatilib turishi bemorda surunkali gepatit borligiga gumon turdiradi. Bemordagi isitma ko‘tarilishi, bo‘g‘imlar sindromi, plevrit, pansitopeiiya, sistemalarda o‘zgarish keltirib chiqargan surunkali gepatit borligini ko‘rsatadi. Surunkali gepatitning bu ko‘rinishi «lipoid» gepatit ekanligini bildirib, qonda LE-volchanka hujayralarining topilishi klinik ko‘rinishdan sistemali qizil volchankaga o‘xshab ketadi. Qondagi bu o‘zgarish suyak ko‘migining zararlanishidan xosil bo‘lmasdan (retikulotsitlarning ko‘payishi, suyak ko‘migi faolligini ko‘rsatadi) balki autoimmun o‘zgarishlar hisobiga bo‘lgan.
2. Surunkali gepatit ekanligini tasdiqlash uchun jigar punksiyali biopsiya qilinib, jarayonning faolligi aniqlanadi. LE- hujayralarning topilishi maxsys belgi bo‘lmasdan, balki surunkali gepatitda ham sistemali kizil volchankada ham topilishi mumkin. Suyak ko‘migini tekshirish kasallikni aniq ko‘rsatmasdan, bu o‘zgarishlar autoimmun o‘zgarishlar hisobiga bo‘lganligini ko‘rsatadi.
d) plevra suyuqlig‘ini tekshirish zarur.
12-masala. 45 yoshli R. o‘ng qovurgasi ostidagi og‘riqdan, qorni dam bo‘layotgani, bo‘shashib, ozib ketayotganligidan shikoyat qilib vrachga murojaat qilgan. Bir oy ilgari surunkali gepatit kasalligi tufayli kasalxonada davolanib chiqqan. Kasalxonadan berilgan ko‘chirma kog‘ozda jigarning 2 sm kattalashgani ko‘rsatilgan. Tekshirish paytida jigarning 10 sm kattalashgani (gepatomegaliya) va chekkasi notekisligi aniqlangan.
Boshqa a’zolarida kasallik yo‘q. ECHT—50 mm/soat.
1. Birinchi o‘rinda qanday kasallik haqida o‘ylash mumkin?
2. Qanaqa tekshirish usullarini qo‘llash kerak?
a) gastroskopiya qilish lozim;
b) splenoportografiya qilish kerak;
v) qonda alfafotoprotein borligini aniqlash lozim;
g) transaminaza faolligini aniqlash lozim;
d) ishqorli fosfatazaning faolligini aniqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |