Taqrizchi: ________________________________________________
Kurs ishi bajarilishini baholash:
Kurs ishi talablari asosida bajarilishi va sifati rasmiylashtirilishi
|
Himoya vaqtdagi ma’ruza uchun
|
Berilgan savollarga javoblar
|
Jami
ball
|
40
|
30
|
30
|
100
|
|
|
|
|
Ilmiy rahbar: ________________________ Jo`rayev A
MUNDARIJA
1. Sportchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarning ahamiyati.
2. Umumiy va maxsus jismoniy sifatlar malakali sportchilar tayyorlashning poydevori.
3. Gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarni rivojlantirish muammolari.
4. Gandbolchilarda sakrovchanlik sifatini pedagogik tajriba yordamida o’stirish samaradorligi.
5. gandbolchilarda tezkorlik sifatini pedagogik tajriba yordamida o’stirish samaradorligi.
XULOSA.
ADABIYOTLAR.
KIRISH
Zamonaviy sport musobaqalarida o’zaro raqobatning kuchayib borishi va natijalarning to’xtovsiz o’sayotganligi dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlab sportchilarning barcha sifat va ko’nikmalarini ilmiy asosda shakllantirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratadi. Chunki, bugungi sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishish uchun sportchilar organizmi katta hajmli va o’ta shiddatli yuklamalarga tayyor bo’lishi lozim. SHu bilan bir qatorda ko’p yillik sport tayyorgarligi jarayonida sportchi shu tayyorgarlik davrining qaysi bosqichida shug’ullanishidan qat’i nazar qo’llaniladigan trenirovka mashqlari yuklama jihatidan uning funksional va jismoniy imkoniyatiga mos bo’lishi kerak. Aks holda, ya’ni katta hajmli va o’ta shiddatli mashqlar zo’rma-zo’raki berilaversa shug’ullanuvchi organizmida zo’riqish alomatlari paydo bo’ladi. Agar shunday yo’nalishdagi mashg’ulotlardan foydalanish davom etaversa, nafaqat foydali sport natijasiga erishishi mumkin, balki shug’ullanuvchi organizmida kasallik asoratlari vujudga kelishi ehtimoldan holi emas.
Sport mahoratining yuksak bosqichida, ya’ni malakali, katta yoshdagi sportchilarda shunday ko’ngilsiz oqibatlar ro’y bermsasligi uchun muayyan sport turiga dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlab jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlikka oid mashklarni me’yorlab qo’llash tavsiya etiladi. Oydan oyga, yildan yilga mashg’ulot yuklamalarining hajmi va shiddati «zinapoya» sifatida emas, balki «to’lqinsimon» shaklda orttirib borilishi maqsadga muvofiqdir. Binobarin, har bir trener, ayniqsa BO’SM trenerlari, o’z kasbiy-pedagogik faoliyatini ilmiy asosda tashkil qilishi iste’dodli yosh sportchilar tayyorlash muammosining prinsipial jihatlaridan biridir.
YAkuniy bitiruv malakaviy ishning maqsadi gandbol bilan endi shug’ullanishni boshlagan 10-11 yoshli bolalarda sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini ixtisoslashtirilgan mashqlar yordamida shakllantirish samaradorligini isbot qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |