qilishicha, geosinklinal turlari ko‘p va xilma-xildir: Parageosinklinal, ortoyegsinklinal, evgeosinklinal,
miogeosinklinal, va xakozolar. Xozirgi vaqtda geosinklinal tushunchasining umumiy, ko‘pchilik
tadqiqotchilar qabul qilgan yoki tan olgan ta'rifi yuq. Geosinklinal-yer po‘stining eng xarakatchan, yoriqlarga
boy, yotqiziqlar katta qalinlikka (15-20 km) ega bo‘lgan qismi. Geosinklinalning asosiy xususiyatlaridan biri-
uning rivoj-lanishida turli bosqichlarning mavjudligi. Geosinklinal dastlabki bosqichida keng, chuqur dengiz
xavzalarida shakllanadi, ularning ichida ayrim ko‘tarilmalar, urtaliq massiv va suv osti bazalt vulkanlari
paydo bo‘ladi. O‘rta bosqichda qayt qilingan xavzalar o‘rnini ko‘tarilmalar egallaydi. Geosinklinal
bosqichining so‘ngi bosqichida esa umumiy ko‘tarilish sodir bo‘ladi, ko‘pchilik bukilmalar tutashadi. Ushbu
jarayonlar natijasida ular burmali tog‘ inshoatlariga aylanadi. Keyingi yillarda litosfera plitalarining
tektonikasi goyasining rivojlanishi munosabati bilan geosinklinalga yangicha ta'rif berilmoqda. Ushbu goyaga
asosan geo-sinklinal litosfera plitalarining o‘zaro to‘qnashgan joyi bo‘lib, u yerda geosinklinal jarayoni
kechadi. Bu jarayon surilayotgan okean plitasining suvsizlanishi va qayta erishi xisobiga xamda magmatik
qayta o‘zgarish, metamorfizm va to‘qnashayotgan plitalar old qismlarining shakl o‘zgartirishi evaziga
Zilzila. Yer po‘stining silkinishi zilzila deyiladi. Yer yuzasini yemiruvchi, buzuvchi zilzilalarning 68%
ga yaqini Pireneyya, Alp, Apennin, Karpat, Bolqon, Kavkaz tog‘lariga va O‘rta Osiyoning tog‘ tizmalariga,
ximolay tog‘lariga, qolgan 28% i tinch okean xalqasiga to‘g‘ri keladi. Bular seysmik rayonlardir. Zilzila
xodisalarini o‘rganuvchi fan syeysmologiya deb ataladi. Zilzila yer qobig‘ining ichki qismidagi massalarning
juda kuchli xarakatga kelishidan paydo bo‘ladi va zilzila to‘lqinlari markazdan atrofga qarab tarqaladi. Yer
sirtining tebranishi, unga ichki qatlamlardan o‘tib keluvchi egiluvchan to‘lqining o‘rilishidan kelib chiqadi.
Agar to‘lqin tikka urilsa, ya'ni zilzila yer sirti bilan tug‘ri yoki qiyaroq burchak hosil qilsa, yer ustidagi
narsalar yuqoriga ko‘tarilib, pastga tushadi. Agar to‘lqin qiya urilsa, yer ustidagi narsalar gorizontal
xarakatlanadi, ba'zan ular qayiqqa o‘xshab tebranadi. Zilzila vaqtida ba'zi to‘lqin zarbalarini kishilar
sezmaydi, faqat maxsus asbobgina sezadi, bunday kuchsiz zilzila xarakati mikrosyeysma, asboblarsiz
seziladigan zilzila makroseysma deyiladi.
Zilzila to‘lqinlarini xisobga oluvchi asboblar o‘rnatilgan 500 ga yaqin stantsiya yer sharida xar yili
9000 tagacha zilzilani, ya'ni soatiga bir marta zilzila bo‘lishini xisobga oladi. Yerning ichidagi zilzila
boshlangan markaz - gipotsyentr, uning yer yuziga tikka chiqqan joyi - fokusi - epitsyentr deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: