Burun bo’shlig’i:
Burun bo’shlig’i nafas yo’lining boshlanish qismi bo’lib, oldinda tashqi
burundan noksimon teshik orqali havo kirib, orqa tomonda joylashgan xona orqali burun-hiqildoq
yo’liga o’tadi. Burun bo’shlig’i qon tomir va bezlarga boy bo’lgan shilliq qavat bilan qoplangan.
Shilliq qavatida kiprikli epiteliy joylashgan. Shilliq qavat ostida ayniqsa vena chigallari yaxshi
rivojlangan. Burun bo’shlig’ining yuqori qismidagi shilliq qavatda hidlash nervi uchlari joylashgan.
Odatda burun bo’shlig’ining o’rta va pastki qismiga nafas olish bo’lagi deyiladi. Burun bo’shlig’i
yon devoridagi chig’anoqlar va uning atrofida joylashgan kovaklar burun bo’shlig’i yuzasini
oshirib, nafas olganda burunga kirgan havoning tozalanishini, namlanishini va ilishini ta’minlaydi.
Burunga kirish qismi - noksimon teshik oldindan burun suyaklari va tog’oylari bilan chegaralanib,
burunning old devorini hosil qiladi. Burunning qanot tog’aylari uchburchak shaklli, bir juft bo’lib,
yonbosh qismida burun qanotlari, burun qirrasini hosil qiladi. Tog’aydan tuzilgan o’rta devor
burun teshigini ikkiga ajratadi.
Hiqildoq:
Hiqildoq nafas yo’lining ikkinchi qismi bo’lib, o’zidan havo o’tkazishdan
tashqari tozalash, ilitish, muhofaza qilish, ovoz paydo qilish funktsiyalarini bajaradi. Hiqildoq
orqa tomondan halqum bilan birlashgan. Chunki nafas sistemasi birlamchi ichak nayining old
tomonidan rivojlanganligi sababli hazm a’zolari sistemasi bilan nafas a’zolari o’zaro yutqin va
hiqildoqlar orqali qo’shiladi. Bundan tashqari hiqildoqning old va ikki yon tomoniga qalqonsimon
bez joylashgan. Hiqildoq juft va toq tog’aylardan iborat.
Hiqildoq ko’ndalang targ’il mushaklardan tuzilgan, ular odam ixtiyori bilan qisqaradi. Hiqildoq
mushaklari vazifasiga ko’ra uch guruhga bo’linadi: qisuvchi, bo’shashtiruvchi, tovush boylami
holatini o’zgartiruvchi. Hiqildokning shilliq pardasi pushti rangli, ko’p qatorli kiprikli qadahsimon
hujayralar aralashgan epiteliydan iborat.
Chaqaloqlarda hiqildoq kalta va keng qalqonsimon tog’ay burchagi unchalik rivojlanmagan
bo’ladi. Bolalarda hiqildoq usti tog’ayi yuqoriroqda joylashganligidan ovqat luqmasi uning ikki
yonboshidan o’tadi. Tovush yorig’i kattalarga nisbatan bolalarda uch marta kalta bo’lib, mushaklari
rivojlanmagan bo’ladi. Balog’at yoshidan boshlab 23-25 yoshgacha hiqildoq tez rivojlanadi.
Hiqildoq o’g’il bolalarda qizlarga nisbatan tezroq kattalashadi. Yosh ulg’aygan sari hiqildoq
tog’ayi asta-sekin suyaklanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |