Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 39sB 21tja



Download 0,71 Mb.
bet2/6
Sana26.03.2023
Hajmi0,71 Mb.
#921956
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sath o’lchash to’g’risida umumiy tushunchalar

X =n(x) 1.1
bu yerda: X – o‘lchanadigan kattalik; n-o'lchanayotgan kattalikning qabul qilingan
o'lchov birligidagi o'g'il; (x) - o‘lchash birligi.

Oʻlchash turlari.


O'lchash fan texnikaning qaysi belgiga qarab, u aniq nomi bilan yuritiladi: elektr, mexanik, issiqlik, akustik va h.k.
O'layotgan kattalikning sonli aniqlashni topishning bir necha xil turlari (yo'llari) mavjuddir.
Texnologik jarayonlarni boshkarish, tekshirish va rostlash mexnat qurolining sifatini va obektning texnologik parametrlarini maqsadga muvofiq o’zgarishi to’grisidagi va shuningdek energiya xamda moddiy resurslarning miqdor o’zgarishlari to’grisidagi ko’p sonli o’lchov axborotlariga ishlov berish asosida mavjud bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonlari borishida texnologik parametrlarning (tem-ra, bosim, og„irlik, zichlik, namlik, mexaniq ko’chish, kuchlanish, tezlik va boshkalar) o’zgarishi to’grisidagi axborot o’lchov asboblari yordamida olinadi. SHu tufayli avtomatlashtirish masalasini xal qilishda o’lchash usullari, texnik vositalar to’grisidagi fan metrologiyaga va o’lchash texnikasi to’grisidagi qonunlarga amal qilib, o’lchash aniqliklarini oshirishga katta etibor beriladi.
Ma’lumki, xodisa yoki jarayonni xarakterlovchi miqdor to’g„risidagi axborotni o’lchov asbobi orqali xosil qilish "o’lchash", - deb ataladi.
O’lchashning asosiy tenglamasi quyidagicha. A= nq
bu erda:
A - o’lchanadigan miqdor:
n - o’lchanadigan miqdorning son kiymati:
q - o’lchov birligi.
Agar o’lchov birligi va o’lchanadigan miqdorning o’lchovi bir turli bo’lmasa, bunday xollarda o’lchash uchun "o’lchov o’zgartgich" deb ataladigan o’lchov asboblari ko’laniladi.
O’lchash vositalarining asosiy elementlari.
O’lchash o’zgartgichlari - bu keyinchalik o’zgartgich, qayta ishlash, saqlashni uzatish uchun mo’ljallangan o’lchash vositalari xisoblanib, axborotni to’gri kuzatuvchi tomonidan qabul qilishning imkonini bermaydi.
O’lchash o’zgartgichlari kuyidagilarga bo’linadi:
Birlamchi o’zgartgichlar - bular o’lchanayotgan kattalik bilan bevosita munosabatda bo’ladi. O’lchash zanjirida bu o’zgartgichlar birinchi bo’lib, o’lchanayotgan fizik kattalikni keyinchalik foydalanishga qulay ko’rinishga (xolatga) dastlab o’zgartirishga mo’ljallangan.
Oralik o’zgartgichlar - bular o’lchash zanjirida birlamchi o’zgartgichlardan keyin joylashib, barcha kerakli o’zgartirishlarni amalga oshirishga mo’ljallangan (ko’paytirish, to’grilash, tekislash va xokazo).
Uzatuvchi o’zgartgichlar - bular o’lchashdan olingan axborotlarni masofaga uzatish uchun mo’ljallangan.
O’lchov asboblari - o’lchash axborotini kuzatuvchi qabul qilishiga qulay ko’rinishdagi signal tarikasida uzatish uchun mo’ljallangan (elektrik, pnevmatik, optik va x). Asboblar oniy xamda rakamli turlarga bo’linadi.
Oniy asboblar - ularning ko’rsatishga o’lchanayotgan kattalikning uzluksiz funksiyasi xisoblanadi.
Rakamli asboblar - ularda ko’rsatish uzlukli bo’lib, rakamlar ko’rinishida ko’rsatiladi
O’lchanayotgan axborot ko’rinishiga nisbatan o’lchov asboblari kuyidagi guruxlarga bo’linadi:
Ko’rsatuvchi asboblar - faqat ko’rsatish xisobini ta’minlaydi.
Kayd etuvchi asboblar - faqat ko’rsatishni qayd etishni ta’minlaydi. Bu asboblar ikki asosiy turdan iborat:
O’ziyozar asboblar - ular ko`rsatishni grafik tasvir ko’rinishida ifodalaydi. Pechatlovchi asboblar - ular ko’rsatishni rakamlar orkali ifodalaydi (yozadi). 3. Integrallovchi asboblar - bularda o’lchanayotgan kattalik vakt bo’yicha
yoki unga boglik bo’lmagan o’zgaruvchi tasirida integrallanadi.
Kushuvchi asboblar - bularda turli kanallar orkali kelayotgan ikki yoki undan ortik kattaliklar yigindisi - asbob ko’rsatishi bilan funksional boglikd.
1.2. O'lchashning aniqlik klasslari
O'lchash asbobi ishlab chiqarilgan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan
aniqlash uchun xatolikning me'yorlanganidan foydalaniladi. Xatolikning me'yorlangan xatolikni tushunamiz. Alohida olingan o'lchash vositasining xatoligi har xil, muntazam va oddiy xatoliklarining esa turlicha bo'lishi mumkin. Ammo, yaxlit olib qaralganda o'lchash vositasining umumiy xatoligi me'yorlangan qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir o'lchash asbobining xatoliklarini chegarasi va ta'sir etuvchi koeffitsientlar haqidagi ma'lumotlar asbobning pasportida joylanadi.
O‘lchash asboblari asosiy qismi, qayd etish shakli, o‘zgartirish shakli va vazifasiga ko‘ra klassifikatsiyalanadi
Тarkibida elektron (elektrovakuum, ion va yarim o‘tkazgichli) qismlar bo‘lmagan o‘lchash asboblari elektromexanik asboblar, tarkibida elektronqismlari bo‘lgan o‘lchash asboblari esa elektron o‘lchash asboblari deb ataladi. Ko‘rsatuvchi o‘lchash asboblar o‘lchash natijasini qayd etadi. Bevosita baholaydigan asboblarda o‘lchanayotgan kattalik boshqa kattalikka bir yo‘nalishda o‘zgartiriladi. Kompensatsion asboblarda o‘lchanayotgan kattalik qiymati uning o‘lchovi bilan taqqoslanadi.
Bu asboblarda o‘lchash zanjiri butunlay teskari bog‘lanish zanjiri ta’sirida bo‘ladi. Aralash o‘zgartirish usuliga asoslangan asboblarning o‘lchash zanjirining bir qismi teskari bog‘lanish zanjiri ta’sirida bo‘ladi. Vazifasiga ko‘ra o‘lchash asboblari elektrik (tok, kuchlanish, quvvat, chastota va boshqalar) va noelektrik (mexanik, gidravlik, issiqlik, optik va boshqalar) kattaliklarni o‘lchovchi asboblarga bo‘linadi.
Agar o'lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan chegaralangan bo'lsa, masalan 1.5, u holda bu asbobning xatoligi shkala 1,5% ga tengligini bildiradi.
Agar o'lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo'lsa, u holda aniqlik klassi shaxsiy xatolikni aniqlashni bildiradi. Lekin bir narsani unutmas lozim, agar asbob, masalan ampermetr xatolik boʻyicha 0.5 klass aniqligiga ega boʻlsa, uning oʻlchash diapazoni barcha masofadagi xatoliklari ±0.5% dan ortmaydi deyishlik xato boʻladi. Chunki, bu holatda shkalaning harakatga yaqinlashgan sari o' xatoligi ortib boraveradi. Shudan buyumgada shkala sababning oqibatlari‘ich bo‘laklarida o‘lchash tavsiya.
Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizigʻi bilan berilgan boʻlsa, masalan, 0.02/0.01 u holda asbobning shkalasining uskunasidagi xatoligi ±0.02% shkalaning boshida esa ±0.01% yangilanadi.
1.3 O‘lchashlarning usullari va turlari
Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘lchash amali bilangina topish mumkin, ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o‘lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi.
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o‘lchash bu har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir; uchinchidan - o‘lchash jarayonida o‘lchanadigan kattalikning o‘lchov birligining ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan kattalik bilan uning o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) nisbatni topishdir. YA’ni, o‘lchash jarayonida o‘lchashdan ko‘zda tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik (bu shunday asosiy kattalikki uni aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maqsadi hisoblanadi) va o‘lchash obyekti ishtirok etadi. O‘lchash obyekti (o‘lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan kattalik solishtiriladi.
Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o‘lchash, o‘lchash jarayoni va o‘lchash usuli.
O‘lchash - bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.
O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin).
O‘lchash usuli esa - bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida, o‘lchash vositalari yordamida va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir.
O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida bevosita o‘lchash obyekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jarayeni yordamida esa shu o‘lchash obyekti to‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik qayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi.
O‘lchash natijasi - o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi.
X=n[x], 1.2
bu yerda X - o‘lchanadigan kattalik;
n - o‘lchanayotgan kattalikning qabul qilingan o‘lchov birligidagi son qiymati;
[x] - o‘lchash birligi
O‘lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan o‘lchash natijalari o‘zgarmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik boshqarish tizimlariga berilishi mumkin. Shuning uchun, keyingi paytlarda, ayniqsa, kibernetika sohasidagi mutaxassislarda o‘lchash haqidagi tushuncha quyidagicha ta’riflanadi.
O‘lchash – bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va o‘zgartirish jarayonidir. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad shu o‘lchanayotgan kattalikning ishlatish, o‘zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay formadagi ifodasini ishlab chiqishdir.
O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish