singdiruvchan metall plastina va korpusining orqa hamda yonbosh devorlarida issiqlikni
yo‗qotmaslik uchun izolyasiyalangan yassi quyosh kollektorlari keng tarqalgan. 9.rasmda
izolsiyalangan quvur - kollektorlarga uzatilgan suv, quyosh nuri ostida 100 S
0
gacha
isitiladi hamda quvurlar orqali iste‘molchiga - binolarni issiq suv bilan ta‘minlash va
isitishga uzatiladi. Binolarni isitishga uzatilgan suvsovugandan sung nasoslar yordamida
(yoki o‗z oqimi bilan) yana isitish kollektorlariga uzatiladi. Jarayon shu tarzda davom
etadi.
3 Fotoelementlar. Fotoelektr usulda elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Ma‘lumki quyosh nurini eletromagnit to‗lqinlari deb qarash mumkin. Kvant
nazariyasiga asosan, elektromagnit to‗lqinlariga nol massali elementar
zarrachalar
-
fotonlar deb qaraladi. Quyosh energiyasini fotoelektrik energiyaga kayta aylantirish
asosida 1887 yilda Gers tomonidan yaratilgan, yoruglik fotonlaring ba‘zibir metallar-ning
elektronlari bilan kirishuvi natijasida elektronlar ma‘lum mikdordagi energiyaga ega
buladilar. Mana shu energiyadan foydalangan xolda kuyosh energiya-sidan tugridan-tugri
elektroenergiya olish mumkin. Bu jarayonga fotoeffekt xodisasi deyiladi.
SHunday kilib, fotoelektor yacheykalarida yoruglik nurlanish energiyasi elektr
energiyasiga aylantiriladi. Fotoelektr yacheykalarini tayyorlashda birin-chi bulib mono
yoki polikristall kremniydan foydalanilgan (11-rasm). Xozirgi kunda bu elementdan
tayyorlanadigan yacheykalar, butun dunyoda urnatilgan tizimlarning 80 foizini tashkil
etadi. Ularning foydali ish koeffitsenti 11-16 foizni tashkil etadi.
Keyingi vaktlarda fotoelektor yacheykalar amorf kremniy, kadmiy - tellurid yoki
mis - indiy - selindan yupka plyonkalar shaklida tayyorlana boshladi. Ularning foydali ish
koeffitsenti qariyb 8 foizni tashkil etadi, birok mono yoki polikristall kremniydan
tayyorlanadigan fotoelektr yacheykalarga qaragan-da tayyorlanishi arzonrokdir.
Hozirgi vaqtda fotoelektr yacheykalarining foydali ish koeffitsentini 30-60 foizga
oshirish ustida ilmiy-tadkikot ishlari olib borilmokda. Buning uchun plyonkalarni 4-8
marta ustma- ust o‗rnatish zarur buladi. Ushbu tadkikotlar natijasida qurilma quvvati
oshiriladi hamda ishlab chikarish narxi keskin pasayadi.
Fotoelektr tizimi doimiy elektr tokini ishlab chiqaradi va invertor yordamida
doimiy elektr toki o‗zgaruvchan tokka aylantirilishi mumkin (10-rasm).
9rasm. Kuyosh batareyasidan elektroenergiya olish sxemasi.
Akkumulyatorlarni zaryadlashdagi tok I=c/10 ifodadan
foydalanamiz bu erda: I-akkummulyatorni zaryadlash toki,c-
Do'stlaringiz bilan baham: