egallagan sohani qisman to‗lgan soha to‗sganda ham hosil bo‗lishi mumkin. (Berilliy va
ishqor metallarda) (1.11b–rasm). Ikkinchi guruhga elektronlar to‗la egallagan sohadan
yuqorida bo‗sh sohalarga ega bo‗lgan qattiq jismlar kiradi (1.11v – va 1.11g –rasmlar).
Qattiq jismlarning bunday namunaviy misollariga Mendeleev davriy jadvalining IV guruh
elementlari – uglerod, kremniy, germaniy va kulrang qalay kiradilar. Bu elementlarning
kristall panjaralari olmos tuzilishiga o‗xshashdir. SHu ikkinchi guruhga ko‗pgina
ximiyaviy birikmalar – metall oksidlari, nitridlar, karbidlar, galogenidlar, ishqor metallari
va boshqalar kiradi. Qattiq jismlarning sohalar nazariyasiga asosan, tashqi energetik
sohalarning elektronlari, metall yoki dielektrik bo‗lishiga qaramay, amalda bir xil harakat
erkinligiga ega bo‗ladilar. Bir atomdan ikkinchi atomga elektronlar tunnel o‗tish orqali
harakatlana oladilar. SHunga qaramay bu qattiq jismlarning elektr xususiyatlari bir–
biridan juda katta farq qiladilar. Metallarning elektr o‗tkazuvchanligi σ = 10
7
Om
-1
m
-1
ga,
yaxshi dielektriklarning elektr o‗tkazuvchanligi esa σ < 10
-11
Om
-1
.m
-1
qiymatlarga yaqin
bo‗ladi. Kristall panjara bo‗yicha ko‗chishi mumkin bo‗lgan elektronlarning borligi
jismlarda elektr o‗tkazuvchanlikning bo‗lishiga etarli omil emas ekan. Kristallga E –
tashqi maydon qo‗yilganda, har bir elektronga bu maydon F = -qE kuch bilan ta‘sir etadi.
Natijada, elektronlarning tezlik bo‗yicha taqsimoti simmetriyasi buziladi, tashqi kuchlarga
qarshi lektronlar harakati sekinlanishiga va tashqi kuch ta‘siri yo‗nalishida
harakatlanayotgan elektronlar tezlanishiga olib keladi. YUqoridagi tezlanish va
sekinlanish, albatta elektronning energiyasini o‗zgarishi bilan bog‗liqdir, bu esa elektronni
yuqori va quyi energiyali yangi kvant holatlariga o‗tishini belgilaydi. Bunday o‗tishlar,
elektronlar egallagan energetik sohada bo‗sh holatlar bo‗lgandagina sodir bo‗ladi. CHunki
bu vaziyatda kuchsiz elektr maydoni ham elektronga bo‗sh kvant holatlarga o‗tish uchun
etarlicha qo‗shimcha impuls beraoladi. Natijada, qattiq jismdan tashqi maydon
yo‗nalishiga qarshi harakatlanayotgan elektronlarning imtiyozi oshadi va elektr tokini
hosil bo‗lishiga olib keladi. Bunday qattiq jismlar yaxshi o‗tkazgichlar bo‗lishi kerak.
Endi kristallning elektronlar bilan to‗la egallangan valent sohasidan, o‗tkazuvchanlik
sohasi Eg keng energetik tirqish bilan ajralgan bo‗lsin. Bunday kristallga qo‗yilgan tashqi
maydon elektronlarni yuqoridagi bo‗sh o‗tkazuvchanlik sohasiga o‗tkaza olmaganligi
uchun valent sohasidagi elektronlarning harakati tusini o‗zgartira olmaydi
4
. Bo‗sh
energetik sathlardan holi bo‗lgan valent sohada elektronlar tezligi bo‗yicha taqsimot
simmetriyasini buzmasdan, faqat o‗z o‗rinlarini almashtirishlari mumkin. SHuning uchun,
bunday jismlarda tashqi elektr maydon elektronlarning yo‗naltirilgan harakatini hosil
qilaolmaydi. Bunday qattiq jism, tashqi maydon ta‘sirida elektr toki hosil bo‗lmagani
uchun, u elektr o‗tkazuvchanlikka ega bo‗lmaydi. Xulosa qilib aytganda, elektr
o‗tkazuvchanlik bo‗lishi uchun qattiq jismlar energetik spektrida elektronlar bilan qisman
to‗ldirilgan energetik sohalar bo‗lishi zarur (1.11 – rasm). Qattiq jismlar energetik
spektrida bunday qisman to‗lgan energetik sohalarning bo‗lmasligi ularda elektr
o‗tkazuvchanlik yo‗q bo‗lishiga sabab bo‗ladi
5
. Ikkinchi guruhdagi qattiq jismlarning
taqiqlangan sohasi kengligiga qarab, ularni dielektrik va yarimo‗tkazgichlarga bo‗lish
mumkin. Dielektriklarga, nisbatan keng taqiqlangan
Foto
Do'stlaringiz bilan baham: