Mutasiya ro’y berishi. Navning har qanday morfologik belgisi va xo’jalik-biologik xususiyatlari tabiiy mutasiyaga uchrashi mumkin. Bunday mutasiyalar nisbatan kam uchraydi, lekin, navning ertami kechmi buzilishiga sabab bo’ladi. Tabiiy mutasiyalar nav o’simliklari orasida xuddi tasodifiy aralashmalar singari ko’payadilar. Modifikasion o’zgaruvchanlik va tabiiy duragaylanishning bo’lib turishi mutantlarni topish va ularni nav tarkibidan chiqarib tashlashni juda qiyinlashtiradi.
Urug’likning hosildorlik sifatlarini yomonlashishiga urug’chilik ekinlarida past agrotexnikani qo’llanilishi ham sabab bo’lishi mumkin.
Akademik P.P.Luk’yanenkoning aytishicha kuzgi bug’doyning Bezostaya-1 navini elitadan oltinchi reproduksiyagacha yuqori agrotexnika sharoitida o’stirilganda navning hosildorlik sifatlarini yomonlashishi kuzatilmagan. Bundan tashqari navdor urug’liklarni sifati pasayishining sababi ishlab chiqarishda nav yaxshilash sistematik tanlashlarning o’tkazilmasligidir.
Ishlab chiqarish sharoitida navning sifatlarini yomonlashib borish jarayoni ko’p hollarda asta-sekin o’tadi. Navning xosildorligini pasayishi odatda talabga javob bermaydigan sharoitda o’stirilgan urug’likning hosildorlik sifatlarini yomonlashishidir.
Xulosa
Agronomning vazifasi urug’chilik ekinlarida tegishli yuqori agrotexnika sharoitini tug’dirish va hosilni yig’ib-terib olishda, saqlash, tashish va urug’likni ekishga tayyorlashda hamma qoidalarga rioya etib ishini yurgizishdir.
Ishlab chiqarish sharoitida qanday tegishli choralar ko’rilmasin, baribir navlarni ekinboplik sifatlarini buzilishidan, yomonlashishidan saqlash qiyin Shuning uchun navning urug’ligi vaqti-vaqti bilan yaxshilanib turilishi kerak. Shu maqsadda qabul qilingan nav yangilash tartibi bo’yicha xo’jaliklar eqilib kelinayotgan navlarning eng yaxshi elita yoki birinchi reproduksiya urug’liklarini sotib olib ekadi.
Urug’chilikning qabul qilingan tizimi tufayli hamma xo’jaliklarni rayonlashtirilgan navlarning yuqori sifatli urug’lari bilan to’liq ta’minlash kerak.
Ixtisoslashtirilgan xo’jaliklar yoki fermer xo’jaliklaridan olinayotgan urug’liklarning sifatini yaxshilash, ularni biologik hamda mexanik ifloslanishdan, kasallik va zararkunandalardan saqlash, urug’chilik dalalariga ishlov berishni mexanizasiyalash uchun haqiqiy sharoit yaratilishi lozim. Ular birinchi navbatda qishloq xo’jalik texnikasi hamda maxsus binolar bilan ta’minlanib, yuqori malakali agronomlar tomonidan rahbarlik qilinadi.
Urug’lik yetishtirishda ixtisoslanish uzluksiz davom etmoqda. Hozirgi vaqtda uning to’rtta xili mavjud: xo’jalik ichida, tuman ichida, viloyat ichida va viloyatlararo ixtisoslashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |