Навоий “хамса” сидаги баъзи образлар талқинига доир



Download 1,04 Mb.
bet18/23
Sana01.01.2022
Hajmi1,04 Mb.
#282343
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
alisher navoiy xamsasini organish

4. DUNYO VA YASHASH MAZMUNI
Alisher Navoiy asarlarida, ayniqsa, “Xamsa”da har bir tushuncha, mavzu, hayot, inson bilan bog`liq masalalar yuksak darajada talqin etiladi. Ishq, ko`ngil, vafo, qanoat, odob-axloq, so`z, rostlik va yolg`onchilik, saxovat va buxl (baxillik, xasislik), aql va jaholat, ilm va nodonlik, yaxshilik va yomonlik kabi yana ko`plab tomonlar tahlilida ana shu jihatni ko`ramiz.

Ulug` shoirimizning olam, hayot, inson va umr mazmuni xususida ham teran mulohazalari bor. “Xamsa”da ular haqida atroflicha fikr yuritilgan. Dunyo nima? Olam nima uchun yaratilgan? Inson va insoniylik nima bilan belgilanadi? Yashash, tiriklikning asosiy mohiyati nimada? Bu savollarga har kimning o`z javobi bor. Kim uchundir uzoq umr ko`rish, farovon va to`kis hayot umr mazmuni. Boshqa birov uchun hisobsiz mol-mulk,o`zgalarga hukm-u zug`um o`tkazish –bosh maqsad. Kimlargadir sog`-salomat, tinch-u osoyishta umrguzaronlik ham yetarli. Yana kimlardir amal-u mansab ilinjida kuyib yonadi. Hamma ham o`zicha haq. Ammo Navoiy xulosalari qanday? Shoir ta’kidicha, dunyo “karvonsaroy”, ”karvon”, ”buqalamun”, ”hubob” (suv yuzida paydo bo`ladigan pufak), “kabutar”, “jallod”,”ulug` bazm”, “bir jom zahr”, “zindon”, “ulug` kesak”, “suv ichidagi kesak” va hokazo. Bu nisbatlarda ko`proq olamning bevafoligi, inson umrining omonatligiga ishora bor.”Farhod va Shirin”da gardunga nisbatan shunday deyiladi: “Shioring har necha javru jafodur”. Ha, dunyoning shiori: javru jafo.

Navoiy ko`p o`rinlarda umrning o`tkinchiligiga e’tiborni tortadi:

Ey ko`ngul, boqmag`il jahon ishiga,

Kim jahon qilmadi vafo kishiga. (“Sab’ai sayyor”. 328-bet)
Hayotning inson uchun abadiy emasligini shoir bir baytida shunday ta’kidlaydi:

G`amim yo`qtur o`lmakda emgak uchun,

Nedinkim tug`ar kimsa o`lmak uchun.

(“Saddi Iskandariy”.18-bet)


Insonning qismati azaldan ma’lum.U o`lish uchun tug`iladi.Bundan hech kimga omonlik yo`q. Shoir dunyoning o`tkinchiligini bot-bot e’tirof etadi. Nega? Bu tushkunlik, hayotga ko`ngil qo`ymaslikka chaqiriqmi? Navoiyning niyati boshqacha. Olamning yaratilishi, kishilarning kelib-ketishi hayot qonuni. Hech kim bu dunyoda abadiy qolmaydi. Birov keladi, boshqaning nasibasi tugab bitadi:

Turfa bukim, yuz kelibon ming ketar,

Ming chu ketar, keynicha yuz ming yetar.

(“Hayrat ul-abror”. 249-bet)


Shoir ta’kidicha, yuz kishi tug`ilsa, ming odam bu olamni tark etadi. Uning o`rnini yana yuz ming kishi egallaydi. Bu –hayotning davomiyligi, siru sinoati. Dunyo shu: kelish-u ketish. “Ketguchi bu bazmga kelgan kishi”. Dunyo –bazm. Qisqa fursat. Umr shunday davom etaveradi:

Silsila bu nav’ azal to abad,

Kelguchi-yu ketguchi behaddu ad.

(“Hayrat ul-abror”. 249-bet)


Navoiy tasviricha: “Osoyish yeri ermas bu manzil”. Inson - omonat. Bu holatni “suv ichinda kesak”, “kesak manzili istiqomat emas” o`xshatishlari orqali bayon etadi:

Bir ulug`roq kesak erur bu jahon,

Ki erur ko`pragi suv ichra nihon.

(“Sab’ai sayyor”. 328-bet)


Suv – qudrat timsoli.Kesak uning oldida hech narsa:

Kim kesakni suvda nazora qilur,

Bir-ikki lahza chun o`tar ezilur.

(“Sab’ai sayyor”. 328-bet)


Kesakning “bir-ikki lahzada ezilur”i inson umriga ishora. “Barchag`a chun adam sori yo`ldur, Karvon ichra karvon uldur”. “Karvon”-olam. “Karvon ichra karvon” –inson umri. Hammaning yo`li adam- yo`qlik sari borishi aniq. Boshqa bir o`rinda shoir inson hayotini suv yuzidagi hubobga qiyoslaydi:

Muni ma’man dema, degil xarobe,

Muni maskan dema, degil hubobe.

(“Farhod va Shirin”. 421-bet.)


Bu olam “ma’man” –tinch, omonlik joyi emas. Xarob bir maskan.Uni maskan deb ham bo`lmaydi. U “hubob”-suvning pufagi, lahzalik hodisa.

Navoiy olam haqida fikr yuritib, uning o`tkinchiligi, zolim va bevafoligi, “g`am yemakka kiro aylamasligi”ni ta’kidlaydi. Ayni paytda, olam paydo bo`lganidan maqsad odam ekanligini uqtiradi:

Karam birla haq aylagay olame,

Bu olamda maqsud anga odame.

(“Saddi Iskandariy”. 14-bet)
Shoirning olam haqidagi yuqoridagi mulohazalarining ma’lum asosi bor. Dunyo o`tkinchi, uning gultoji inson hisoblanar ekan, umr mazmuni nima bilan bog`liq? Ana shu yerda shoirimizning bosh muddaosi oydinlashadi: umrni, “bir-birga siz borchangiz mehmonsiz” deya tiriklikni g`animat bilish,hayotni mazmunli o`tkazish. Shoir shunday yozadi:

Qo`yub borin oxir chu ketgungdurur,

Deginkim olib oni netgungdurur.

(“Saddi Iskandariy”. 472-bet)


Inson uchun oxir-oqibat tuproq oromgoh bo`lar ekan, yig`ib-yig`ishtirganini tashlab ketishga mahkum ekan, yelib-yugurish, tinib-tinchimasligining ma’nisi nimada? Shoir aytmoqchi:

Chu oxir bo`lurbiz adam, ey rafiq,

G`animat tutoli bu dam, ey rafiq.

(“Saddi Iskandariy”. 468-bet)


Navoiy talqinicha,insoniylikning, yashashdan maqsadning muhim shartlari bor. Shoir tasviricha, yaxshi nom qoldirish, ezgu ishlari, so`zu amallari bilan el ko`nglidan joy olish –umr mazmuni. Olam bevafo, umr bebaqo, tiriklik abas ekan, har bir kishi faqat yaxshi nom qoldirishga harakat qilishi zarur:

Ming yil umid erurki qilg`aysen,

Yaxshi ot-o`q jahonga solg`aysen.

(“Sab’ai sayyor”. 343-bet)


Navoiyning “Farhod va Shirin”dan olingan mana bu bayti har bir o`quvchiga umr mazmuni, tiriklik va hayot maqsadini anglatib turgandek bo`ladi:

Qila olg`oncha ul bo`lsun shioring

Ki, yaxshi ot qolg`ay yodgoring. (465-bet)


Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish