Birinchi shifokor yordami.
Bu shikastning jabrlanganlar hayotiga bevosita xavf soluvchi qibatlarni bartarav qilish, jaroxat infeksiyasi yanada rivoj topishining oldini olish va shikastlanganlarni evakuatsiyaga tayyorlash maqsadida tibbiy evakuatsiyaning birinchi bosqichida shifokorlar bajaradigan davolash muhofaza majmuidir. Bunday yordamni umumshifokorlik tayyori bo`lgan va ixtisosli jarrox shifokorlar ko`rsatadi. Shikastlangan ondan kiyengi 3 soat, eng ko`pi bilan 6 soat birinchi shifokor yordami ko`rsatish uchun eng qisqa muddat hisoblanadi. Tibbiy yordamning bu turini hamma ixtisosdagi shifokorlar hatto muqum shifoxonalardagi o`rta tibbiy ma’lumotli bo`lgan tajribali xodimlar ham bilishlari kerak.
Malakali tibbiy yodam.
Davolsh muassasalarida tegishli ixtisosdagi shifokorlar amalgam oshiradigan, shikast oqibatlarini, birinchi galda hayot uchun xavfli oqibatlarni bartaraf qilishga ihtimoli bor og`irlashuvlar oldini olishga va rivojlana boshlagan sal’biy oqibatlarga qarshi ko`rashishning shikaslanganlarni o`zil kesil natijagacha davolashga qaratilgan jarroxlik va terapivtik tadbirlar majmuidir.
Ixtisoslashgan tibbiy yordam.
Ixtisoslashgan davolash muassasalarida odamning ba’zi a’zolari va tizimlaridagi buzulishlarini maksimal darajada tiklash maqsadida maxsus aparatlar va uskunalardan foydalanib mutaxasis shifokorlar bajaradigan davolash muhofaza tadbirlari majmuidir.
Fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati hamda “Halokatlar tibbiyoti” xizmatining favqulodda vaziyatda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko`rsatish uchun jalb etiladigan kuch va vositalar.
Birinchi tibbiy yordam mumkin qadar ko`proq odamlar hayotini saqlab qolish, aholi, o`quvchilar, najotkorlar eng avvolo o`z-o`ziga va bir-biriga yordam berish usuli, qo`yilgan mavjud bo`lgan, ruyxatdagi vositalar shaxsiy dori qutisi, turli dorivor moddalar va h. k lardan foydalanib:
tez va kechiktirib bo`lmaydigan ixtisoslashgan tibbiy yordam xizmati;
shahar va tunmandagi markaziy kasalxonalar, joylardagi shifokorlik nuqtalari va uchastkalari xodimlari, yaniy bir shifokor, ikki hamshera va ikki sanitardan iborat shoshilinch tibbiy yordam birgadalari tashkil etilib bevosita shikast uchog`ida faoliyat ko`rsatadilar.
Ixtisoslashgan (doimiy, shay) shoshilinch tibbiy yordam birgadalari esa, respublika viloyatlar, shaharlar. U yerdagi ko`p sohali, ixtisoslashgan
tibbiy muassasalar oily tibbiy o`quv yurtlarining klinikalari, ilmiy tadqiqot institutlari hamda markazlar bazasida barcha mutaxasisliklar buyicha tashkil etiladi. “Holakatlar tibbiyoti” xizmati tuzilmalari va muassasalari asosan birgada usuli bo`yicha tashkil etilib ikki bosqichli tizimda faoliyat ko`rsatish bilan belgilanadi. Bu vazifalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |