tajriba. Azot(IV)-oksidining olinishi. (eslatma;Tajriba mo'rili shkafda olib boriladi.) a) Probirkaga mis qirindisidan ozroq solib, uning ustiga nitrat kislotaning konsentrlangan (d= 1,4) eritmasidan 5-6 ml quying. Probirka og'zini uchi bukilmagan gaz o'tkazgich nay o'rnatilgan tiqin bilan berkitib, temir shtativ qisqichiga mahkamlang. Reaksiya natijasida hosil bo'ladigan azot (IV)- oksidini uning rangi va hididan aniqlang. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
tajriba. Nitrat kislotaning olinishi. Probirkaga 4 g ga yaqin natriy nitrat solib, ustiga sulfat kislotaning konsentrlangan eritmasidan 8-10 ml quying va shisha tayoqcha yordamida aralashtiring. Probirka og'zini gaz o'tkazgich nay o'rnatilgan po'kak tiqin bilan berkitib, uni temir shtativga mahkamlang. Gaz o'tkazgich nayning uchini sovuq suvga tushirilgan quruq va toza probirkaga kiritib qo'ying. Nayning uchi probirka tubidan 2 sm balandroqda bo'lsin. Shundan keyin tuz va kislota aralashmasini asta qizdiring. Reaksiya natijasida hosil bo'lgan nitrat kislota yuqoriroq temperaturada bug'lanib, quruq probirkaga haydaladi va pastroq temperaturada yana kondensatlanadi. Reaksiya tenglamalarini yozing.
Mavzu:Kompleks birikmalarga doir tajribalar Ajratilgan soat: 2 soat Mashg’ulot turi: laboratoriya
Darsning maqsadi: Talabalarga kompleks birikmalar haqida ma’lumot berish, kompleks birikmalarning dissosilanishi, anion kompleks birikmalarning olinishi, kation kompleks birikmalarning olinishi yuzasidan tushuncha hosil qilish.
Kerakli asbob va reaktivlar: Probirkalar va ular uchun shtativ.
Eritmalar: 25 % li ammiak eritmasi, temir (III)-xlorid, natriy ftorid, nikel (II)-sulfat, mis (II)-sulfat, ammoniy oksalat, ammoniy sulfid, kumush nitrat (0,1 n), o'yuvchi natriy (2 n), kaliy iodid (0,1 n), xlorid kislota (2 n), natriy xlorid, kaliy ferrotsianid. Ishning borishi:
Kompleks anionli birikmalar.
tajriba. Natriy geksaftor-ferriatning Na3[FeF6] olinishi.
Probirkaga 3 tomchi temir (III)-xlorid eritmasidan tomizib, 4-6 tomchi natriy ftorid qo'shing. Natijada rangsiz [FeF6]-3 kompleks ioni hosil bo'ladi. Reaksiya tenglamasini yozing.
tajriba. Kaliy diyodoargentat K [Agb] ning olinishi.
Probirkaga 3 tomchi kumush nitrat va 3 tomchi kaliy iodid eritmasidan soling- cho'kma hosil bo'ladi. Keyin yana 3 tomchi kaliy iodid eritmasidan qo'shing- cho'kma erib ketadi.
Kumush yodidning hosil bo'lishi va ortiqcha kaliy yodidda kompl eksning hosil bo'lish reaksiyalari tenglamalarini yozing.
Kompleks kationli birikmalar. 3-tajriba. Diamin-argentaxlorid [Ag(NH3)2]Cl ning olinishi.
Probirkaga 10 tomchi kumush nitratdan tomizib, shuncha natriy xlorid eritmasidan qo'shing. Cho'kmani tindiring va uning ustidagi suyuqlini to'king. Hosil bo'lgan cho'kma erib ketguncha ammiak eritmasidan tomchilatib quying. Reaksiya tenglamasini yozing.
tajriba. Nikel-geksaamingidrat [Ni(NH3)6]OH ning olinishi.
Probirkaga 3-4 tomchi nikel (II)-sulfat eritmasidan va shuncha tomchi o'yuvchi natriy eritmasidan quying. Tushgan cho'kmani sentrifugalab, suyuq fazadan pipetka yordamida ajrating. Nikel (II)-gidroksidning hosil bo'lish reaksiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
Cho'kmaga 25 % li ammiak eritmasidan 5-6 tomchi qo'shing. Nima kuzatiladi? Nikel (II)-sulfat eritmasining rangi bilan olingan eritmaning rangini solishtiring. Eritmaning rangi qanday ion borligini ko'rsatadi? Reaksiya tenglamasini yozing.
tajriba. Misning ammiak bilan hosil qiladigan kompleks birikmasi (kupro- tetraamin sulfat) [Cu(NH3)4]SO4 ning olinishi.
Probirkaga 5-6 tomchi mis (II)-sulfat eritmasidan quying va cho'kmaga tushayotgan asosli tuz to'liq erib ketguncha 25 % li ammiak eritmasidan tomchilatib qo'shing. Olingan kompleks eritmaning rangini qayd qiling.
Kompleks birikmaning hosil bo'lish reaksiyasi tenglamalarini yozing. Bu eritmaga barobar miqdorda spirt qo'shing. Eritmadagi kompleks birikma cho'kmaga tushadi, chunki u spirt bilan suvning aralashmasida yomon eriydi.
tajriba. Kaliy geksasianoferrit K3[Fe(CN)6] ning qaytarilishi.
Probirkaga kaliy yodidning 0,1 n. li eritmasidan 10 tomchi, HCl ning 2 n. li eritmasidan 5 tomchi (kislotali muhitni vujudga keltirish uchun) va 8 tomchi benzol tomizing. Hosil bo'lgan benzol qavatida hech qanday o'zgarish bo'lmaydi. Bu eritmaga bir necha dona kaliy sianid kristallaridan soling va aralashtiring. Natijada benzol qavati qo'ng'ir rangga bo'yaladi, bu erkin yod ajralib chiqqanligini ko'rsatadi.
K4[Fe(CN)6] ning K3[Fe(CN)6] dan hosil bo'lish reaksiyasi tenglamasini yozing. Oksidlovchi va qaytaruvchini aniqlang.
Mavzu: Mis va kumushga oid tajribalar.
Ajratilgan soat: 2 soat Mashg’ulot turi: laboratoriya
Darsning maqsadi: Talabalarga mis va kumushning olinishi,xossalari,haqida ma’lumot berish,nazariy olingan ma’lumotlarni tajribalar yordamida mstahkamlash. Asbob va reaktivlar. Mis ( qirindisi), temir (kukuni) yoki rux (kukuni), pista kumir (kukuni), mis (II)- oksid CuO, ammoniy sulfat (NH4)2 SO 4, mis sulfat CuSO4 5H2O, spirt, C2H5OH, platina yoki nixrom sim, kumir elektrodlar(2 dona), mis sim, nitrat kislota HNO3 (kons. va 2n). Sulfat kislota H2SO4 (kons. va 2n). Xlorid kislota HCI (kons. va 2n). O'yuvchi natriy NaOH (40% li va 2n). Ammoniy gidroksid NH4OH (25% li va 2n). Kalsiy gidroksid Ca(OH)2(to’yingan).
Ishning borishi:
tajriba.Misning aktivlik qatoridagi o’rni.Uchta probirka olib,ularning biriga 1 ml dan qo’rg’oshin nitrat,2-siga rux xlorid,3-siga kumush nitrat eritmalaridan quying va hammasiga tozalangan mis bo’lakchalaridan soling.Nima kuzatiladi? Qaysi probirkada o’zgarish bo’ladi? Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
tajriba. Misning kislotalarda erishi. Uchta probirka olib,ularning biriga suyultirilgan xlorid kislota,2- siga suyultirilgan sulfat kislota va uchinchisiga suyultirilgan nitrat kislotalardan 1 ml dan quying va har qaysi probirkaga mis bo’lakchalaridan tashlang.Qaysi probirkadagi eritma ko’k rangga bo’yaladi? Nima uchun boshqa probirkalarda ko’k rang hosil bo’lmaydi? Endi suyultirilgan kislota eritmalarini to’kib tashlab, ularning o’rniga xuddi shu kislotalarning konsentrlangan eritmalaridan quying.Agar kimyoviy reaksiya odatdagi sharoitda bormasa, probirkalarni biroz qizdiring.Nima kuzatiladi?
tajriba.Metall holidagi misning hosil bo’lishi. Probirkaga mis sulfat eritmasidan 1 ml quyib, unga rux parchasini tashlang. Rux metali sirtini qizil-qo’ng’ir rangdagi mis metali qoplashini kuzating.
Mavzu: Temirga doir tajribalar.
Ajratilgan soat: 2 soat Mashg’ulot turi: laboratoriya
Darsning maqsadi: Talabalarga temir va uning birikmalarining olinishi,xossalari haqida ma’lumot berish,nazariy olingan bilimlarni tajribalar yordamida mustahkamlash.
Asbob va reaktivlar: temir (qirindi, mix yoki sim), rux (donalari), po’lat pero,qalay, temir (III)-oksid Fe2O3,o’yuvchi kaliy KOH,temir (Il)-sulfat
FeSO4.7H,O,temir (III)-xlorid FeCb 6H2O, kalsiy xlorid CaCb,kobalt nitrat Co(NO3)2 6H2 O,etil spirt C2H5OH,marmar,nitrat kislota HNO3 (kons. tutovchi va 2n), sulfat kislota H2SO4 (kons 1:5 va 2n),xlorid kislota HC1 (kons 1:1 va 2n),sirka kislota CH3COOH (2n),o’yuvchi natriy NaOH (40% li va 2n).,ammiakning suvdagi e^itmsLsi NH4 OH (2n).
Ishning borishi:
1-tajriba.Temirning kislotalar bilan reaksiyasi.
Uchta probirkaga ozginadan temir qirindisidan solib,ularning ustiga 1ml dan xlorid,sulfat va nitrat kislotalarning suyultirilgan eritmasidan quying.Reaksiya tenglamalarini yozing.
Chinni tigelga 2 ml tutovchi nitrat kislota quyib,zangdan tozalangan temir mixni tushiring va birozdan so’ng,mixni ohistalik bilan chiqarib,distillangan suv oqimida chayqang( mix yuvilganda qattiq silkitilmasin).Suv bilan yuvilgan mixni mis sulfat eritmasiga tushiring va misni siqib chiqara olmasligini ko’ring.So’ngra mixni boshqa metal yoki to’qmoq bilan bir urib, qayta mis sulfat eritmasiga tushiring va mix ustiga mis ajralib chiqqanini ko’ring.Bu tajriba tutovchi nitrat kislota temirni passiv qilib qo’yishini ko’rsatadi.
tajriba.Temir (II) gidroksidining olinishi.Probirkaga 1 ml temir sulfatning yangi tayyorlangan eritmasidan solib,ustiga 1 ml ishqor eritmasidan quying.Avval oz,keyinchalik esa asta-sekin yashil va qo’ng’g’ir tusga kiradigan temir(II) gidroksidi hosil bo’ladi.Nima uchun uning rangi havoda tez o’zgarishini tushuntirib bering.
tajriba.Temir (II) ionining qaytaruvchilik xossasi.
Probirkaga 1ml sulfat kislota va bir necha tomchi yangi tayyorlangan temir sulfat eritmasidan quyib,ularga 1 ml KMnO4 eritmasidan tomizing.Eritmaning rangsizlanishini kuzating.Temir (II) birikmalarining oksidlovchilar ta’sirida temir
tuziga aylanish reaksiyasi tenglamasini yozing.
Probirkaga yodning spirtli eritmasidan 3-4 tomchi solib,ustiga bir necha tomchi sulfat kislota va yangi tayyorlangan temir(II) sulfat eritmasidan quying.Nima kuzatiladi?
v) 2 ta probirkaga yangi tayyorlangan temir (II) sulfat eritmasidan quying va probirkalarning biriga kumush nitrat eritmasidan 1 ml quying va biroz isiting.Probirka devorida kumush ko’zguning paydo bo’lishi qanday jarayonning sodir bo’lganligidan dalolat beradi? Probirkani sovuting, unga va 2-probirkadagi eritmaga 0,1 n. li ammoniy rodanid eritmasidan bir tomchidan qo’shing.Qaysi probirkada eritmaning rangi o’zgaradi? Nima sababdan? Reaksiya tenglamalarini yozing.
Mavzu: Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari.
Ajratilgan vaqt - 2 soat.
Mashg'ulot turi - laboratoriya ishi
Dars maqsadi: laboratoriyada ishlash qoidalari, ehtiyot choralari, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish usullari haqida tushuncha berish, asboblar bilan tanishtirish, amaliy mashg’ulotlar olib borish tartibi.
Jihoz va reaktivlar: Kimyoviy stakanlar (50-100 ml), probirkalar, sentrifuga, filtr qog'oz, gaz gorelkasi, gaz o'tkazgich nay, mikroskop, soat oynasi, indikatorlar va boshqa laboratoriya jihozlari. Laboratoriyada ishlash tartibi
Sifat va miqdoriy analizdan laboratoriya ishlari o'tkazgan talabalar kimyoviy eksperiment asoslarini, texnikasini va kelgusida boshqa laboratoriyada ishlashni o'zlashtirib oladilar. Shuning uchun analitik kimyo laboratoriyasida ishni boshlashdan oldin talabalar ish tartibini o'zlashtirishlari kerak.
Laboratoriyada ish boshlashdan oldin talaba toza xalat kiyib, darslikdan ishni bajarish uslubi bilan tanishib chiqishi kerak.
Ishlash vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishi zarur.
3.Ish vaqtida tartibni saqlash, ish joyi va laboratoriyada tozalikka rioya qilish shart.
Reaktivlarni idishlarda toza holda saqlash lozim. Ishlatilgandan so'ng reaktivli idishlarni yopib o'z joyiga qo'yish kerak.
Gaz va tutun ajralib chiqishiga aloqador reaksiyalar mo'rili shkafda olib borilishi shart.
Reaktivlarni, gaz, suv va elektr energiyasini tejab ishlatishi kerak.
7.Ishlatilgan ishqor, kislotalar, simob birikmalari va boshqa zaharli moddalarni kanalizatsiyaga oqizish man etiladi. Ular alohida ajratilgan idishga yig'iladi.
Faqat yaxshi sozlangan, ko'kish alanga berib yonadigan gaz gorelkasidan foydalanish kerak.
Bug'latish, qizdirish, filtrlash kabi uzoqqa cho'ziladigan operatsiyalarni boshqa ishlar bilan birga olib borib, ish vaqtini tejash kerak.
10.Ish tugashi bilan idishlarni yuvish, ish joyini tozalash va laboratoriyani tartibga keltirish zarur. Elektr energiyasi, gaz va suvni o'chirish kerak.
Laboratoriya jurnalini olib borish.
Laboratoriya jurnalini sifat analizini bajarayotganda quyidagi formada yozish tavsiya etiladi:
Laboratoriya ishining nomi.
Ishni bajarish tartibi.
Reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalari, laboratoriya ishidan maqsad, bajarilish sharoiti, reaksiyaning tashqi effekti va xulosalar.
Xavfsizlik texnikasi
Laboratoriya ishlarini boshlashdan oldin talabalar xavfsizlik texnikasiga doir yo'l-yo'riqlar bilan tanishgan bo'lishlari kerak (instruktsiya):
Kontsentrlangan kislota, ishqor va xrom aralashmalari bilan ishlayotganda qo'lga va kiyimga tegishidan saqlanish lozim.
Konsentrlangan kislota, ishqor va ammiak eritmasini pipetka orqali og'iz bilan so'rib olish mumkin emas.
Qattiq yirik moddalarni qisqich yoki pintset bilan, maydalarini esa chinni qoshiqda olish kerak.
Bariy, qo'rg'oshin, mishyak, sianidlar kabi zaharli moddalar bilan ishlaganda ular organizmga tushmasligi uchun ehtiyot choralarini ko'rish lozim.
Laboratoriyada yonuvchi va portlovchi moddalarni saqlash va ular yaqiniga alanga, elektr asboblari-pech, quritish shkaflari bilan ishlash ta'qiqlanadi.
Laboratoriyada talaba tasodifan kislota bilan kuysa, u joy yaxshilab yuvilib 3 %li NaHCO3 eritmasi bilan ishlov beriladi. Agar og'iz va lab kislotadan kuysa, bu organlarni o'simlik moyi suvli suspenziyasi yoki magniy oksidi bilan chayish kerak. Bu organlar ishqor yoki ammoniy gidroksiddan kuysa, sirka kislota yoki limon kislotaning 1 % li eritmasi bilan chayish lozim.
Agar laboratoriyada yong'in sodir bo'lsa, u holda tezda gaz, elektr uchkunalarni o'chirib, xonadagi barcha yonadigan va portlovchi moddalarni olib chiqish kerak. Olovni o't o'chirgich bilan yoki qum sepib bartaraf etish lozim.
Mavzu: Sulfidli klassifikatsiya bo’yicha kationlarning I va II-analitik guruhi analizi
Ajratilgan vaqt - 2 soat.
Mashg'ulot turi - laboratoriya ishi
Dars maqsadi: birinchi analitik guruh kationlari Na+, K+, NH4+,Mg2+ ga xos xususiy sifat reaksiyalarini bajarish. ikkinchi analitik guruh kationlari Ca2+, Ba2+, Sr2+ ga xos xususiy sifat reaksiyalarini bajarish.
Jihoz va reaktivlar: Kimyoviy stakanlar (50-100 ml), probirkalar, sentrifuga, filtr qog'oz, gaz gorelkasi, gaz o'tkazgich nay, mikroskop, soat oynasi, indikatorlar ammoniy xlorid, kaliy sulfat, magniy sulfat, Nessler reaktivi, vino kislotasining natriyli tuzi - NaHC4H4O6, KNa[Co(NO2)6], Na2HPO4 NH4OH, NH4Cl, BaCl2 , К2&2О7, CHsCOONa, (№)2C2O4, K4[Fe(CN)6], H2SO4 va eruvchan sulfatlar, CaCl2, SrCl2, (NH4)2CO3, ishqor va kislota eritmalari.
guruh kationlarining umumiy xususiyatlari
Birinchi analitik guruh K+, Na+, NH4+, Mg2+ kationlari kiradi. Bu guruh kationlarining hammasi rangsiz, shuning uchun ham anion rangli bo'lgan taqdirdagina (masalan CrO42-, MnO4- va b.) ularning tuzlari ham rangli bo'ladi. Kaliy, ammoniyning deyarli hamma tuzlari va gidroksidlari suvda eriydi. Birinchi guruh kationlari bir valentlikka ega (Mg2+ dan tashqari). Bu guruhdagi barcha kationlarni cho'ktiruvchi reagent yo'q.
Ammoniy tuzlari suvdagi eritmalarida gidrolizlanadi, qizdirilganda parchalanib, ammiak NH3 uchib ketadi. Ammoniy ionlarini tuzlaridan (ertmalaridan) yo'qotishda shu xossasidan foydalaniladi.
Reaksiyalar KCl, K2SO4 yoki KNO3 tuzlaridan birortasining suvdagi eritmasidan foydalanib o'tkaziladi. Natriy gidrotartrat (vino kislotaning natriyli nordon tuzi) NaHC4H4O6 kaliy tuzlarining eritmalari bilan oq kristall cho'kma - kaliy gidrotartrat KHC4H4O6 hosil qiladi:
KCl + NaHC4H4O6 = KHC4H4O6 X + NaCl K+ + Cl- + Na+ + HC4H4O6- = KHC4H4O6 X + Na+ + Cl- K+ + HC4H4O6- = KHC4H4O6 X Bu reaksiyalardan ko'rinib turibdiki, reaksiyada faqat K+ va HC4H4O6- ionlarigina ishtirok etadi, boshqa hamma ionlarni tenglamadan tushirib qoldirish mumkin.
Natriy kobaltinitrit-Na3[Co(NO2)6] ta'sirida kaliy tuzlari eritmasi
K2Na[Co(NO2)6] tarkibli sariq cho'kma hosil qiladi. Kaliy-natriy geksanitrokobaltit-kobaltning (III) valentli kompleks tuzi hosil bo'ladi:
2 KCl + Na3[Co(NO2)6] = Na[Co(NO2>] X +2NaCl
K+ + Na+ + [Co(NO2)6]3- = KNa[Co(NO2)6] X
NH4+ ham xuddi shunday cho'kma hosil qilib, kaliy ionini topishga xalaqit beradi, shuning uchun reaksiyani NH4+ ionini ishtirokisiz o'tkazish shart.
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga kaliy tuzi eritmasidan 2-3 tomchidan tomizib, ustiga shuncha miqdorda reaktiv qo'shiladi. Reaksiya yetarli darajada sezgir, sariq rangli cho'kma hosil bo'ladi.
Alanganing bo'yalishi. Kaliy tuzlari gorelkaning ko'k alangasini binafsha tusga kiritadi. Kaliy tuzlariga doimo oz miqdorda natriy tuzlari aralashgan bo'ladi. Natriy esa alangani sariq tusga bo'yaydi. Alangaga ko'k shisha orqali qaralsa, sariq rang shishada yutilib, binafsha rang yaxshi ko'rinadi. Shisha tayoqcha kavsharlangan platina yoki nixrom simni avval konsentrlangan xlorid kislotada yuvib tozalanadi. Tozalangan sim KCl eritmasida yoki konsentrlangan xlorid kislotada ho'llanib, kaliyning birorta qattiq tuziga tekkizilganda, simga kristallardan bir nechtasi yuqib qoladi. Sim gorelka alangasining pastki qismidan kiritiladi. Alanga rangining bo'yalishi kuzatiladi.
NH4+ kationining reaksiyalari
Do'stlaringiz bilan baham: |