Nomi va vazifasi
|
Bajarilish, o‘lchamlari, mm
|
Foydalanish joylari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar
|
1.
|
Elektr tokidan shikastlanish xavfliligini ogohlantiruvchi doimiy belgi. Ehtiyot bo‘ling! Elektr kuchlanishi
Bu ham
|
GOST 12.4.026-76 ga (2.5. raqamli belgi) muvofiq. Foni sariq, gardishi va strelasi qora
Bu ham
|
Elektrostansiya va podstansiyalarning 1000 V dan past va yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida. Taqsimlash uskunalariga kiradigan eshiklarning tashqi sirtiga, uning ichida joylashgan KRU va KTP eshiklari bundan mustasno; o‘chirgich (viklyuchatel) va transformator xonalari eshiklarining tashqi sirtiga; ishlab chiqarish xonalarida joylashgan tok o‘tkazuvchi qismlarning to‘siqlariga; 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan shchit va yig‘ma shchit eshiklariga mahkamlanadi. Aholi yashaydigan joylarda, 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining ustunlariga yerdan 2,5 — 3 m balandlikda, ustunlarning oralig‘i 100 m dan kam bo‘lganda har ikki ustunning biriga, ustunlar oralig‘i 100 m dan ko‘p bo‘lganda va yo‘llarning kesishgan joylarida har bir ustunga mahkamlanadi. Yo‘llar bilan kesishgan joylarda belgilar ustunning yo‘l tarafiga qaratilgan bo‘lishi, qolgan hollarda ustunni navbatma-navbat o‘ng va chap tomonlariga mahkamlanadi. Belgilar metall va yog‘och ustunlarga mahkamlanadi.
|
2.
|
Doimiy ogohlantiruvchi belgi. Ehtiyot bo‘ling! Elektr kuchlanishi
|
O‘lchamlari GOST 12.4.026-76 ga muvofiq beton yuzasiga ramka va strela trafaret bilan yuvilib ketmaydigan qora bo‘yoq bilan tushiriladi. Beton yuzasi asosiy fon hisoblanadi
|
Bu ham, faqat havo elektr uzatish tarmoqlarining temir beton ustunlari uchun qo‘llaniladi.
|
3.
|
Elektr tokidan shikastlanish xavfliligini ogohlantiruvchi ko‘chma plakat To‘xta Kuchlanish
|
Oq fonda qora harflar. Gardishi 10 mm qalinlikdagi qizil rangda chiziladi. GOST 12.4.027-76 ga asosan strela qizil rangda chiziladi 280 — 210
|
Elektrostansiya va podstansiyalarning 1000 V dan past va yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida. Yopiq taqsimlovchi qurilmalarda doimiy to‘siqlar olinib, kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismlarni vaqtinchalik o‘rnatilgan to‘siqlarga; kirish mumkin bo‘lmagan, o‘tish joylariga o‘rnatilgan to‘siqlarga; ish joyiga qo‘shni kameralarni doimiy to‘siqlariga. Ochiq taqsimlovchi qurilmalarda yerdan ish olib borilayotganda ish joyini to‘sish arqonlariga va kanoplariga, ish joyiga yaqin yo‘ldan kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismni konstruksiyasiga.
|
4.
|
Yuqori kuchlanish bilan sinov o‘tkazilayotganda elektr tokidan shikastlanish xavfsizligini ogohlantiruvchi ko‘chma plakat. Sinov Hayot uchun xavfli
|
Oq fonda qora harflar. Gardishi 10 mm qalinlikdagi qizil rangda chiziladi. GOST 12.4.027-76 ga asosan strela qizil rangda chiziladi. 280 — 210
|
Yuqori kuchlanish bilan sinov o‘tkazish uchun ish joyini tayyorlash mobaynida uskunalar va tok o‘tkazuvchi qismlarning to‘siqlariga plakatni yozilg�n tomonini tashqariga qaratgan holda osiladi.
|
5.
|
Konstruksiyalarga ko‘tarilganda kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashish natijasida xavf tug‘diruvchi omillardan ogohlantiruvchi ko‘chma plakat. Chiqma O‘ldiradi!
|
Oq fonda qora harflar. Gardishi 10 mm qalinlikdagi qizil rangda chiziladi. GOST 12.4.027-76 ga asosan strela qizil rangda chiziladi. 280 — 210
|
Taqsimlovchi qurilmalarda xodimning yuqoriga ko‘tarilib ishlashi uchun mo‘ljallangan konstruksiyalarga, qo‘shni hamma konstruksiyalarga osiladi
|
|