Platforma qoplamasi - platformalarning yuqori qurilma qavati, asosan cho‘kindi jinslardan tashkil
topgan, kristallashgan (qadimgi platformalarda) yoki burmalangan (yosh platformalarda) asos ustida yotadi.
Ba'zan qoplama tarkibida magmatik maxsulotlar uchraydi. Platforma qoplamasining metamorfizmga
uchramagan jinslari deyarli gorizontal xolda yotadi; u platforma asosida keskin nomuvofiqlik va stratigrafik
tanaffus orqali ajraladi. Yosh platformalarda tanaffus vaqti uncha uzoq emas. Ko‘pincha platforma asosi va
qoplama orasida oraliq kompleks jinslari yotadi, bu ba'zi bir yosh platformalarga ayniqsa xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |