-brigadalar tomonidan lokomotivlarga xizmat ko'rsatishni tashkil qilish; -operativ rejalashtirish va lokomotivlarning va lokomotiv brigadalarini ishini tartibga solish (ya'ni lokomotivlarni ekspluatatsiyasini operativ boshqarish); -poezdlar boshqaruvining ratsional usullarini tanlash; -lokomotivlardan foydalanish ko'rsatkichlari tizimini takomillashtirish.
Mamlakatimiz va chet el zavodlari tomonidan juda ko'p har xil turdagi lokomotivlar temir yo'l uchun ishlab chiqarilmoqda. Ilgari ko'pincha yangi parovozlar, teplovozlarni loyihalashtirish ayrim temir yo'llar uchun avvalgi turdagi lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish tajribasini hisobga olmagan holda tashkil etilgan edi. Ko'pgina hollarda, bu lokomotivlarning asosiy ish o'lchamlariga yaqinroq bo'lgan, lekin ushbu vaqtda ikkita yoki bir nechta uzellarning va lokomotivlarning o'zaro almashinuvi hisobga olinmagan, ularning turlari qoniqarsiz tuzilishga ega bo'lgan. Albatta, lokomotivlarni foydalanishga tarqatilishida esa ma’lum bir chegaraga bo'lgan.
Mahalliy temir yo'l transportini rivojlantirish jarayonida lokomotivlarni boshqarish tizimi yaxshilandi. Shu bilan birga brigadalar tomonidan lokomotivlarga xizmat ko’rsatish usullarida, lokomotivlarning aylanish hududlari uzunliklarida, yuk ko'chma sostavlar tamirlash texnologiyasida va shuningdek lokomotivlardan foydalanish (ekspluatatsiya) usullarida bir qancha o'zgarish sodir bo'lgan. Masalan, 1927-1930 yillarda bug' kuchi bilan tortishga ega bo'lgan smenali yurishlarni ommaviy qo'llanilishi yuzaga kelgan. Lekin, lokomotiv parkini texnik ta'minotiga e'tibor zaiflashib borgan va natijada, avval qo'llanilgan yurishga qaytilgan. 1956-yil boshlaridan paravozlarni elektrovoz va teplovozlarga almashtirish ishlari boshlandi. Yangi shakldagi lokomotivlar esa lokomotivlar eksplutatsiya uslublarini, ularning xizmat ko’rsatuvchi smenali lokomotiv brigadalari va 1000 km gacha bo’lgan masofada lokomotivlarning vagonlardan ajralmay yurishini ta’minlab berdi.
Shu bilan birga lokomotivlarning joriy ta’mirlanishi va texnik xizmat ko’rsatish ham o’zgardi. Shu jumladan, og’ir vazndagi poyezdlarning yurish masofasi va harakat tezligi ham ortdi. Ularning tortish yelkalari ya’ni yurish masofasi 100-120 km bo’lgan edi. Shundan so’ng uchastkalardagi harakatlar uzaytirildi va keng tarmoqlarga bo’lindi, 600-800 km masofalarga birlashtirildi. Uchastka va saralash stansiyalarida befoyda turib qolishi vaqti qisqardi, o’rtacha kunlik bosib o’tilgan masofasi oshishiga sabab bo’ldi. Shuningdek, lokomotiv brigadalarining mehnat unumdorligi ancha oshirildi. Lokomotiv brigadalarining dam olishi va ish sharoitlari ancha yaxshilandi. Ya’ni yo’lda yuradigan ishchilarning shart-sharoitlari yaxshilab tuzib berildi. Aynan ularning ish grafiklarini keng ma’noda qo’llanilishi ta’minlab berildi. Lokomotiv brigadalarining tezkor ko’nikish imkoniyatlari o’zgaruvchan jarayon shartlariga ancha moslashdi.