Bog'liq elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash
20.3. Shamol energetikaning ekologik ta‟siri
О‗rtacha yillik shamol tezligi 5 m/s-dan katta bо‗lgan mintaqalarda shamol energetik
stansiyalar (SHES) an‘anaviy elektr ta‘minot manbalarga nisbatan muvaffaqiyatli
raqobatbardosh bо‗lib hisoblanadi. Shunday fikr mavjudki, SHES hisobidan elektr
energiyani ishlab chiqarish mutlaqo ekologik toza usuli deb hisoblanadi.
Quvvatli sanoat SHESlar uchun shamollar guliga va mintaqadagi mahaliy relefga bog‗liq
bо‗lgan holda 5-dan to 15 MVt/km2-gacha yer maydon zarur. Quvvati 1000 MVt bо‗lgan
SHESlar uchun 70-dan to 200 km2-gacha yer maydon kerak. Sanoat mintaqalarda bunday
maydonlarni ajratib olish katta qiyinchiliklar bilan tavsiflanadi, lekin qisman bu yerlardan
xо‗jalik ehtiyojlar uchun foydalanish mumkin.
SHESlarni akvatoriyalarda (suvli hududlarda) joylashtirish bilan yer maydonlardan
foydalanish muammo soddalashadi. Katta quvvatli SHESlarni dengiz kо‗rfaz va
kо‗llarning sayoz akvatoriyalarda yaratilishi bilan katta hududlarni xо‗jalik ehtiyojlardan
ajratish zaruriyati yо‗qoladi.
Shamol qurilmalar joylashgan hududlardan boshqa xо‗jalik maqsadlar uchun foydalanish
shovqin effektiga va shamol energetik qurilmaning (SHEQ) buzilish xavf-xatar darajasiga
bog‗liq. Katta SHEQlarda parrak uzilganda u 400...800 m-gacha otilib ketishi mumkin.
SHEQlarning atrof muhitga ta‘sir etish eng muhim omillardan – bu akustik ta‘siri.
Shovqin effekti har xil tabiatga ega bо‗lib, mexanik (reduktor, podshipnik va
generatorlardan) va aerodinamik ta‘sirlarga bо‗linadi. Aerodinamik ta‘sirlar past chastotali
(16...20 Gs-dan past) va yuqori chastotali (20 Gs-dan to bir necha kGs-gacha) bо‗lish
mumkin. Ular ishchi g‗ildirakning aylanish hisobidan vujudga keladi va quyidagi
xodisalar bilan aniqlanadi: rotor yoki shamol g‗ildirak orqasida havo siyraklanib, turbulent
oqimlarning yig‗ish nuqtaga havoning intilishi, parrakning shakli bо‗yicha kо‗taruvchi
kuchning tebranishi, turbulent chegara qatlamning parakdagi orqa qirra bilan о‗zaro ta‘siri.
Aholi yashaydigan va dam oladigan joylardan SHESlarni uzoqlashtirish bilan odamlar
uchun shovqin effekti muammo hal qilinadi. Lekin shovqin faunaga, shu jumladan,
SHESlar joylashgan akvatoriyadagi dengiz faunaga ham ta‘sir etish mumkin. Chet el
ma‘lumotlarga asosan, agarda qushlarning migratsiya (kо‗chish) yо‗llari SHEQlar
joylashgan mintaqalardan о‗tadigan bо‗lsa, shamol turbina bilan qushlarning
shiqastlanishi 10% bilan baholanadi. SHEQlarni akvatoriya mintaqalarda joylashtirishi
qushlar va baliqlarning migratsiya yо‗llarga ta‘sir etadi.