NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
39sB - 21TJA
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish asoslari
guruhi talabasi
Nazarov O’tkir Toshqulovichning
Sath o’lchash to’g’risida umumiy tushunchalari suyuklik moddalarning satxini o’lchash sath o’lchash qurilmalarini tahlil qilish zamonaviy sath o’lchash vositalari mavzusidan mustaqil ishi.
Bajardi: Nazarov O’.T.
Qabul qildi: Qalandarov A.
Navoiy-2022
REJA:
I - BOB. Sath o’lchash to’g’risida umumiy tushunchalar
1.1. O’lchash va tekshirish xakida umumiy tushunchalar
1.2. O’lchov asboblarining klassifikatsiyasi
1.3. O’lchashning asosiy usullari
1.4. Suyuklik moddalarning satxini o’lchash
II- BOB. Sath o’lchash qurilmalarini tahlil qilish
2.1. Zamonaviy sath o’lchash vositalari
2.2. Rosemount 5900S radar darajasi o'lchagich
I-BOB. Sath va sathni o’lchash qurilmalari haqida umumiy ma‟lumotlar.
1.1. O’lchash va tekshirish xakida umumiy tushunchalar.
O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki,
unda o‘lchanadigan kattalik fizikaviy tajriba, ya‘ni eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi. Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o‘lchash bu har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizikaviy eksperimentdir; uchinchidan – o‘lchash jarayonida o‘lchanadigan kattalikning o‘lchash biriligi ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan kattalik bilan uning o‘lchash birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) nisbatni topishdir. Ya‘ni, o‘lchash jarayonida izlanuvchi kattalik, bu shunday asosiy kattalikki, uni aniqlash butun izlanishning, tekshirishning vazifasi, maqsadi hisoblanadi va o‘lchash ob’yekti ishtirok etadi. O‘lchash ob’yekti (o‘lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan kattalik solishtiriladi.
Uchta tushunchani bir - biridan ajrata bilish kerak; o'lchash,
o'lchash jarayoni va o'lchash usuli.
O'lchash - bu umuman har xil kattaliklar to'g'risida axborot qabul qilish
qilish, o' demakdir. Bundan izlanayotgan kattalikni son maqsadniqo'llash, foydalanish uchun qulay formada belgilashdir.
- O'lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o'tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo'lmasin).
- O'lchash usuli - bu fizik eksperimentning aniq, ma'lum struktura, o'lchashharakat va eksiment o‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilish, amalga oshirilish usulidir.
O'lchov natijalari - o'lchanayotgan kattalikning sonini o'lchashbirligiga ko‘paytmasi ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |