10. Texnologiya, qurilmalarni rasmiylashtirish, yong‘inga qarshi tizimga
o‘zgartirishlar kiritish loyihaning texnologik qismini ishlab chiquvchilar bilan
muvofiqlashtiriladi.
11. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish “Xodimlarni
ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil, 23-iyun)
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy
hujjatlari Axborotnomasi, 2000-yil, 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
12. “Mehnat sharoitini baholash uslubi va mehnat sharoitiga asosan ishchi
o‘rinlari attestatsiyasi”ga (ro‘yxat raqami 247, 1996-yil, 28-may) mehnat sharoitlari
bahosi belgilanadi.
13. Xodimlarni o‘qitish, ko‘rsatmalar berish va sanoat xavfsizligi bo‘yicha
me’yoriy-texnik hujjatlar talablari bo‘yicha bilimlarini sanoat xavfsizligi sohasidagi
amaldagi standartlar va me’yoriy hujjatlar asosida belgilanadi.
14. Aynan zararli mehnat sharoitida ishlaydigan ishchilarga O‘zbekiston
Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibga binoan bepul
tarzda sut va unga tenglashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari berilishi kerak.
15. Ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar va avariya holatlari o‘rnatilgan
tartibda o‘rganilishi va hisobga olinishi kerak.
16. Ishlab chiqarish sexlari, uchastkalar va ko‘zga ko‘rinib turadigan tashqi
qurilmalarning xavfli joylarida GOST 12.4.026ga asosan xavfsizlik belgilari osib
qo‘yiladi.
17. Korxonalarda ko‘rsatma bo‘yicha bajariladigan yuqori darajada xavfga
ega ishlar (ta’mir, olov bilan bog‘liq, gazdan xavfli ishlar va yuqorilikda
bajariladigan ishlar) ro‘yxati bo‘lishi lozim.
Yuqori darajadagi xavfga ega ishlarni bajarish uchun muhandis-texnik
xodimlar va kerakli va ishning tegishli xarakteri bo‘yicha tayyorgarlikka ega
ishchilarga ruxsat berilishi mumkin.
18. Ishlab chiqarish xonalaridagi operatorlarning ish joylarida trubalar,
bloklararo va bloklar ichidagi qurilmalar hamda nazorat-o‘lchov va avtomatik
qurilmalarning funksional sxemasi ko‘rsatilgan ishlab chiqarishning texnologik
sxemasi osib qo‘yiladi. Qurilmalar (idishlar)ning tartib raqami sexning texnologik
sxemasida, loyihada va reglamentda bir xil bo‘lishi hamda jihozga yozib qo‘yilgan
raqamlarga mos kelishi lozim.
19. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishda havo, tuproq va suv havzalarini
iflos qilishning oldini olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: