KHB SISTEMASIGA XUSH KELIBSIZ!
O‘rnida berilgan savollar
Ingliz tilini nega o‘rganmoqchisiz? Balki o‘qish, balki ishlash,
dunyo bo‘ylab sayohat qilish yoki xalqaro biznes yuritish
uchundir. Shu o‘rinda bir nechta savol so‘rasam maylimi?
• Ingliz tilida gapirishdan uyalasizmi?
• Yillab shug‘ullanganingizga qaramay bu tilda juda sekin
gapiryapsizmi?
• So‘zlash jarayonida grammatik qoidalarni o‘ylab, tahlil
qilasizmi?
• Shuncha yil ingliz tilini o‘rganganingizdan so‘ng
ham gapira olmayotganingizdan umidsizlikka tushib
ulgurdingizmi?
• Ingliz tilida hamon ona tilidagidek sharillatib gapira
olmayotganingiz uchun o‘zingizni qobiliyatsiz hisoblaysizmi?
• Qanday kurslarga bormang, baridagi eski kitoblar-u
keraksiz grammatikadan charchab, ingliz tili qiyin ekan degan
xulosaga keldingizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |