70
MAVZU 19
QOPLOVCHI TOG’ JINSLARIDAN AG’DARMALAR HOSIL QILISH
Reja
1. Tashqi ag’darmalar va ularni hosil qilish.
2. Ichki ag’darmalar va ularni hosil qilish.
3. Ag’darmalar parametrlari va elementlari.
Gorizontal va nishab konlarni qazib olishda vaqtida ochilgan laximda ichki agdarmani hosil
qilish mumkin bo’lmaganda, kon jinsini karyer chegarasidan tashqarisidagi ag’darmaga jo’natiladi.
Ko’pincha qurilish materiallarini ishlab chiqarishda tog’ jinsini tashqi agdarmaga jo’natiladi.
Bunda foydali qazilma katta bo’lib, qoplovchi tog’ jinslarining qalinligi esa kichik bo’ladi. Foydali
qazilmani ikki-uch gorizonlarda ishchi xududi bir xil bo’lib ishlaganda, ochilgan laxim hosil
bo’lishiga qaramasdan, ochish kon jinsidan omborxona hosil qilish mumkin bo’lmaydi, shunday
bo’lgandan keyin kerakli va iqtisodiy samaradorligi mumkinligi xolatida keyinchalik foydali
qazilma zaxirasini ishlash katta chuqurlikda bo’lishi mumkin. Ochish kon jinsini tashqi ag’darmaga
jo’natishni issiq iqlimli konlarda muvafaqiyatli qo’llash bilan birgalikda doimo yaxlab turadigan
sogmalarni ishlashda ham qo’llash mumkin. Bu yerda ularni ochish katta maydonda ochishni talab
qilinadi, chunki u quyoshda eriydi.
Sochma konlarini qazishda qoplovchi tog’ jinslarini ochish ishlarini buldozer yordamida
olib borilib, ag’darmani poligonning bortida joylashtiriladi.
Mana shu variantga ochish jinsini gidromexanizatsiya vositasida ishlab suv ag’darmasini
karyer chegarasidan tashqarida joylash bilan olib borish texnologik sxemasi kiradi.
Ochish jinsini ichki va tashqi tukmalarga jo’natish gorizontal yoki nishab xolatida katta
chuqurlikda katta qalinlikda yetgan qatlamda qo’llaniladi. Bunda hamma kon jinsini ichki to’kmaga
joylash mumkin bo’lmay qoladi. Ba'zida ikkita yoki ko’p sonli qatlamlar bo’lgan bunday konlarni
ishlashda, ochish jinsni tashqi to’kmaga transport qilinsa, qatlamlar orasidagi jinsni tashqi
ag’darmaga jo’natiladi. Shunday qilib, hamma kon jinsini xajmini tashqi to’kmaga jo’natishni
yo’qotiladi.
Texnologik sxemaning qurinishi katta gorizontal yoki nishab qkatlamlarini qazib olishda
qo’llaniladi. Bunda ishchi ekskavator uskunalari konsolli to’kma hosil qiluvchilar yoki transport-
to’kma ko’prigini chiziqli o’lchamlari ishlab chiqarishni hamma qalinlikdagi yopilgan jinsni laxim
bo’shlig’iga jo’natishi mumkin bo’lmay qoladi. Bunday xolatda yopilgan jinsni qalinligi tik
bo’yichi ikki bo’limga bo’linadi: yuqori bo’limi jinsini transport vositasida ichki to’kmaga jo’natish
bilan olib borilsa, pastki laxim bo’shlig’iga konsolli to’kma hosil qiluvchilar yoki transport-to’kma
ko’prigi bilan jo’natiladi.
Bir cho’michli ekskavatorlar bilan ochish jinsini joylashni birgalikdagi texnologik sxemasi
va transport vositasida laxim bo’shlig’iga jinsni jo’natish katta qalinlikdagi ochish jinsini ishlashda
qo’llaniladi. Bunday texnologiyani ishlatilishiga Razdol oltingugurt konini ishlashi misol bo’lla
oladi. Unda ochishni pastki ochish jinsini ESH-14 G`75 draglayni bilan ishlangan bo’lsa, ichki
to’kmada ekskavator ESH-10 G` 60 yordamida qaytatdan tashlanadi. Yuqoridagi pog’onani
mexanik cho’michli ekskavatorda ishlab, avtomobil transportida kon jinsini ichki to’kmaga
tashiladi. Bu karyerdagi tuproqni suv mexanizatsiyasi bilan olinadi.
Ishlab chiqarish unumdorligi katta bo’lgan karyerni ikkita rotorli ekskavatorlar ERG-1600-
31 va ikkita konsolli to’kma hosil qiluvchi qo’llash bilan ishlashni varianti kursatilgan. Bitta
71
ekskavatorda pog’onani yuqorigi ochish jinsini ishlab, jinsni lentali konveyerga ortib to’kmadagi
konsolli to’kma hosil qiluvchi OSH-90 G`4500 ga transport qilinadi. Ikkinchi ekskavator pog’onani
pastqi jinsi olib, jinsni to’g’ridan-to’g’ri konsolli to’kma hosil qiluvchi OSH-150G`4500 ga
yuklanadi hamda uni laxim bo’shlig’iga to’kma hosil qiluvchi OSH-150 G`4500 bilan transport
qilinadi.
Qiya va og’ma konlarni geologik sharoiti, ya'ni ma'dan boyligini chuqurga yer ichiga qarab
ketishi, hosil qilingan laxim bo’shlig’idan kerakmas kon jinsini joylashga yo’l qo’ymaydi. Shuning
uchun bunday konlarni ishlashda, ochish jinsini tashqi to’kmaga transport vositasida tashish
texnologiyasi keng qo’llaniladi. Mana shu tartib texnologiyasida ko’mir razrezlarida 55%, temir
ma'dan konida 90% va 100% rangli metal ma'dani karyerlarida qo’llanilgan. Bu texnologiya tog’li
relyefli konlarni ishlashda ham qo’llanishi mumkin.
Qiya va tikka yaqin konlarni ishlashda, kon ishlari chuqurga qarab rivojlanib boradi,
ishlatish xududi ya'ni, bir vaqtnngi o’zida ishlovchi pog’onalar soni ishlatish jarayonida o’zgaradi.
Kon tayyorlov ishlari karyerni hamma ishlash davrida olib boriladi, ularni nisbiy xajmini
karyerni ishchi xududini chuqurlashishi bilan odatda oshib boradi, karyer ichida transport masofasi
qo’shilib boradi.
Shular tufayli kon massani jo’natish harajati, foydali qazilmani qazib olishdagi umumiy
narxi mana bu konlarda 70% yetadi, shuning uchun kon ishlab chiqarish texnologiyasi, demak, qiya
va tikka yaqin konlarni ishlab chiqarish texnologiyasini variantlarini, kullanilayotgan transport
kurinishiga boglik hamda kuriladi.
Kon katta ulchamda yotganda va katta xajimda tashish bulganda, temir yul transporti
kullaniladi. Bu ishlab chikarishni farklanadigan fazilati shundan iboratki, katta sonli transport
vositalarini ishchi maydonda va karyer bortlarida joylashishidir.
Karyer chuqurligi katta bo’lgandagi temir yo’l trassasi tashqi to’kma va foydali qazilmani
qabul qilish punktlarini ishlab chiqarish joyi bilan bog’lashga xizmat qiladi. Bu yo’l, karyerni
qiyalik burchagi xattoki maksimal bo’lganda qiyin yo’l bo’lib, o’zining uzunligi bo’yicha kattadir.
Karyerda ishlab chiqarish joyi yaqinida va to’kmada to’kma berki yaqinida vagonlarni almashtirish
punkti kerak, qiya xandak yo’llariga yondashuvchi ishlab chiqarish yo’llari maydoni, qabul qilingan
ochish, kon ishlari rivojlanishi jadallashini kerakligi, yo’llanilayotgan uskunalarni o’lchamlari,
ishlab chiqarish tartiboti elemenlariga maxsus talablarni aniqlaydi.
Transport votasini xizmatiga harajatni kamaytirish uchun agarda ishlab chiqarish bilan
pog’onali kam gorizont sonida olib borilsa, konni ochish jinsini temir yo’l transportida tashish
maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ishchi maydon kengligi uskunalarni ishda unumli ishlashini ta'minlashi shart. Bunda asosiy
kon mashinalari va transport vositalari, to’kma o’tkazish ishlari, yordamchi transport va uskunalarni
xavfsiz joylanishi ta'minlanishi kerak. Bu maydon pog’onalar va xavfsiz bermani bog’lanmagan
xolda cho’zilishi uchun rezerv yo’lagini tashkil qilgan bo’lishi kerak.
Karyerni qurish davrida, kon-kapital ishlar xajmini kamaytirish maqsadida, ishchi maydon
kengligini minimal qabul qilinadi. Ishlash davrida ishchi, maydon kengayadi, chunki ochish ishlari
rivojlanadi, foydali qazilma zaxirasini ochilishi ko’payadi.
Ishchi maydonni kengligini aniqlashda, maydonda qo’shimcha uskunalarni va
kommunikatsiyalar (yig’ilgan havo seti, yoritish simi, suv keltirish) ni joylanish mumkinligini ham
hisobga olib buldozer, manyovrlalini harakatini ham xisobga olgan, xududni zaryadlash mashinasini
va xududni tekislashni ham xisobga olmoq shart. Odatda qo’shimcha yo’lak 5-6 m kenglikda
bo’lishi shart.