III. O’z-o’zini nazorat qilish uchun materiallar: (3.1) Nazorat savollari: 1…
2.
3.
4.
5.
6.
Mavzuning qisqacha bayoni:
SUYAKLARNINIG SINISHI VA UNINIG TURLARI. SUYAKLARNIING CHIQISHI.
6. Suyaklar sinishiniing turlari va belgilari.
7. Suyaklarning chiqishi va uninig trurlari. Suyaklar chiqqanda 1-yordam ko`rsatish.
SUYAL sinishi deb, suyak butunligininig buzilishiga aytiladi. Suyak sinishida ko`pchilik hollarda suyak siniqlarining siljishi ro`y beradi. Bir qator hollarda suyak siniqlari bo`lmaydi. . (bolalarda bo`ladigan suyak sinishlarida)
Suyak sinishi tug`ma va orttirilgan bo`lishi mumkin.
Homilaninig ona qornidagi davrida turli omillarniing ta`sirida yuz beradigan shikastlanish turiga t u g` m a sinish deyiladi.
Katta yoshdagi kishilarda va bolalarda qanday bo`lmasin mexanik omillar natijasida ro`y beradigan sinish turlarini orttirilgan suyak sinishi dab atash rasm bo`lgan. Tug`ruq vaqtida yuz beradigan sinishlar orttirilgan sinishlar qatoriga kiradi. Suyak kasalliklarida ro`y beradigan sinishlar patalogik sinishlar deyiladi.
Suyaklarniing elastikligi yo`qolishi natijasida keksa yoshdagi kishilarda suyak sinishlari ko`p uchraydi.
Suyak sinishlarida 1 yordam shikastlangan qo`l yoki oyoqni immobilizatsiyalashdan iborat. Ochiq suyak sinishida oldin aseptik bog`lam qo`yiladi. Bemorga anal`getiklar yuboriladi va uni shifoxonaga etkaziladi.
SINISHLARNI DAVOLASH PRINSIPLARI.
Sinishlarninig davolash asosini suyak siniqlarini joy- joyiga silish va suyak qadog`i hosil bo`lguncha ularni shu vaziyatda tutib turish tashkil etadi. Suyak siniqlarini joyiga solishdan oldin og`riqsizlantiriladi. Suyak siniqlarini to`g`ri vaziyatda ushlab turish uchun:
1) Gips bog`lam qo`yiladi.
2) teri ustidan va skeledann tortish qo`llaniladi.
3) Suyak siniqlarini xirurgik metod bilan fiksatsiya qilinadi.
transport immobilizatsiyasi- suyak sinishlarida va yumshoq to`qimalar anchagina shiakstlanganda gavdaniing shu qismiga orom berish, og`riqni kamaytirish, to`qimalarni keyingi shikastlanishini oldini olish, Shuningdek travmatik shokni profilaktika qilish maqsadida qo`llaniladi. Transport immobilizatsiyasininig qo`yidagi turlari farqlanadi:
1) Oddiy immob-ya - bunda bemor gavdasining sog`lom qismlaridan foydalaniladi.M: oyog`i singanda 2 sog`lom oyog`iga bog`lanadi. Shikastlangan qulini tanasiga bo`glanadi.
2) Mavjud vositalar bilan imm-sh. Tayoq taxta bo`lagi , bir dasta sim, shox- shabbalardan shunday vositalar yordamida ofydalanish mumkin.
3) Zavodda ishlab chiqilgan transport shinalari bilan imm-ya qilish.
Transport shinalari ikkiga:
Fiksatsion va distraksion shinalarga bo`linadi.
Fiksatsion shinalar yordamida gavdaning shikastlangan qismi fiksatsiya qilinadi.
Kramer shinasi yoki narvonsimon shinani yumshoq simdan tayorlanadi. gavdaniing qaysi qismi immob- ya qilinishiga qarab, shina shaklini istagancha uzgartirish mumkin. Tursimon shina ham yumshoq simdan yasalgan turdan iborat. Uni osonlikcha yumoloqlab urash mumkin. Asosan bilak, qo`l va oyoq panjasini immob-ya qilish uchun qo`llaniladi. Faner shinalar aksariyat tarnov shaklida tayorlanadi. Vakuum tibbiyot shinalari – oyoq va qo`llarni immob-ya qilish uchun ishlatiladi.
Distraksion shinalar- bu siniq suyak uchlarini bir- biridan uzoqlashtirib, qon tomir va nerv tolalari shikastlanishini oldini oladi. Bularga- Diterixs shinasi kiradi.
Transport shinalarini qo`ytishda qator qoidalarga amal qilish zarur. Shina shikastlangan zonadan tashqari ikkita qo`shni bo`gimni mahkam ushlab turish zarur. Immob- ya qo`pol manipyulyar qilish yaramaydi. Shikastlangan kishininig kiyim- boshi yechiladi , bog`lam shikastlangan qismigagina bog`lanadi. Shinaga max sus paxta, doka, uraladi.
Narvonsimon shina qo`yish.
Shian gavdaniing qaysi qismiga qo`yilishiga qarab oldindan modellanadi. Elka suyagi singanda shina sog`lom tomondagi kurakning ichki chetidan boshlab quyilishi , yaqinlashtirilgan qulning yarim bukilgan tursak bug`imining tashqi yuzasi bo`ylab borishi va barmoqlar uchidan birmuncha oshirib tugallanishi kerak. Bilak shikastlanganda elkaning uchdan bir o`rta qismi shinaning yuqori sathi, barmoqlarninig uchlari shinaning pastki sathi hisoblanadi. Boldir shikastlanganda uchala tomondan fiksatsiya qilgan yahshi: Bitta shianni boldir va oyoq panjasi barmoqlari uchininig orqa sathidan sonning uchdan bir qismigacha , boshqa ikkitasini boldirning yon tomonlari bo`ylab fiksatsiya qilinadi. Bunda shinalarning oyoq kaftlariga tegib turadigan qismini boldir- panja bug`imini birmuncha mustahkamlash uchun uzangi ko`rinishida qayriladi.
Derixs shinasini qo`yish. Shinaning oyoq kaftiga mos keladigan qismini oyoq panjasininig kaft qismiga bint bilan fiksatsiya qilinadi. Birmuncha uzun tashqi qismini qo`ltiqdan boshlab qo`yiladi va oyoq qismiga metall halqaga kiritilib, undan 8- 10 sm tashqariga chiqarib qo`yiladi.
SUYAK CHIQISHI. Suyak chiqishi deganda bir yoki bir nechta suyaklarning buzilishidan bug`im yuzasiniing patologik siljishi, Ularning normal anatomik uzaro munosabatlarning buzilishi tushunilishi. Suyaklarning to`la va chala chiqishi tafovut qilinadi:
Suyak chiqishining qo`yidagi turlari ma`lum:
1) Shikastlanish oqibatida yuz bergan travmatik chiqishi.
2) Boylam apparati va suyaklarning boylam uchlari zararlanishi bilan bog`liq bulgan kasalliklarda sodir bo`ladigan patalogik chiqishi.
3) Tug`ma chiqishi.
4) Suyakning boylam apparatining cho`zilishi natijasida ko`pincha suyakning travmatik chiqishi noto`g`rio davolanganda yuz beradigan odat bo`lib qolgan chiqishlar.
5) O`z vaqtida joyiga solinmagan - eskirgan suyak chiqishi.
Suyakning chiqishi vaqtida qattiq og`riq bo`ladi. kkeyingi kunlarda og`riq esa asta- sekin pasayadi . Qo`l va oyoq suyagi chiqqanda ular majburiy vaziyatni egallaydi. Bug`imlardagi harakatlar hajmi keskin buzilgan. Bug`im konfiguratsiyasi bo`gim yuzasi vaziyati uzgarishining hosibiga ham, gematoma hisobiga ham keskin uzgaradi.
Suyaklar chiqanda birinchi yordam.
Oyoq va qo`lni immob-ya qilish zarur. Og`riqni pasaytirish maqsadida suyak chiqqan zonada muz yoki sovuq suv solingan xaltachada qo`yiladi.
analgetiklar yuboriladi shundan so`ng bemorni zudlik bilan davolash muassasasiga junatiladi. Chiqqan suyakni vrach tug`rilaydi.
Suyak chiqishining turiga va qaerdagi suyak chiqqaniga qarab, uning urniga solishning muayyan usullari mavjud. Bug`im bo`shlig`iga novokain yuborib, mahalliy og`riqsizlantirishdan so`ng suyak joyiga solinadi. M: Yirik bo`g`i9mda chanoq-son bo`g`imda suyak chiqqanda skelet muskullari tonusni bushashtirish uchun miorelaksantlar bilan umumiy og`riqsizlantirishga to`g`ri keladi. Chiqqan suyak joyiga solingandan so`ng oyoq yoki qo`lni bog`lam yoki gips longeta bilan 4-5 kunga qimirlamaydigan qilib q o`liladi. Shundan so`ng davo gimnastikasi , massaj va issiq muolajalar buyuriladi.
Eskirgan suyak chiqishlarida suyakni operatsiya qilinib, urniga solinadi. Odat bo`lib qolgan suyak chiqishida boylam apparatini operatsiya yo`li bilan mahkamlanadi