Navoiy davlat konchilik instituti



Download 7,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/176
Sana01.01.2022
Hajmi7,55 Mb.
#304513
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   176
Bog'liq
elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash

  
GES qurilishi tarixi 
 
Suv  bosimi  energiyasini  hosil  qilish  uchun,  aksariyat  dar
ѐ
larning  quyi  oqimida,  suv 
to‗g‗onlaridan foydala-nadilar.  
1913 yilda O‗zbekiston hududida joylashgan dizel elektr stansiyalar umumiy quvvati 3000 
kWt 
bo‗lib, o‗sha davrda ishlab turgan paxtani tozalash korxonalari uchun 3 million 
kWt·s 
elektr  energiya  ishlab  chiqarilgan.  YUrtimizda  birinchi  gidro  elektr  stansiya  1926  yil  1 
may oyida quvvati 4000 
kWt 
bo‗lgan Bo‗zsuv GESi qurib ishga tushirildi. 1940 yilgacha 
bo‗lgan  davrda  Qodiriya  (13600 
kWt
),  Bo‗rjar  (6400 
kWt
),  Tovoqsoy  (birinchi  navbati) 
GESlari  ishga  tushirildi.  I  Jahon  urushi  davrida  dushman  bosib  olingan  hududlardan 
O‗zbekistonga  evakuatsiya  qilingan  korxonalarni  elektr  energiyasi  bilan  ta‘minlash 
maqsadida Oqtepa (1943, 15 
MWt
), Qibray (1943, 11, 2 
MWt
), Salar (1944, 11,2 
MWt
), 1-
Oqqovoq  (1943,  26,1 
MWt
)  GESlari  ishga  tushirildi.  Farxod  GESi  qurila  boshlandi. 
Urishdan  keyingi  davrda  Namangan  GES  lar  kaskadi  (1,2+2,  1+2,  4+2,4) 
MWt 
li, 
CHirchiq-Bo‗zsuv  kaskadi  kabi  o‗sha  davrning  yirik  gidroenergetika  tizimlari  bun
ѐ

etildi.  Respublikamizda  gaz  zahiralari  aniqlangandan  so‗nggi  1960-80  yillarda  xalq 
xo‗jaligini  elektr  energiyasi  bilan  ta‘minlash  maqsadida  Angren  (600 
MWt
),  Toshkent 
(1920 
MWt
)  Navoi  (830 
MWt
),  Sirdar
ѐ
  (3000 
MWt
),  issiqlik  elektr  stansiyalari  va 
Farg‗ona issiqlik elektr markazi (230 
MWt
) qurildi.  
O‗zbekistonda  2017  yilga  kelib  amalda  elektr  energiya  ish-lab  chiqaruvchi  GES  lar 
umumiy o‗rnatilgan quvvati 1611 MVt ni va bir yilda ishlab chiqarilgan elektr energiya 
miqdori  7,93  mlrd  kVt·s  ni  tashkil  etdi;  bu  miqdor  umumiy  ishlab  chiqilga  elektr 
energiyaning 13,06 % ni tashkil etadi.  
CHirchiq-Bo‗zsuv  GESlari  tashkiliy  tuzilmasiga  ko‗ra  besh  GES  lar  kaskadidan 
iborat: O‗rta-CHirchiq GES lar kaskadi (o‗rnatilgan quvvati 885 MVt), CHirchiq (190,7 
MVt), Qodiriya (44,6 MVt), Toshkent (29 MVt) va Quyi-Bo‗zsuv GES lar kaskadi (50,9 
MVt).  CHirchiq-Bo‗zsuv  GES  kaskadlarining  umumiy  quvvati  -  1200,2  MVt,  o‗rtacha 
yillik  elektr  energiya  ishlab  chiqarishi  -  4,67  mlrd.kVt·s  ni  tashkil  etadi.  O‗rta-CHirchiq 
GES  lar  kaskadi  CHirchiq  dar
ѐ
sida  joylashgan  bo‗lib,  qolgan  GES  lar  CHirchiq 
dar
ѐ
sining  o‗zanlarida,  derivatsion  (suvni  GES  turbinasiga  olib  keluvchi)  kanalli  va 
Bo‗zsuv (Bo‗zsuv GES lar kaskadining ba‘zi GES lari joylashgan hudud mustaqil kanal, 
deb  qaralishi  mumkin)  kanalida  joylashgan.  Kaskadning  yuqori  pog‗onasi  -  quvvati 
kaskadlar  quvvatining  yarmini  tashkil  etuvchi  (600  MVt)  CHorbog‗  GES  idir. 
Stansiyaning  baland  to‗kma  (beton  va  shag‗alli)  to‗g‗oni  mavjud  bщlib,  dar
ѐ
  oqimidagi 
kaskadlarni  rostlash  va  qishloq  xo‗jaligi  sug‗orish  ishlarini  boshqarish  uchun  yirik 
CHorbog‗  suv  omborini  hosil  qilgan.  GES  ning  quyi  oqimida  to‗kma  to‗g‗on  turidagi 
Xojikent va G‗azalkent stansiyalari joylashgan bo‗lib, ular elektr energiya ishlab chiqarish 
bilan birga, quvvatli CHorbog‗ GESi «tashlagan» suvni «tekislash» vazifasini ham baja-
radilar. 


 
Chorbog‘ GES 
G‗azalkent  GESidan  quyida  CHirchiq  dar
ѐ
sida  G‗azalkent  gidrouzeli  joylashgan  bo‗lib, 
unda CHirchik GESlar kaskadi derivatsion kanalini ta‘minlash uchun suv oluvchi inshoot 
(vodozabor)  va  Bo‗zsuv  kanali  mavjud.  Undan  quyida  joylashgan  ko‗pchilik  GES  lar 
dirivatsion kanalli bo‗lib, dirivatsion kanallar sxemasi asosida qurilgan. Ularning har biri 
elektr energiya ishlab chiqarish bilan birga, qishloq xo‗jaligi erlarini sug‗orish ishlarida va 
suv ta‘minoti manbalari sifatida katta ahamiyatli hisoblanadilar.  
Farxad  gidro  elektr  stansiyasi  Tojikiston  Respublika-sining  Xo‗jan  shahri  yaqinida  va 
O‗zbekiston  Respubli-kasining  Sirdar
ѐ
  viloyatida  joylashgan  bo‗lib,  qurilish  davrida 
O‗zbekistonning  eng  yirik  GES  laridan  hisob-langan.  Elektr  stansiya  derivatsion  turda 
qurilgan  bo‗lib,  22  km  li  hududda  joylashgan  murakkab  inshootlar  kompleksini  tashkil 
etadi.  Elektr  energiya  ishlab  chiqarishdan  tashqari,  Farxod  GESi  bir  qator  sug‗orish 
kanallar
i  uchun 
suv 
manbai 
hisobla
nadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Farxod GESining quvvati 126 MVt bo‗lib, yillik o‗rtacha elektr energiya ishlab chiqarishi 
830 mln kVt·s ni tashkil etadi. Stansiyaning to‗g‗oni rostlanuvchi suv hajmi 350 mln m3 
va maydoni 48 km2 bo‗lgan Farxod suv omborini hosil qiladi.  


Andijon  GES  lar  kompleksi  bir  to‗g‗ondan  foydalanuvchi  ikki  GES  (Andijon  GES  va 
Andijon  GES-2)  dan  iborat.  Gidrouzel  Qoradar
ѐ
ning  Farg‗ona  vodiydan  chiqishidagi 
Xono-bod  hududida  joylashgan.  Gidrouzelning  asosiy  vazifasi,  asosan,  sug‗orish-
ekinchilik  manfaatlari  uchun  suv  oqimini  boshqarish  bilan  birga,  elektr  energiya  ishlab 
chiqarishdir.  
Gidrouzel  tarkibiga  quvvatlari  190  MVt  va  50  MVt  bo‗lgan  stansiyalar  kiradi.  Yillik 
o‗rtacha elektr energiya ishlab ishlab chiqarish 171,1 mln kVt·s tashkil etadi.  
G‗uzor  GESi  1988  yilda  sug‗orish  ishlariga  mo‗ljallangan  suvni  yig‗ish  uchun  qurilgan 
G‗uzor  gidrouzeli  to‗g‗oni 
ѐ
nida  2011  yilda  ishga  tushirilgan.  Quvvati  45  MVt,  yillik 
o‗rtacha elektr energiya ishlab ishlab chiqarish 80,9 mln kVt·s tashkil etadi.  
Ushbu stansiyalar jihozlari o‗z resurslarini allaqachon ishlatib bo‗lgan va ham jismonan, 
ham ma‘nan eskirgandir. 

Download 7,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish