Quyida mana shunday anemometrlarning bir nechasini qarab chiqamiz. Eng sodda
konstruksiyali anemometrlardan biri, 1846 yilda Arma obser-vatoriyasi doktori Robinson
tomonidan yaratilgan pallali anemometr-lardir. Vertikal o‗q atrofida
aylanadigan rotorga
maxsus simlar orqali mahkamlangan yarim sferik shar shaklidagi pallalar yig‗indisiga
pallali anemometrlar deyiladi. Ushbu anemometrlar uch va to‗rt pallali bo‗lishi mumkin.
Konstruksiyasiga nisbatan shamol tezligi qo‗lda foydalaniladigan yoki yordamchi elektron
induksiyali taxeometr asbobli anemometrlarda aniqlana-di. Berilgan vaqt ichida
pallalarning aylanishlar soni va ularga
mos maso-fa hisoblanib, hisoblangan masofani
vaqtga bo‗lish yordamida shamolning tezligi aniqlash qo‗lda
foydalaniladigan anemometr
yordamida amalga oshiriladi. Elektron induksiyali taxeometr
asbobli anemometr-lar esa,
to‗g‗ridan to‗g‗ri shamol tezligini ko‗rsatadi.
Anemometrlarning yana bir turi parrakli anemometrlardir. Ma‘lumki shamolning
yo‗nalishi o‗zgarishi bilan parraklarning o‗qi ham shu yo‗nalishga burilishi lozim. Bu
vazifani parrakli anemometrlarda flyugerlar amalga oshiradi. Yo‗nalishi o‗zgarmaydigan
(masalan shaxtalarda, binolarda va boshqalarda) shamollarning tezligini o‗lchashda, o‗qi
bir yo‗nalishga nisbatan qimirlamaydigan qilib mahkamlan-gan parrakli anemometrlar
qo‗llaniladi.
Issiqlik anemometrlari bilan,issiklik yordamida qizdiriladigan juda
kichik diametrli
volfram va nixrom materiallaridan tayyorlanadigan simning shamol tezligi
natijasida
sovushini o‗lchash natijasida shamolning tezligi aniqlanadi.
Kichik o‗lchamli, ko‗p funksiyali sonli anemometrdan (52 6-rasm), yuqori aniqlikda
shamolning tezligini, havoning haroratini, dengiz
sathiga nisbatan balandlikni, joydagi
atmosfera bosimini, namlikni hamda sovush ko‗rsatgichini aniqlashda foydalaniladi.
Undagi barometr hozirgi atmosfera
bosimini emas, balki o‗tgan 3, 6, 12 va 24 soat
oralig‗ida bosimni o‗zgarishini ham ko‗rsatadi. SHamolning tezligin har sekundda o‗lchab
aniqlash mumkin. Rasmda parrakli cho‗ntak shamol anemometri ko‗rsatilgan. U
parraklarni aylanishlar tezligiga asosan shamolning tezligini sonlarda ko‗rsatadi.
To‗g‗ridan to‗g‗ri shamolning tezligini ko‗rsatuvchi ultratovushli cho‗ntak anemometrlar
foydalanishga juda qulaydir. «Xplorer-1» anemometri faqatgina shamolning kerakli
vaqtdagi tezligini ko‗rsatsa, «Xplorer-2» anemometri shamolning zarur
vaqtdagi tezligi
yoki ma‘lum vaqt oralig‗idagi o‗rtacha tezligini hamda havoning haroratini (hattoki
Sizning tanangizni haroratini ham) ko‗rsatadi. «Xplorer-Z» anemometrini shamolning
tezligidan tashqari uning yo‗nalishini hamda havoning haroratini (hattoki Sizning
tanangizni haroratini ham) ham ko‗rsatadi. Bundan tashqari unga shamolning yo‗nalishini
aniq ko‗rsatadigan elektron kompas ham o‗rnatilgan.
Nazorat savollari.
1.
Qayta tiklanadigan energiya manbalariga misol keltiring.
2.
Quyosh energiyasidan foydalanish afzalmi yoki shamol energiyasidan.
3.
Shamol tezligini o‘lchash usullari haqida gapiring.
4.
Anomametrning qanday turlari mavjud.
5.
Anomametr so‘zining ma‘nosini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: