SARIQLIKNI DIFFERENSIATSIYA QILISH
13-masala. 23 yoshli talaba badani sarg‘ayganini atrofdagilar aytganidan keyin bilgan va vrachga murojaat qilgan. Oxirgi paytlarda charchoqlik sezishi va axvoli o‘zgaruvchan bo‘lib qolganligini aytadi. Ob’yektiv tekshirilganda boshka a’zolarida o‘zgarish kuzatilmaydi, ko‘z shox pardasi sargaygan. Qon analizi: Nb—130 g/l, retikulotsitlar—8%, L—8,5x109/l, formulasi o‘zgarmagan, trombotsitlar—190x109/l, bilirubin — 49 mmol/l, asosan bilvosita fraksiyasi, xolesterin — 5,2 mmol/l, siydikda o‘t pigmentlari yo‘k.
1. Ko‘rsatilgan tashxisning qaysi biri to‘g‘ri keladi?
a) gemolitik kamqonlik;
b) surunkali faol gepatit;
v) xolestatik gepatit;
g) o‘t yo‘llarini tosh to‘sib qo‘yishidan bo‘lgan mexanik sariklik;
d) xavfsiz giperbilirubinemiya.
2. Tashxisni tasdiqlash uchun qaysi tekshirish usulini qo‘llash mumkin?
a) transaminaza faolligini tekshirish;
b) jigarni punksiyali biopsiya qilish;
v) jigar va o‘t yullarini ultratovush bilan tekshirish;
g) hamma tekshirish usullarini qo‘llash;
d) yuq.oridagi tekshirish usullari foydasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |