Kar`er osti o’lchamlari, kar`erning oxirgi chuqurlik belgisida qazib olinayotgan uyum qismi
bilan chegaralanadi. Kar`yerning ostki minimal o’lchamlari pastki pog’onada olib borilayotgan
jinslarni xavfsiz qazib olish va yuklash shart-sharoitlari bilan aniqlanadi (kengligi bo’yicha kamida
20 metr, uzunligi buyicha 50 metrdan kam bo’lmasligi kerak).
Kar`yer bortining qiyalik burchagi bort yonbag’iri massivi jinslari mustaxkamligi va
transport kommunikaciyalarining joylashtirilishi shart-sharoitlari bilan aniqlanadi. Qoplovchi tog’
jinslarini qazib olishni kamaytirish maqsadida bortlarning qiyalik burchaklarini iloji boricha tikroq
qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |