Bog'liq Natural, butun, ratsional va haqiqiy sonlar. O’nli kasrlarni odd (2)
4-ta’rif. Cheksiz davriy o‘nli kasrlar ratsional sonlar to‘plamiga kiradi.
5-ta’rif. Davriy bo‘lmagan cheksiz o‘nli kasrlar irratsional sonlar to‘plamini tashkil etadi.
Ratsional va irratsional sonlar (ya’ni cheksiz davriy va davriy bo‘l-magan o‘nli kasrlar) haqiqiy sonlar deyiladi va R bilan belgilanadi. Ta’rifdan kelib chiqadi, bundan esa hosil bo‘ladi. Haqiqiy sonlarni sonlar o‘qida tasvirlaydigan bo‘lsak, har bir haqiqiy songa o‘qda bitta nuqta mos keladi va aksincha, sonlar o‘qidagi har bir nuqtaga faqat bitta haqiqiy son mos keladi. Demak, haqiqiy sonlar bilan sonlar o‘qidagi nuqtalar orasida o‘zaro bir qiymatli mos kelish mavjud bo‘lib, “Haqiqiy son” o‘rniga “nuqta” ni ishlatish imkonini beradi.