Navoiy davlat konchili instituti kimyo-metallurgiya fakulteti



Download 4,43 Mb.
bet1/3
Sana04.06.2022
Hajmi4,43 Mb.
#635538
  1   2   3
Bog'liq
makro iqtisodiyot





NAVOIY DAVLAT KONCHILI INSTITUTI
KIMYO-METALLURGIYA FAKULTETI
IQTISODIYOT VA MENEJMENT KAFEDRASI
MAKROIQTISODIYOT FANIDAN

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: dAVLAT BYUDJET DAROMADLARI TAHLILI.
TOPSHIRDI: 25-19 GURUH TALABASI
XOLMURODOV ASLIDDIN ZOIR O’GLI
QABUL QILDI: RASHIDOV MELS KARIMOVICH
2021
Reja:


  1. BYUDJET DAROMADLARINI ZARURLIGI VA ULARNI SHAKLLANTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI.

  2. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISH AMALIYOTINING TAHLILI.

  3. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHNI SAMARALI TASHKIL ETISH YO’LLARI.

BYUDJET DAROMADLARINI ZARURLIGI VA ULARNI SHAKLLANTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI


Davlat byudjeti moliya tizimining muhim bo’g’ini sifatida mamlakatning asosiy moliya resursini tashkil etuvchi va davlat foydalanuvchi umumdavlat pul jamg’armasi hisoblanadi. U mamlakatni boshqarishda ishtirok etadigan boshqa moliyaviy vositalar ichida eng muhimi hisoblanadi. Ahamiyatli tomoni shundaki, u o’zida jamiyat daromadining ma’lum qismini mujassamlashtiradi.
Davlat byudjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromad qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar: maorif, sog’liqni saqlash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, tinchlik, chegaralar dahlsizligini saqlash va favqulodda holatlar uchun saqlanadigan davlat zahiralarining mavjud bo’lish zarurati tufayli kelib chiqadi.
Shuningdek, davlat byudjeti orqali jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo’ladi. Demak, byudjet iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimida markaziy bo’g’inda ishtirok etishi bilan aholining ma’lum qatlamining manfaatlarini o’zida aks ettiradi.
Davlat byudjeti va uni daromad va xarajatlarini o’rganishdan avval, byudjet tuzilishini ko’rib chiqish zarur. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Byudjet kodeksiga muvofiq mamlakatimizda ikki pog’onali byudjet tizimi amal qiladi.
Byudjet Kodeksining 34-moddasiga asosan Davlat byudjeti quyidagi darajadagi byudjetlardan iborat:

  • O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari;




Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi.
Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi.
Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.
Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko’rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish (shakllantirish) va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga Davlat byudjeti deyiladi.
Davlat byudjeti ijtimoiy va ishlab chiqarish munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot yoki milliy daromadning bir qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalari, jumladan iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va mudofaaning rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan taqsimlash vositasidir.
Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsada, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi.
Turli ma’muriy-hududiy byudjetlarning ko’pligiga qaramasdan ularning barchasi quyi bo’g’inlarning yuqori bo’linmalarga bo’ysunishiga ketma-ket rioya qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi.
Bir vaqtning o’zida byudjet resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda demokratizm ham ta’minlanadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari o’zlarining byudjet mablag’lariga ega bo’lib, bu borada ular o’zlariga tegishli bo’lgan byudjet huquqlaridan foydalanadilar.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy instrumenti (vositasi) sifatida Davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Agar moliya yordamida taqsimlash qiymatning shakllari o’zgargan sharoitda va ko’plab oldisotdilar natijasida amalga oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning Davlat byudjeti orqali taqsimlanishi, ma’lum darajada, har doim almashuvdan ajralgan holda sodir bo’ladi. Qiymatning Davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat Davlat byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda yana taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qo’shilib ketishi sodir bo’ladi.
Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu uch bosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu narsa ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan pul mablag’larining bir qismini davlatning qo’lida jamlash sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’larni to’lovchilar o’rtasida moliyaviy munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlari-ning xarakterli xususiyati shundan iboratki, byudjetga tushuvchi mablag’lar alohidalashgan bo’lib, hali ular qat’iy aniq cheklanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga – umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga – yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda bar-ham beriladi. Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’psonli fondlarning shakllanishi yuz beradi, ya’ni umumdavlat pul fondini bo’lishning murakkab taqsimlanish jarayoni amalga oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy bo’linmalardan ajralgan ichki byudjet jarayonidek ko’rinadi. Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyatdagi barcha sub’ektlarning manfaatlari o’zaro to’qnash keladi. Mamlakatdagi har bir ma’muriy-hududiy birlik o’z byudjetiga ega bo’lganligi uchun bu bosqichda ana shu byudjetlarning umumiy hajmini to’g’ri aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. U yoki bu byudjetning xarajatlari joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos kelmasligi oqibatida ularni qo’shimcha mablag’lar bilan ta’minlash zaruriyati vujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni balanslash-tirish zarurdir. Shunday qilib, murakkab taqsimlash jarayoni sodir bo’ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy
bo’linmalarining barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari o’z mablag’larini berishsa, boshqalari esa byudjet mexanizmi orqali bu mablag’larni oladi.
Uchinchi bosqichda byudjet fondlari hududlar va maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko’pchilik hollarda, bir mulkchilik shakli doirasida byudjet mablag’larini qaytarilmaslik tarzida berish sodir bo’ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa byudjetli taqsimlash jarayonining oxirgi bosqichida byudjet mablag’larini olganlar tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston respublikasi byudjet tizimining o’ziga xos xususiyati shundaki, moliyaviy muassasalar byudjetni boshqarish tizimining yagona moliya organi sharoitida amal qiladi.
Har qaysi byudjetning bo’ginlari o’ziga xos daromad vakolati va xarajat majburiyatlariga ega bo’lib ular bir butun davlat byudjeti vazifalarini bajarishga asoslanadi.
Keyingi yillarda davlat byudjeti tarkibida mahalliy byudjetlarning islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyatini oshib borish tendentsiyasini kuzatishimiz mumkin. Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimining asosiy kismi sifatida o’zida 14 ta mustaqil byudjetni mujassamlashtiradi.
Moliyaviy resurslarni byudjet orqali birlashtirish davlat moliya siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi. Byudjet orqali markazlashgan pul resurslarini to’plash va davlat organlari tomonidan belgilangan maqsadlarga xarajatlar amalga oshiriladi. Bu byudjet orqali daromadning ma’lum qismini to’plash va uni qayta taqsimlashni bildiradi. Shuning bilan moliya tizimining taqsimlash funktsiyasi amalga oshiriladi. Respublika va mahalliy davlat organlari byudjet munosabatlari orqali taqsimlangan daromadni o’z ixtiyorga oladi va aniq belgilangan maqsadlarga yo’naltiradi.
Byudjet moliya resurslarini kerakli soha va byudjet moliya resurslarini kerakli soha va yo’nalishlarda jamlab davlatni iqtisodiyotni boshqarish va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga imkoniyat beradi.
Bunda byudjet resurslarining daromad qismi bo’yicha shakllanishi, undan samarali foydalanish nazorat qilinadi. Taqsimlash va nazorat funktsiyalari orqali byudjetning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati yuzaga chiqadi. Shu yul bilan byudjet davlat daromadlari va xarajatlarini rejalashtiruvchi moliyaviy munosabatlarni bildiradi. Byudjet-soliq siyosatini oqilona yo’nalish ishlab chiqish va uning samarali ijrosini ta’minlash, eng avvalo, byudjet daromadlarini aniq va sifatli rejalashtirish bilan bog’liq. Byudjet daromadlarini rejalashtirishning ahamiyati to’g’risida kengroq to’xtaladigan bo’lsak, quyidagilarni ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq:

  • XX asrning yetuk iqtisodchilaridan biri D. Keyns nazariyasiga muvofiq, iqtisodiyotda davlatning rejalashtirilgan xarajatlari mamlakat yalpi ichki mahsulotini oshirishdagi asosiy manbalardan biridir. Davlat xarajatlarining rejasi esa byudjet daromadlarini rejalashtirish bilan chambarchas bog’liq;

  • soliq va bojxona siyosati yo’nalishlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularni asoslash byudjet daromadlarini rejalashtirish orqali amalga oshiriladi;

  • davlatning uzoq muddatli xarajatlarini (jumladan, investitsiyalarni) samarali va oqilona amalga oshirish davlat ixtiyoriga moliyaviy mablag’larning barqaror ravishda kelib tushishini talab etadi. Bu esa o’z navbatida byudjet daromadlarini rejalashtirishga alohida e’tibor qaratishni talab etadi;

  • byudjet daromadlarini rejalashtirish rivojlanayotgan mamlakatlarda soliq ma’murchiligini yaxshilashdagi asosiy vositalardan biri hisoblanadip.

Bu boradagi adabiyotlar sharhi shuni ko’rsatadiki, xorijiy olimlar va mutaxassislar ham byudjet daromadlarini rejalashtirish moliyaviy siyosat yuritishda asosiy omillardan biri ekanligini ta’kidlab o’tishgan. Xususan, Xalqaro valyuta jamg’armasi mutaxassislari Stefan Danninger, Marko Kangiano va Annette Kyobelarning qayd etishicha, byudjet daromadlari rejasini qayta ko’rib chiqish byudjet xarajatlari va boshqaruvda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi, moliyaviy siyosatga ishonchni yo’qotadi. Shuningdek, S.G. Ayupova iqtisodiyotni samarali boshqarishda byudjet daromadlari rejasining roli katta ekanligi to’g’risida xulosaga kelgan.Umuman olganda, iqtisodiy adabiyotlar mazkur masalaga bag’ishlangan ko’plab ilmiy ishlar va maqolalar mavjud bo’lib, ularda byudjet daromadlarini rejalashtirish atroflicha o’rganilgan va muhim ahamiyatga ekanligiga baho berilgan. Joriy yilda byudjet daromadlari to’g’ri rejalashtirilmaganligi oqibatida Bolgariyada va Ukrainada tasdiqlangan byudjet qayta ko’rib chiqilayotganligi va bu bilan bog’liq qator muammolar yuzaga kelayotganligi ushbu fikrimizning yana bir tasdig’idir.
Byudjet daromadlarini rejalashtirishni nazariy jihatdan iqtisodiy modellashtirish deb atash mumkin. Taniqli iqtisodchi olim N.G. Menkyu tomonidan tayyorlangan iqtisodiy modelning umumiy ko’rinishi asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan rasm orqali byudjet daromadlarini rejalashtirish modelining umumiy ko’rinishini kuzatishimiz mumkin:

Byudjet daromadlarini rejalashtirish:

  • ekzogen ko’rsatkichlardan (masalan, kutilayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi, inflyatsiya darajasi, ...) foydalangan holda;

  • olingan ma’lumotlar va byudjet daromadlari o’rtasidagi ilgari kuzatilgan yoki iqtisodiy-matematik bog’lanish qonuniyatlaridan kelib chiqib (tuzilgan model yordamida);

  • endogen ko’rsatkichlarni (byudjet daromadlarini soliq turlari bo’yicha, hududlar kesimida, turli muddatlar uchun rejalarini) hisob-kitob qilishdan iborat.

Ushbu sohadagi adabiyotlar va bu jarayonni amaldagi holatini umumlashtirgan holda, byudjet daromadlarini rejalashtirishni bir necha bosqichlarga bo’lish mumkin:

1-bosqichda byudjet daromadlarini rejalashtirish uchun zarur ma’lumotlar yig’iladi. Bunda ma’lumotlar tegishli manbalardan (masalan, statistika idoralari,
turli vazirlik va idoralar, ishlab chiqarish korxonalari va h.k.) iqtisodiy-statistik ko’rsatkichlar (korxona va tashkilotlarning foydasi, savdo korxonalarining tovar aylanmasi, inflyatsiya darajasi, aholi real daromadlarining o’sish sur’atlari va boshqalar) olinadi.
2-bosqichda esa yig’ilgan ma’lumotlar rejalashtirish modelini tuzish uchun qayta ishlanadi. Masalan, ayrim ko’rsatkich dinamikasida real o’sishni aniqlash uchun haqiqiy ma’lumotlarni solishtirma narxlarga aylantirish talab qilinadi yoxud ko’plab ma’lumotlarni tahlil qilgan holda o’rtacha ko’rsatkichlar hisoblanishi mumkin.
Shuningdek, bu bosqichda ma’lumotlarning to’g’riligi va o’zaro muvofiqligi o’rganib chiqiladi. Albatta, bu barcha olingan ma’lumotlarni qayta tekshirib chiqish degani emas, balki ma’lumotlar o’rtasida nomutanosibliklarni yoki mantiqiy jihatdan shubha tug’diruvchi axborotlarni qayta ko’rib chiqishdan iborat. Zarur hollarda, haqiqiy ma’lumotlar o’rniga shartli ma’lumotlar foydalanilishi mumkin.
3-bosqichda byudjet daromadlarini rejalashtirish uchun model (balki bir nechta) tuziladi va bu tuzilgan model(lar) mavjud usullar orqali baholab ko’riladi.
4-bosqichda tuzilgan model yordamida kelgusi davr uchun reja ko’rsatkichlari hisoblab chiqiladi.
5-bosqichda esa hisoblangan reja ko’rsatkichlari baholanadi. Bunda reja ko’rsatkichlari o’tgan yildagi haqiqiy ko’rsatkichlar bilan o’zaro solishtirib ko’riladi, zarur hollarda esa, qo’shimcha tahlillar o’tkaziladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, o’nlab daromad turlarini (soliq va yig’imlar) hududlar kesimida va har xil davrlar uchun (yillik, choraklik, oylik) ko’rsatib o’tilgan bosqichlarda rejalashtirish o’ziga xos murakkab va ko’plab omillar va hisob-kitoblarni talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. Shuningdek, har bir bosqichda amalga oshirilgan hisob-kitob va xulosalar sifati keyingi bosqich natijalari uchun hal qiluvchi omil ekanligi sababli, byudjet daromadlarini to’g’ri va sifatli rejalashtirish uchun bu jarayonning har bir qadamiga mas’uliyat bilan yondashish talab qilinadi.
Byudjet daromadlarini rejalashtirish iqtisodiyotdagi boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni prognozlashtirish bilan hamda bu jarayonda qatnashuvchi vazirlik va idoralarning o’zaro hamkorlikdagi faoliyatiga bevosita bog’liq. Masalan, yalpi ichki mahsulot hajmi va iqtisodiyotdagi narxlar o’sish darajasi byudjet daromadlariga katta ta’sir ko’rsatishi sababli, ushbu ko’rsatkichlarni to’g’ri rejalashtirish davlat xazinasiga kelib tushadigan mablag’lar miqdorini to’g’ri baholay olish imkonini beradi. Qolaversa, yirik soliq to’lovchi korxonalarning ishlab chiqarish hajmlari prognozining to’g’ri tuzilishi va o’z vaqtida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qilinishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga byudjetnoma loyihasini, shuningdek Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risida hisobotni ko’rib chiqish uchun taqdim etadi. Hududiy moliya organlari Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalarini tayyorlaydi hamda ularni Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga ko’rib chiqish uchun kiritadi.
Byudjetdaromadlarini rejalashtirish byudjet tasnifiga muvofiq amalga oshiriladi. Byudjet Kodeksining 3 bobida Byudjet tasnifiga quyidagicha ta’riy berilgan: “Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo’lib, byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi”.
Byudjet tasnifi o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini;

  • byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini;

  • Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifini. Yigirma bir koddan iborat bo’lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to’rt qismli ko’rinishga ega:

  • byudjet tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi;

  • daromadlarning turlari;

  • hududiy tasnif.

Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda byudjet kodeksining ahamiyati katta bo’lib, unning 9 bobi “Davlat byudjeti daromadlari” deb nomlanadi. Unga ko’ra davlat byudjeti daromadlari:

  • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;

  • davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;

  • meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;

  • yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

  • rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.

Byudjet kodeksiga asosan O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari quyidagilar hisoblanadi:
1) umumdavlat soliqlari, shu jumladan:

  • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;

  • yagona soliq to’lovi;

  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;

  • qo’shilgan qiymat solig’i;

  • aksiz solig’i;

  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

2) bojxona bojlari;
3) qo’shimcha foyda solig’i;
4) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi;
5) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to’lanishidan tushgan tushumlar, qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’imlar, tovon pullari, kompensatsiya to’lovlari va jarima sanktsiyalari, davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgilangan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tkazilgan pul mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar, aktsiyalarning davlat ulushi (payi) bo’yicha dividendlar (daromadlar), mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lov, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISH AMALIYOTINING TAHLILI.


Davlat byudjetining daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli va ularni byudjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.
Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bu moliyaviy (byudjet) kategoriyaning namoyon bo’lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat.
Eng avvalo, davlat byudjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’linadi:

  • soliqli daromadlar;

  • nosoliqli daromadlar;

  • tiklanmaydigan tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari.

Nosoliqli daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng); 

  • byudjet tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan haqli (to’lovli) xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);

  • fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, konfiskatsiyalar, kompensatsiyalar va davlat sub’ektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar;

  • moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari va byudjet kreditlaridan tashqari);

  • boshqa nosoliqli daromadlar.



Hozirgi amaliyotda Davlat byudjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiya qilinayapti:

2021-yilda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 688,9 trillion so’mni, Davlat byudjeti daromadlari 147 trillion so’mni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 21,3 foiz darajasida bo’lishi kutilmoqda.
Davlat byudjeti xarajatlari esa, 165,7 trillion so’mni tashkil etadi. Bu 2020-yildagiga nisbatan 24,0 foizga ko’p bo’lib, bunda Davlat byudjet xarajatlarining yarmidan ortig’I ijtimoiy sohalarga yo’naltiriladi.
2020-yil 9 oyi uchun davlat byudjeti yakunlari nimadan dalolat bermoqda:

  • Moliya vazirligining ma’lumotlariga ko’ra 2020-yilning 9 oyi uchun Davlat byudjeti daromadlari 94,5 trln so’mni tashkil qildi. Bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 15,3 trln so’mga yoki 14,8% ga ko’p deganidir.

2020 yil 9 oyi uchun yigʻma makroiqtisodiy koʻrsatkichlar.

Jadval tahlili quyidagilarni koʻrsatmoqda:

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish