Quyosh fotoelektrik panellari quyosh fotoelementlaridan tashkil topgan bo‗ladi. Biz katta
miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarmoqchi bo‗lsak albatta etarli va ko‗p sonli quyosh
panellarini ishlab chiqarishimiz kerak bo‗ladi.
fotoelement
Quyosh moduli
Quyosh fotoelektrik
stansiyasi
2.1-rasm. Quyosh fotoelektrik stansiyasining tarkibiy
qismlari
Quyosh panellarini (fotoelektrik modul yoki quyosh moduli) ishlab chiqarishga ko‗ra ko‗p
o‗lchamlari va ko‗p turlari mavjud.
Fotoelektrik modul eng ko‗p tarqalgan turi bu quvvati (40.260 Vt minimal quvvatga
quyosh nuri past bo‗lganda va maksimal quvvatga quyosh nuri tiniq xamda optimal
burchak ostida bo‗lganda) ega bo‗ladi. Ushbu quyosh modullari 0,4 dan 2,5 m
2
o‗lcham
oralig‗ida bo‗ladi. Quyosh modullari keng o‗lchamda ishlab chiqarish quvvatiga qarab
sotuvga qo‗yiladi. Quyosh panellari (PV panels) yoki ulanishiga ko‗ra (arrays) deb xam
atalishi mumkin. Ularni ishlab chiqarishda quvvatlari farqi bo‗yicha 10, 20, 30, 40, 50,
100 va 400 Vt gacha ishlab chiqariladi. Xozirgi vaqtdagi quyosh modullarining 5-20 %
FIK ega bo‗lganlari elektr energiya tarmog‗iga ulangan bo‗lib, bu esa dunyoda ishlab
chiqarilayotgan energiya bilan quyosh elementlari orqali ishlab chiqarilayotgan elektr
energiyani transformatorlarda taqsimlanmoqda.
Bugungi kunga kelib yangi materiallar asosida FIK 45 % gacha bo‗lgan quyosh panellari
ishlab chiqarish bo‗yicha dunyoning ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida ko‗plab izlanishlar
olib borilmoqda. Albatta ishlab quyosh elementlarini ishlab chiqarishdagi tannarx juda
zarur. Bir qancha yangi texnologiyalar asosida yupqa qatlamli quyosh elementlari ishlab
chiqarish bo‗yicha katta masshtabda quyosh panellarini va modullarni arzonlashtirish
ishlari boshlab yuborildi. Quyosh modulidagi kremniy kristali ko‗p qatlamli bo‗lishi
mumkin. Yuqoridagi rasmda bir qancha qatlamlardan iborat quyosh paneli keltirilgan.
Ochiq xavoda yil mobaynida tashqi ta‘sirlarga bardoshliyligini o‗zgartirmaydigan holatda,
ishlovchi quyosh paneli uchun germetik materiallar zarur bo‗ladi. Nam xavo yoki suv
quyosh moduliga kirganda, quyosh kontaktlarining oksidlanishi evaziga ularda karroziya
va erroziya xolati yuz beradi, bunda quyosh modulining ishlamay qolishiga olib keladi.
Quyosh fotoelektrik modulida tok kuchi 0 ga teng bo‗lganda, kuchlanish maksimal
qiymatga erishadi, bu holatga V
s.yu
– salt yurish kuchlanishi deyiladi. Aksincha quyosh
fotoelektrik modulida kuchlanish 0 ga teng bo‗lganda, tok kuchi maksimal qiymatga
erishadi, bu holatga I
q.t
– qisqa tutashuv toki deyiladi. Ushbu nuqtada quyosh modulining
VAT quvvati 0 ga teng. Amaliy jixatdan bu tizimda etarlicha quvvat to‗planganda tok
kuchi va kuchlanish kombinatsiya bilan ishlaydi. Maksimal quvvatdagi kombinatsiya
(TMM yoki MRR) deb ataladi. Mos holda naminal kuchlanish va tok kuchi (U
n
va I
n
)
belgilanadi. Albatta shu parametrlar orqali quyosh modulining umumiy quvvati va FIK
aniqlash mumkin.
Xozirgi vaqtda to‗g‗ridan to‗g‗ri quyosh modulini, akkumulyator batareyasi bilan
belgilangan kuchlanishda birgalikda ishlashi maqsadga muvofiqdir. Dunyoning barcha
joylarida akkumulyator batareyalari uchun ularning aniq hisob kitoblarini qilishimiz
lozim, masalan quyosh modullari 10 V dan 14,5 V gacha kuchlanishga ega bo‗lishi
mumkin ammo ularning o‗rnatilgan kuchlanish qiymati 12 V ga teng. Agarda sizga 24 V
kerak bo‗lsa, albatta ketma ket ulagan xolda kuchlanishni 24 V qilishimiz mumkin.
SHunga mos ravishda uning ishlash parametrlari iste‘molchiga maqbul darajada bo‗lishi
lozim.
Nima uchun 17 V li quyosh panellari aslida 12 V da ishlaydi?
Bu fotoelektrik modulda kuchlanish yuqotilishini kompensatsiyalash va akkumulyator
batareyasida to‗liq zaryadni saqlash imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: