Mini story darslarida men 3 ishni qilaman.
Gaplar aytaman. Har bir gapdan keyin siz tushunganingizni bildirish uchun «Ahhhh» yo «Ohhhh» deysiz. Bu tushunganligingizni anglatadi.
Siz javobini biladigan oson savollarni so‘rayman. Ularga shunchaki javob bering. Xatolar haqida o‘ylamang. Asosiy maqsad – tezlik. Qisqa (1-2 ta so‘zdan iborat) javob bo‘lsa ham mayli. To‘liq javoblar shart emas.
Men siz javobini bilmaydigan savol beraman. Shunda javobni shunchaki taxmin qilasiz. Aniq javob bo‘lishi shart emas. Faqat javobingizni tez ayting. Eslataman, bir yoki ikkita so‘z bilan javob bersangiz ham bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |