o‗zgartirmaydi. Bu sifatlari tiklanuvchan energetikaning chet ellarda ham va ularning
yaqin o‗n yillik ichida rivojlanishining optimistik prognozlarining keng rivojlanishiga
hizmat qiladi. Tiklanuvchan energiya manbalri insoniyat oldida turgan uchta global
muammolarni echishda sezilarli rol o‗ynaydi:
energetikada, ekologiyada, savdo-
sotiqda.
Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan, Markaziy Osiyoda
o‗xshashi yo‗q ilmiy-eksperimental markaz — Fanlar akademiyasi ―Fizika-Quyosh‖
ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining faoliyati buning yaqqol tasdig‗idir. Negaki,
ushbu jamoa tadqiqotlarining samaralari jahon miqyosida allaqachon e‘tirof etilgan.
Bu erda issiq suv va issiqlik ta‘minoti uchun past quvvatli qurilmalarni yaratish,
elektr energiyasi olish uchun fotoelektrik va termodinamik o‗zgartkichlar, maxsus
materiallar
sintezi texnologiyalari, materiallar va konstruksiyalarga termik ishlov
berishda quyosh energiyasidan foydalanish bo‗yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Uning natijalari esa mamlakat
iqtisodiyotining turli tarmoqlarida qo‗llanilmoqda. SHundan kelib chiqib,
O‗zbekiston quyosh energiyasi sohasidagi ilg‗or texnologiyalarni Markaziy Osiyoda
tajriba tariqasida joriy etishda amaliy makon sifatida xizmat qiladi, desak, mubolag‗a
bo‗lmaydi.
Evropa fotoelektrik sanoati assotsiatsiyasi (EPIA) ma‘lumotiga qaraganda, butun
dunyoda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish sur‘ati muttasil o‗sib bormoqda.
Aytaylik, 2012 yilda jahon bo‗yicha umumiy quvvati 100 GVtga teng bo‗lgan
fotoelektrik panellar o‗rnatilgan bo‗lsa, joriy yilning o‗tgan o‗n oyi ichida 30 GVtli
shunday qurilmalardan ham foydalanish yo‗lga qo‗yildi. Pirovardida birgina
Germaniyada fotoelektrik stansiyadan olingan elektr energiyasining narxini 0.07
AQSH dollarigacha kamaytirishga erishildi.
Mamlakatimizda esa, ta‘bir joiz bo‗lsa, Prezidentimizning 2013 yil 1 martdagi
―Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
Farmoni noan‘anaviy
energiya resurslari, jumladan, quyosh energiyasidan
foydalanish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi. CHunki ushbu hujjatga
ko‗ra, to‗plangan tajribani hisobga olgan holda, quyosh va biogaz energiyasidan
foydalanish
sohasidagi
eksperimental
va
amaliy
tadqiqotlarni
yanada
chuqurlashtirish, bunda muqobil manbalardan energiya hosil qilish bo‗yicha tajriba
loyihalarini ishlab
chiqish va amalga oshirish, o‗zimizda tegishli uskunalarni,
butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarish, ularga servis xizmati
ko‗rsatishni tashkil qilishga alohida e‘tibor qaratilgan. SHuningdek, fotoelektrik
panellar tayyorlash bo‗yicha loyihalar imtiyozli kreditlar bilan moliyalashtirilishi,
quyosh hamda biogaz energiyasini ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarga soliq
va bojxona imtiyozlari berilishi belgilab qo‗yilgan.
Toshkent shahrida Xalqaro quyosh energiyasi institutining
tashkil qilingani esa
sohada olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‗ldi. Nega deganda,
quyosh energiyasidan sanoat ko‗lamida foydalanish uchun yuqori texnologik
ishlanmalarni amalga oshirish, quyosh energiyasi potensialini ilg‗or va samarali
texnologiyalar asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va ijtimoiy sohada qo‗llash
bo‗yicha takliflar tayyorlash, shu jumladan, maxsus materiallarni
sintez qilish va
ularga termik ishlov berish texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish bilan bog‗liq
amaliy tadqiqotlarni o‗tkazish, quyosh energetikasi sohasidagi yirik loyihalar
bo‗yicha hujjatlarni ishlab chiqish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish ushbu ilmiy
dargohning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Bundan tashqari, mazkur institut fan va sanoat tarmoqlari o‗rtasida ko‗prik
vazifasini ham o‗taydi. Boshqacha aytganda, Xalqaro quyosh energiyasi instituti
olimlarimiz tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalarni, shuningdek, chet elning
ilg‗or ishlanmalarini texnologiyalar transferi orqali arzonlashtirgan holda bozorbop
sanoat namunasi darajasiga olib chiqib, uning to‗liq
konstruksiyaviy texnologik
hujjatlarini tayyorlashda faollik ko‗rsatadi. SHu ma‘noda, u ―O‗zbekenergo‖ davlat-
aksiyadorlik kompaniyasi, ―O‗zkommunxizmat‖ agentligi, ―O‗zeltexsanoat‖
uyushmasi, ―O‗zbekneftgaz‖ milliy xolding kompaniyasi, O‗zbekiston Fanlar
akademiyasi, ―Davarxitektqurilish‖ qo‗mitasi va iqtisodiyotimizning boshqa sohalari
uchun texnologik maydon bo‗lib xizmat qiladiki, bu nafaqat O‗zbekiston, balki butun
Osiyo qit‘asining boshqa mamlakatlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanishni kengaytirishga qaratilgan yangi qo‗shma loyihalarni amalga oshirishda
muhim omil bo‗lishi, shubhasiz.
Mutaxassislarga
ayonki,
quyosh
elektr
stansiyalari
va
suv
isitish
geliokollektorlarini barpo etishda kremniy,
germaniy, galliy arsenidi, kadmiy-tellur,
galliy fosfidi kabi yarimo‗tkazgich materiallaridan foydalaniladi. Bugungi kunda esa
kremniy asosida yaratilgan qurilmalar keng qo‗llanilayotgan bo‗lib, ulardan 25-30
yil, hatto 35-40 yil davomida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: