Navoiy davlat konchilik instituti kimyo metallurgiya fakulteti «metallurgiya» kafedrasi



Download 1,87 Mb.
bet1/8
Sana31.12.2021
Hajmi1,87 Mb.
#236439
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Toshbo'riyev Davlatjon


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAVOIY KON - METALLURGIYA KOMBINATI

NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI

KIMYO METALLURGIYA FAKULTETI

«METALLURGIYA » KAFEDRASI

KURS LOYIHASI
Mavzu: Muruntov koni oltinli rudalarni qayta ishlash texnologiyasini tanlash va asoslash

11D-18 FQB guruhi talabasi: Bozorov Mirzobek

Rahbar: ______________ Murodov I. N

NAVOIY – 2021 y.


NAVOIY KON - METALLURGIYA KOMBINATI

NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI

KIMYO METALLURGIYA FAKULTETI

«Metallurgiya» kafedrasi








«Tasdiqlayman»

Kaf.mud. dots. O.A.Azimov

__________«___»___. 2021 y.



T O P SH I R I Q
1. Mavzu: « Muruntov koni oltinli rudalarni qayta ishlash texnologiyasini tanlash va asoslash

2. Ish topshirilgan vaqti: « 18 » 01. 2021 y.

Tugallangan ishni topshirish muddati: « 26 » 04. 2021 y.
3. Ishni bajarish uchun berilgan boshlang‘ich malumotlar:

Q=12/5 mln t/yil.

Dastlabki mahsulotdagi ruda o‘lchami D=1100 mm

Maydalangan ruda bo‘lagi o‘lchami d=300 mm

Rudaning mustahkamligi Protodyakonov shkalasi bo‘yicha f=16-18.
4. Kurs loyihasiga hisob-tushuntirish malumoti (bo‘limlarni ko‘rsatma bo‘yicha ko‘rib chiqish

Kirish;


Nazariy qism;

Texnologik qism;

Hayot faoliyati xavfsizligi qismi
5. Grafika qismining tarkibi (kerakli chizmalar bilan)

Umumiy texnologik yoki uskunalar zanjir sxemasi – 1 ta;

Asosiy uskunaning konstrkutiv sxemasi – 1 ta.
Ish topshirilgan vaqti: « 26 » 04. 2021y. ____________________

(imzo)


Kurs loyihasi rahbari: _____________________________________
Topshiriqni qabul qildim: « 18 » 01. 2021y. ____________________

(imzo)


Talaba: ___________________________________________________




MUNDARIJA







KIRISH………………………………………………………………..




I

NAZARIY QISM…………………………………………………….




1.1

Oltin rudalari haqida umumiy ma’lumot………………………………




1.2

Tayyorlash jarayonlari uchun talablar……………………………….




1.3

Foydali kazilmalarni maydalash jarayoni……………………...…




1.3.1.

Maydalash mashinalarining turlari……………………….............




1.4.

Foydali kazilmalarni yanchish jarayoni…………………………….




1.5.

Yanchilgan maxsulotni tasniflash jarayoni………………………...




1.5.1.

Spiralli tasniflagichning konstruksiyasi va ishlash tamoyillari………………………………………………..………...




1.5.2

Gidrosiklonlar …………………………………………………….




1.5.3.

Gidrosiklondazarrachalarningtasniflanishi samaradorligiga ta’sir kiluvchi omillar…………………………………………….




1.6

Gravitatsiya usulida boyitishning nazariy asoslari…………………




1.7

Cho`ktirish usulida boyitish asoslari…………...




1.8

Konsentratsiya stollarida boyitish.………………………………




II

TEXNOLOGIK QISM……………………………………………….




2.1

Boyitishning texnologik sxemani tanlash va asoslash…………...




2.2

Maydalash sxemasi va uskunasini tanlash va hisoblash……….....




2.3

YAnchish sexining unumdorligi va ishlash tartibi hisob-kitobi…




2.4

Asosiy qurilmalarni tanlash……………………………………............




2.4.1

Yanchish jarayonida qo’llaniluvchi jihozlar hisobi.……………………




2.4.2

Tasniflash uchun uskunalarni tanlash va hisoblash……………..




2.5

Boyitish jarayonlari uchun jihozlarni tanlash va hisoblash……...........




III

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI………………………………………………………………..




3.1

Umumiy xavfsizlik talablari………………………………………




3.1.1

Ma’danni tashib kelish, qabul qilish va oraliq bunkerlarida xavfsizlik koidalari………………………………………………..




3.1.2.

Maydalash jarayonida xavfsizlik koidalari……………………….




3.1.3.

Yanchish va tasniflashda xavfsizlik koidalari…………………….




3.1.4

Yong‘in xavfsizligi……………………………………………………




3.2

Fuqaro muxofazasi…………………………………………………...




3.2.1

Fabrikaning joylashishi…………………………………………….




3.2.2.

Ishlab chiqarish binolariningiqlimi……………………………...




3.2.3.

Inson organizmiga ta’sir darajasiga qarab zararli moddalarning sinflanishi…………………………………




3.2.4.

SHovqin va tebranishlardan himoyalash …………………………...




3.2.5.

Binolarni yoritish …………………………………………………...




3.3

Atrof muhit muhofazasi……………………………………………




3.3.1

Atmosferaga chiqadigan chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar…………………………………………………………….




Kirish

Jahon iqtisodiyoti rivoji yoqilgi-energetik va boshqa turdagi mineral resurslarning qollanilishining doimiy ortishi bilan boradi. Rangli va ligerlovchi metallarning ishlatilishi oxirgi 100 yil ichida 35 marta ortdi. XXI asrda barcha turdagi mineral xomashyolarning ishlatilishi jadallashgan suratda davom etmoqda. Yaqin 50 yilda mineral xomashyolarni qazib olishning hajmi 5 martadan koproq ortishi taxmin qilinmoqda.

Shu bilan bir qatorda qayta ishlanayotgan rudalarning tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning miqdori toxtovsiz pasaymoqda. Oxirgi 20 yil ichida rudalar tarkibidagi rangli metallarning miqdori 1,31,5 marta kamaydi, boyitishga kelayotgan umumiy massa boyicha murakkab tarkibli rudalarning miqdori 40 % gacha ortdi.

Qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibining murakkablashishi, ekspluatatsiyaga yangi turdagi konlarni jalb qilish va xomashyodan kompleks foydalanish konchilik sohalarining barcha jabhalarini bitta umumiy texnologiyaga integratsiyalash zaruratini yuzaga keltiradi.

Foydali qazilmalarni birlamchi qayta ishlash texnika va texnologiya saviyasidan kelib chiqib, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish choralariga bogliq.

Hozirgi vaqtda qazib olinayotgan rangli va nodir metall rudalarining 100 foizi, qora metallarning 90 foizi va energetik komirning kop qismi, kimyoviy xomashyolarning barchasi va qurilish materiallari ishlab chiqariladigan xomashyolarning asosiy qismi boyitishga yonaltiriladi.

O’zbekiston oz taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay geografik strategik mavqeyiga ega bolib, tabiiy xomashyo resurslari boyicha dunyoda yetakchi orinlardan birini egallaydi. Hozirgi kunda turli foydali qazilma konlari va madan namoyon bolgan istiqbolli makon va joylar aniqlanib, bu borada keng kolamda ilmiy tadqiqot izlanish ishlari jadallashib bormoqda.

Mazkur oquv qollanmada hozirgi zamon fan va texnika yutuqlarini inobatga olgan holda, foydali qazilmalarni boyitishga tayyorlash jarayonlari: maydalash, galvirlash, yanchish va tasniflash jarayonlarining, foydali qazilmalardan qimmatbaho komponentlarni ajratish usullari: gravitatsiya, flotatsiya, magnit va elektr maydonlarida foydali qazilmalarni boyitish jarayonlarining va boyitishda yordamchi jaryonlarining nazariyalari keltirilgan.

Ushbu oquv qollanma Oliy oquv yurtlarining Konchilik ishi hamda Metallurgiya yonalishlari boyicha talim olayotgan bakalavrlar, shu sohada tahsil olayotgan magistr va yosh boyituvchi mutaxassislar uchun mo`ljanlangan.

Hozirgi vaqtda Respublikamizda sanoat rivojiga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarishning o‘rni beqiyosdir. Davlatimizning iqtisodiy o‘sishini ta’minlash uchun yurtboshimiz SH.M.Mirziyoev tashabbusi bilan rangli va nodir metallarni ishlab chiqarish hajmini 30 foizga ko‘tarish rejalashtirildi. Bu maqsadlarni amalga oshirishda metallurgiya sanoatining ko‘lami va hissasi muhim axamiyat kasb etadi.

Maxsulotning eksportda yuqori qo‘shimcha qiymat bilan o‘sishi iqtisodiyotimizning imkoniyatlari va rivojlanayotgan potensiali xaqida guvohlik beradi. SHuning bilan birga xomashyo resusrlarida tez-tez takrorlanadigan jaxon qiymati o‘zgarishlari eksportga aloqador muxim yutuqlarning pasyishiga olib keladi. Xozirgi jaxon iqtisodiy krizis sharoitida eksportga muxim xom ashyo yunalishini va ortiqcha xavf xatar tasiri xolida jaxon bozorining injiqliklari valyuta qiymatining pasyishiga olib keladi. Ayrim mamlakatlar iqtisodining moliyaviy barqarorlashuvi yomonlashuviga sabab buladi.

O‘zbekiston Respublikasi er osti va usti boyliklarining mo‘lligi, shuningdek mis, qo‘rg‘oshin, rux, oltin, kumush, volfram, yonuvchi gazlar va boshqa ayrim foydali qazilmalar bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bugungi kunda 100 ga yaqin mineral xom-ashyolar turlari izlab topilgan va tasdiqlangan zaxiraga kiritilgan.

Kon metallurgiya sohasida metal olisha ketadigan umumiy xarajatlarning 50% dan ko‘pi aynan rudalarni maydalash va yanchish jarayonlariga to‘g‘ri keladi. SHunday ekan rudalarni qayta ishlashga tayyorlashda maydalash va yanchish jarayonlarida yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan energiyatejamkor texnika va texnologiyalardan foydalangan holda mahsulot tannarxini pasaytirishni ta’minlash bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri sanadali.

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi institutda o‘qish davrida to‘plangan nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llagan holda adabiyotlardan foydalanib amaliy hisoblashlarni bajara olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishdir.

Bitiruv malakaviy ishiga qo‘yilgan masala amaldagi korxona ko‘rsatkichlari va amaliyotini tahlil qilish asosida texnologiyaning tor doiradagi sanoat ish tajribasini umumlashtirishtirgan holda loyihalanayotgan fabrikaning texnologik sxemaning afzalligini ko‘rsatishdir.



1. NAZARIY QISM

1.1 Oltin rudalari haqida umumiy ma’lumot

Oltin rudalari — tarkibida oltin minerali boʻlgan tabiiy hosilalar, rudalar. Tabiatda 30 dan ortiq oltinli minerallar maʼlum. Undan tashqari, tarkibida oltin boʻlgan boshqa metallar (mis, nikel, qoʻrgʻoshin, pyx, kumush, 



temir,marganets)ning rudalaridan ham oltin olinadi. Asosiy sanoat ahamiyatiga ega foydali qazilma tugʻma oltin boʻlsa, boshqa bir qancha turli minerallar: kyustelit (tarkibida 10—20% Ai), kalaverit AiTe2 (40—43% Ai), krennerit (Ai, Ag)Te2 (40% Ai), silvanit (Au,Ag)Te4 (25—27% Ai), petsit Ag3AuTe2 (25% Ai), kuproaurid AuCu2, rodit Au,Rh, porpetsit Au,Pd, aurostibit Au,Sb2, maldonit Au2Bi, yutenbogardeit Ag3AuS2 va boshqa dan ham foydalaniladi.

Endogen, ekzogen va metamorfik Oltin rudalari farq qilinadi. Barcha endogen Oltin rudalari gidrotermal yoʻl bilan paydo boʻlgan, bir tonnasining tarkibida 2—3 g dan bir necha yuz g gacha oltin bor. Endogen Oltin rudalarining barchasi plitasimon tomir  massivlar Rossiya,  Qozogʻiston, Kanada), egarsimon tomirlar (Sharqiy Sibir, Avstraliya), quvursimon tomirlar va shtokverkli (Oʻzbekiston, AQSH) rudalardir.

Oltin rudalarining tarkibiga 200 dan ortiq turli minerallar kiradi. Oltin-sulfidkvars rudalari keng tarkalgan (1,5—20% ruda minerallari). Minerallarning asosiysikvars,turli miqdorda kalsiyli va temirli karbonatlar, barit, xlorit, seritsit, turmalin. Rudali minerallarning us-tuvorlari pirit, kamroq arsenopirit. Ikkinchi darajali minerallar: pirrotin, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, vismut, kumush sulfidlari, temir oksidi, tugʻma kumush, baʼzan — telluridlar. Oltinning probasi 700—900. Oltin-kvarsli rudalar tarkibida kamroq miqdorda rudali minerallar va umu-miy hajmi ham kam boʻladi, temir sulfidlari keskin ortadi. Yer yuza-siga yaqin joylashgan oltin-kvarsli va oltin-sulfid-kvarsli rudali konlar oltin-kumush konlari deb ataladi (Sibir, Tyanshan, Filippin hamda AQSH va Meksikada uchraydi). Ular tarkibida xalsedon, magniy kar-bonatlari va silikatlari, adulyar, dikkit, kamroq miqdorda flyuorit va rudali minerallardan pirit, markazit, 



xalkopirit, galenit, argentit, kumush sulfotuzlari, kamroq oltin, kumush, vismut, qoʻrgʻoshin teluridlari bor.

Sulfid rudalari (20—30% rudali minerallar) kam tarqalgan boʻlib, tarkibi oddiyroq: asosan, pirit va arsenopirit, 2darajada mis, qoʻrgʻo-shin, vismut sulfidlari (baʼzan tel-luridlari) Oltin rudalari qatlami va baʼzan quvursimon tanalar hosil qiladi (Qozogʻiston, Sharqiy Sibir, Avstraliya, Braziliya).

Ekzogen Oltin rudalari, asosan, sochma konlarda, kam hollarda oltin sulfidli konlarning oksidlanish zonalarida uchraydi. Bu konlarda rudali qatlamlar va oqimlar yumshoq va mustahkamlan-magan yotqiziqlardan iborat boʻladi. Oltin esa, koʻpincha yumalokdangan alo-hida zarrachalar yoki tangachalar (oʻlcha-mi 0,5–4 mm), baʼzan kum va gillarni orasida kvars bilan birga qotgan shakllarda uchraydi. Oltin rudalari tarkibida oltinning miqdori 100–150 mg/m3 dan oʻnlab g/m3 gacha, probasi 800—950 boʻladi. Oksidlanish zonasida oltin, asosan, temir va marganets gidroksidlari, mis, margimush, kumush, karbonatlar, kaolinit minerallari bilan assotsiatsiyalashgan holatda yigʻiladi, tarkibida 2—3 dan 10 g/t gacha oltin boʻladi. Oltin rudalari murakkab shaklli uyumlar, linzalar hosil qiladi (Qozogʻiston, Rossiya, Dominikana Respublikasi).

Metamorfizlashgan Oltin rudalari oltinli konglomeratlar, baʼzan gravelitlar qatlamlari bilan bogʻliq boʻladi. Oltin zarrachalari (5—100 mkm) kvarsseritsitxloritli sementda yoki kvarsli shagʻaldagi ingichka tomirchalarda temir va boshqa metallar oksidi va sulfidlari bilan birgalikda joylashadi. Oltinning miqdori 3—20 g/t, probasi 900 dan yuqori boʻladi (JAR, Avstraliya, Braziliya).

Oʻzbekistonda Oltin rudalari aniklangan 600 ga yaqin kon maʼlum boʻlib, 144 tasi kadastrga kiritilgan, 12 tasida oltin qazib olish ishlari olib borilmoqda, 15 tasi razvedka qilingan, 16 tasida razvedka ishlari olib borilmoqda (2001). Oltin rudalari konlari asosiy geolo-gik-sanoat turlaridan uchtasi: oltin-kvarsli (Muruntov, Zarmitan Pirmirob,Gʻuzoqsoy),oltin-sulfid-kvarsli (Qizilolmasoy, Qoʻshbuloq, Balpantov, Marjonbuloq, Sarmich, Bulatkon va boshqalar), oltin-sulfidli (Koʻkpatos, Dovgʻiztov, Omontoytov va boshqalar) va 2 ta kompleksli turlari: oltin-kumushli ("Yuqorivolt", Kosmanachi, Oʻqetmas, Oqtepa) va oltin-misporfirli (Qalmoqqir, Olis va boshqalar) ajratilgan. Oʻzbekiston oltinning razvedka qilib aniklangan zaxiralari boʻyicha jahondagi eng yirik mamlakatlar orasida 4-oʻrinda, yillik qazib olish miqdori boʻyicha 9-oʻrinda turadi (2000).
1.2. Tayyorlash jarayonlari uchun talablar

Boyitish jarayonlarining samaradorligi ularni qayta ishlashga tayyorlashda ajratiladigan minarallarning qanchalik darajada yuzalarini ochilganligiga va ularni gravitatsiya, flotatsiya va boshqa to‘liq ajratib olish usullari uchun zarur sinflarga ustuvor ajratishga bog‘liq.

Malumki so‘ngi yillarda katta zahiraga ega bo‘lgan qiyin boyitiluvchan kambag‘al rangli metal rudalarini qayta ishlashga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday rudalari o‘ta mayin yanchishni va boyitishning texnologik ko‘rsatkichlarini oshirishni talab qiladi. SHu maqsadda maydalash va yanchish jarayonlari rivojlanishining quyidagi yo‘nalishlariga e’tibor berish zaruriyati tug‘ildi:


  1. YAnchish va maydalash uskunalarining quvvati sezilarli o‘sdi;

  2. Bir vaqtning o‘zida rudaning fizika kimyoviy xossadariga asoslangan holdi bir nechta vazifani bajaradigan, po‘lat yanchuvchi jismni kam sarflaydigan mashinalarni ishlab chiqarishga joriy etish;

  3. YAnchish va maydalash sxemalarini takomillashtirish va avtomatlashtirish;

  4. Amaldagi va yangi tayyorlash jarayonlari va uskunalarini o‘rganish va takomillashtirish.

Rangli metal rudalarini asosiy boyitish usuli (flotatsiya) ga tayyorlash jarayonida yanchilgan ruda o‘lchamini ta’minlashda ikkita asosiy talabni bajarilishi zarur. Birinchidan, flotatsiyalanadigan mineral zarrasining o‘lchami flotatsiyaning samarali olib boriladigan (zarrachalar havo pufakchasiga samarali yopishadigan) zarracha o‘lchamining yuqori chegarasidan baland va pastki chegarasidan kichik bo‘lmasligini ta’minlash. Ikkinchidan, flotatsiyalanadigan zarralarning asosiy massasi kollektiv flotatsiyadan avval bo‘sh tog‘ jinsidan ajralgan va selektiv flotatsiyadan avval bir biridan ajralgan, xolos bo‘lgan bo‘lishi zarur.

Ko‘p hollarda minerallarning barcha yuzalarini to‘liq ochishning imkoni bo‘lmaydi. Barcha qimmatbaho komponentlar yuzasini ochish uchun o‘ta mayin yanchish kerak bo‘ladi, bu esa minerallarni o‘ta yanchilib ketishi (pereizmelcheniya)ga olib keladi va bu iqtisodiy va texnologik jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. SHuning uchun har bir ruda o‘zining iqtisodiy samarali yanchilish darajasiga ega. Rudadagi metal miqdorining kamayishi va uni mayin yanchish zarurligi tayyorlash jarayonida iqtisodiy omillarni zudlik bilan oshishiga olib keladi. SHunday ekan, tayyorlash jarayoni, uskunalari va sxemalariga zaruriy talablar quyidagilar:

1) o‘ta yanchilib ketishning oldini olish va samarali uskunalarni tanlash maqsadida rudaning ashyoviy tarkibini o‘ziga xosligini hisobga olish;

2) yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan bitta uskunada bir nechta texnologik jarayonlarni amalga oshirish orqali mahsulot o‘lchamini yuqori darajada qisqartirishga erishish;

3) energetik va material xarajatlarni minimal darajada bo‘lishini ta’minlash;

4) uskunalar chidamliligini va emirilishga qarshiligini yuqori darajaga ko‘tarish;

5) avtomatlashtirish imkoniyatlari, mexnat sharoitini va atrof–muhit muhofazasini yaxshilash.

Kapital xarajatlarni, ishlatish uchun xarajatlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, maydalash yanchish uskunalarining o‘lchami va quvvatini oshirish uchun hal qiluvchi omillarni hisobga olgan holda hozirgi vaqtda yuqori solishtirma unumdorlikka va texnologik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan bir qator yangi mashina va uskunalar o‘zlashtirilmoqda. Ular orasida:

1) konusli yirik maydalagich, qo‘zg‘aluvchi konus diametri asosi 2900 mm (KKD 1500/270 GRSH);

2) inersiyali maydalagichlar (KID-1750 va KID-2200), ochiq siklda mahsulotni 100 mm dan 10-12 mm gacha maydalab berishni ta’minlaydi;

3) yuqori unumdorlikka ega g‘alvirlash mashinalari, elash yuzasi 15m2 (GST-72M) va 24m2 (GST-81R );

4) sharli tegirmonlar, deametri 6 m (MSHR-60x80, hajmi 190 m3) va 5,5 m (MSHR-55x65, hajmi 140 m3);

5) deametri 10,5 m bo‘lgan o‘ziyanchar va yarimo‘ziyanchar tegirmonlash (MMS-105x38 hajmi 300 m3 va MMS-105x50 hajmi 350-400 m3);

6) diametri 6 m bo‘lgan MSHS-60x85(hajmi-220 m3) va 7 m bo‘lgan MSHS-70x90 (hajmi– 320 m3) yanchilgan mahsulotni markazdan bo‘shatuvchi sharli tegirmonlar ishlab chiqilgan.



Tayyorlash jarayonlari sohasida amaldagi uskunalarni takomillashtirish, solishtirma ish unumdorligini va emirilishga qarshiligini oshirish yaqin kelajakda bajarish zarur bo‘lgan asosiy ishlardandir. Gidrosiklonlar bundan mustasno. YAnchish jarayoni siklida yanada yuqori samarali klassifikasiyalashga erishish maqsadida deametri 500 va 710 mm bo‘lgan, boyitma va yarim oraliq mahsulotlarni qayta yanchish siklida deametri 360 mm dan kichik bo‘lgan gidrosiklonlar ishlatilmoqda.

Unimdorlik bo‘yicha eng yahshi ko‘rsatkichlar yirik konusli va rotorli maydalagichlar uchun (3000 t\soat gacha); barabanli tegirmonlar (sterjenli, sharli va o‘ziyanchar) 300 m/soat.

Abraziv mahsulotlarni maydalashda zarbali, yopishqoq rudalarni maydalashda juvali maydalagichlardan foytdalaniladi.

Tegirmon va maydalagichlarda maydalangan ruda o‘lchamining kichiklashishi unumdorlikning kamayishiga olib keladi. Bararanli tegirmonlar uchun esa dastlabki mahsulotning yirikligi pasayishi unumdorlikning oshishiga olib keladi.

Maydalangan mahsulot o‘lchamining kichiklashishi bilan sharli tegirmonning unumdorligi oshadi va yanchishga ketadigan xarajatlar kamayadi, ammo, maydalash uchun xarajatlar oshadi.

O‘ziyanchar tegirmonlarni qo‘llashga o‘tish energiya xarajatlarini 10-15 % ga oshishiga olib keladi, ammo, o‘ziyanchar tegirmonlarni qo‘llash 2 ta bosqichda maydalash va 1-2 bosqichda po‘lat muhitda yanchish jarayonlarini o‘rnini bosadi. Bu esa ekspluatatsion xarajatlarni 8-10 % ga kamayishiga olib keladi. Mahsulot yirikligining qisqarish darajasi kamayadi. Biroq, o‘ziyanchar tegirmonlar muayyan fizik–mexanik xususiyatlarga ega bo‘lgan rudalar uchun qo‘llaniladi.

Tayyorlash jarayonlari sxemasi dastlabki rudalarning o‘ziga xosligi va fizik xususiyatlarini (mustahkamligi, yoriqligi, tayyor mahsulot miqdori mavjudligi, namlik va gilning miqlori) inobatga olgan holda tanlanadi.

YAnchishga yuboriladigan maydalangan oxirgi mahsulotning maksimal yirikligi quyidagi o‘lchamlardan oshmasligi kerak:

1) rudali o‘zi va yarimo‘ziyanchar tegirmonlar uchun 300-350 mm ;

2) sterjenli tegirmonlar uchun 15-20 mm;

3) sharli tegirmonlar uchun 10-13 mm.

YAnchish sxemasini tanlashda quyidagilar e’tiborga olinadi:

1) boyitish uchun etarli bo‘lgan yiriklikdagi mahsulot olishni ta’minlash;

2) rudaning ashyoviy tarkibi;

3) rudaning fizik xossalari;

4) birlamchi shlamning mavjudligi va rudaning uta yanchiluvchanlikka moyilligi;

5) ruda tarkibida qimmatbaho metallarning mavjudligi;

6) fabrikaning unumdorligi;

7) yanchuvchi muhit va elektr energiyasi narxi.

1.3. Foydali kazilmalarni maydalash jarayoni


Rudalarni maydalash uchun ishlatiladigan dastgox va shu dastgoxlar yordamida maydalash bir yoki bir nechta boskichlarda amalga oshiriladi.

Maydalash va yanchish jarayonlari yordamida foydali qazilma yoki ruda bo‘laklari o‘zining tashqi kuchlar va minerallarning ichki urilish kuchlari ta’sirida maydalanadi. Maydalash jarayoni bilan yanchish bir biridan o‘zaro quyidagicha farklanib, maydalangan maxsulot 5 mm va undan katta o‘lchamlarda chiqadi. YAnchilgan maxsulot esa yirigi 5 mm gacha bo‘lishi mumkin. Maydalash jarayonlari gidrometallurgiya zavodlari va boyitish fabrikalarida foydali qazilmalarni maydalash maqsadida qo‘llanilib bu jarayon tayyorlov jarayonlariga mansubdir, ya’ni ruda bo‘laklari tarkibidan qimmatbaxo komponent va minerallarni maydalab, ajratib boyitish uchun tayyorlab beradi. Maydalash vaqtida qattikligi yuqori bo‘lgan rudalarning maydalanishi anchagina qiyin kechadi va ma’lum bir kattalikdagi o‘lchamlarga bo‘linadi. G‘ovak, mo‘rt va yumshoq tog jinslari tezda maydalanadi va o‘lchamlari juda xam kichik bo‘ladi.

Maydalash jarayonlari nafakat boyitish fabrikalarida balki elektrostansiyalarda ko‘mir yoki slanetslarni maydalashda; kokslash zavodida, kokslashdan oldin ko‘mirni maydalashda; metallurgiya zavodlarida flyuslar sifatida dolomitlar va oxaktoshni maydalashda; yo‘l qurilishlari uchun xar xil kattalikdagi toshlarni maydalashda ishlatiladi.



Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish