Nasoyim ul-muhabbat


Pirlarning hasbu holiga doir ma’lumotlar



Download 180,04 Kb.
bet7/12
Sana21.01.2022
Hajmi180,04 Kb.
#396361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Alisher navoiyning taraqiyot pirlariga munosabati

.2 Pirlarning hasbu holiga doir ma’lumotlar

«Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabbodalari») – xalqni Haq va haqiqat sari yo`llash, bashariyatni ilohiy ma’rifatga yetishtirishdek ulkan vazifani o`z zimmasiga olgan ulug` ulamo va urafo, mashoyixu avliyolar haqida bitilgan noyob manbadir. Hijriy 901 (1496) yilda vujudga kelgan o`zbek nasri va tasavvuf adabiyotining mumtoz namunasi sanalgan bu asarning to`liq nomini muallif «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» («Ulug‘lik xushbo‘yliklarini taratuvchi sevgi shabbodalari») deya e’tirof etadi. Tazkira Abdurahmon Jomiyning «Nafohat ul-uns» asari asosida vujudga kelgan. Jomiy «Nafohat ul-uns» ning “Kirish” qismida asarning Alisher Navoiy da’vati bilan yozilganligini ta’kidlashiga ko`ra, shunday asar yozish zarurati haqidagi o`y Navoiyning ko`nglida anchadan beri mavjud bo`lgan deyish mumkin. Alisher Navoiy asarning yozilishi tarixini quyidagicha bayon etadi: «Doim oshufta xotirg`a kelur erdi va parishon xayolg`a evrilur erdikim, ul kitob alfozi forsiydur, arabiyg`a payvasta va iborati ishorat ahli tiliga vobasta va ul tillar vuqufidin bahravarlar va ul iboratu ishoratdin bexabarlar ul alfozdin o`z qobiliyatlari xurdida va ishtig`ollari muqobalasida naf’lar toparlar va fayz elturlar.

Ammo turk ulusidin ba’ziki, ko`ngul sidqu safosig`a bahramanddurlar, bu kimiyo asar so`zlar ta’sirig`a Tengri inoyatidin arumand, ul alfozg`a vuquf qillatidin ul fayzdardin mahrum va haqoyiqning daqoyiqi ularga noma’lum. Xotirg`a kechmishkim, agar sa’y qilsam, bu kitobni turk tiliga tarjima qila olg`aymuman va ul daqoyiqu mushkulotni ravshanroq alfoz va ochuqroq ado bila o`tkara olg`aymuman? – deb mutaammil erdim. Va ne bu xayolu muddaodin o`zumni o`tkara olur erdim va ne ishning azimlig`i va dushvorlig`i jihatidin shuru’ qila olur erdim.

To ta’rix to`qquz yuz birdaki, ul kitobning ta’lifidin yigirma yil o`tub erdi, Tengri taolo tavfiqi birla bu ulug` ishg`a ilik urdum va bu azim amrg`a qalam surdum» [50, 12]. Keltirilgan iqtibosdan ko`rinib turibdiki, Alisher Navoiy turkiy xalqlarni «Nafohat ul-uns»da nomlari keltirilgan ulug`lar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida uni o`zbek tiliga tarjima qiladi. Abdurahmon Jomiyning «Nafohat ul-uns min hazorat ul-quds» asari 1476-1478 yillarda yozilgan bo`lib, muallif tazkiraning bunyod etilishida Alisher Navoiy da’vatkor bo`lganligini e’tirof etadi.

«Nasoyim ul-muhabbat» janr va asosiy mohiyatiga ko`ra, tazkira bo`lsa-da, Jomiy asarining muqaddima qismini kengaytirib, tasavvufning dolzarb muammolariga bag`ishlangan mustaqil «risola» darajasiga yetkazadi. Undan valoyat va valiy; ma’rifat, orif, mutaarrif (ta’sirlangan) va johil; so`fiy; malomatiy, faqr va ular o`rtasidagi farqlar; majzub, zohid, xodim; tavhid, martaba va arboblar; imon tavhidi, ilm tavhidi, rasmiy tavhid va hol tavhidi; mo`jiza va karomat o`rtasidagi

farq; avliyolar karomatlarining isboti; karomatlar va g`ayritabiiy odatlar bayoni kabi tasavvufning muhim masalalari o`rin olgan bo`lib, ular ancha murakkab tushuncha va istilohlar vositasida yoritilgan. Jomiy bunda Ali ibn Usmon Hujviriyning «Kashf ul-mahjub li arbob il-qulub» asariga ergashadi. Navoiy esa muqaddimani mutlaqo o`zgacha tuzadi, ya’ni «Nafahot ul-uns»ning muqaddima qismi tarjima qilinmagan va «Nasoyim»ga kiritilmagan.

«Nasoyim ul-muhabbat»ning muqaddima qismi «Bu toyifa sulukida muqaddima tamhidi» deb atalib, unda muallif inson, uning yaratilishi, boshqa maxluqlar orasida tutgan o`rni, avliyoullohlarning vazifalari, shayxlarning a’mol, af’ol, muomalot va riyozatlari kabi falsafiy muammolar ustida to`xtaladi va ularga tasavvuf ta’limoti nuqtai nazaridan javob beradi. Navoiy insonni eng sharif maxluq deb ataydi va buning sababini quyidagicha tushuntiradi: «Haq subhonahu va Taolo mahluqotda bani Odamdin sharifroq va biyikrak xalq qilmaydir, neuchunki ma’rifatulloh ganjining amini va mahrami uldur» [50, 15].

Muallif insonning ulug`lik sababini ma’rifat bilan bog`laydi. Uningcha «Kuntu kanzanu maxofiyan fi ahbabtu an a’rafa fi xilqat il-xalq il-a’rof» («Men bir maxfiy xazina edim. Tanilmoqni istab qolib, dunyolarni yaratdim va o`zimni tanitdim») hikmatining mazmuni to`laligicha inson mohiyatiga qaratilgan bo`lib, inson ko`ngli o`sha maxfiy xazinaning maxzani, ya’ni Haq va Haqiqat asrori inson mohiyatida yashirin va Haqqa yetish faqat insongagina xosdir. Ammo inson vujudida bashariyat va moddiyat unsurlari ham mavjud. Ulug` mutafakkir fikricha, ushbu holat taqozosiga ko`ra insonlardan ba’zi bir «nopisand ishlar vujud tutdi». Buning islohi va insoniyatni to`g`ri yo`lga boshlash uchun Haq ba’zi saylangan bandalari boshiga nubuvvat tojini kiydirib, insonlarni hidoyatga da’vat etdi.

Ularning so`nggisi va eng ulug`i Hazrati Muhammad alayhissalom bo`ldilar va u kishidan keyin payg`ambarlik eshiklari yopildi, nubuvvat doirasi bekildi. Shundan so`ng xalqni Haq va haqiqat sari yo`llash, ilohiy ma’rifatga yetishtirish vazifasi ulamo va urafo, mashoyixu avliyolar zimmasiga yuklatildi: «Va ul sohibi davlatlardin (ya’ni payg`ambarlardan ) so`ngra bu ummatning mashoyixi va

avliyoullohi... bu irshodga ishtig`ol ko`rguzdilar. Va va’da budurkim, olam inqirozig`achakim, bu millatu shariat siroti mustaqim bo`lg`usidur, bu toifakim valoyat va karomat, ahlidurlar va xaloyiqqa irshodu ihdo qilurlar, muborak zotlarining barakoti bu millat ahli boshidin kam bo`lmag`ay» [50, 14].

Avliyo va mashoyixlarning vazifalari haqida o`z fikrlarini bildirgandan so`ng muallif ularning; a’mol (ishlari), af’ol (fe’llari), muomalot (yashash tarzi) va riyozat (iroda va ruhlarini chiniqtirish)lari bayoniga o`tadi va tasavvuf ahlining tavba, halol luqma talabi, shariat rioyati, namoz, zakot, ro`za, haj, yetuk axloq, hilm (yumshoq fe’llilik), rizo, sabr, sidq (to`g`ri so`zlik), riyozat kabi o`n to`rt sifat va xislatlarini sharhlaydi.

Yuqorida, xalqni Haq va haqiqat sari yo`llash, ilohiy ma’rifatga yetishtirish vazifasi ulamo va urafo, mashoyix-u avliyolar zimmasiga yuklatilganligini esladik. Tasavvufda ular so`fiylar deb ataladi.

Xo`sh, so`fiylar kimlar? Husni mutlaq oshiqlari, ilmu irfon va idrok sohiblari – so`fiylar va ularning maslakdoshlari azaliy va abadiy mantiqni istifoda qiluvchilardir.

So`fiylar o`z qarashlari bilan zohidlardan farq qilganlar, aytish mumkinki, ularga nisbatan ustunlikka ega bo`lganlar. Tasavvuf ahli nazdida zohidlar o`z nafslarini butunlay yengolmagan zotlar bo`lib, ular jannat umidida ibodat qiladilar. Ulardagi mana shu jihatning o`ziyoq nafs uyg`oqligdan dalolat beradi, deb o`ylaydilar.

So`fiylarning maqsadi bitta – Haqning jamoliga musharraf bo`lmoq, ruhan ana shu mohiyatga qaytmoq. So`fiylar ruhiyatidagi g`alayon – ISHQ ularni shunga undaydi.

Haqqa muqarrab (yaqin) bo`lgan bunday solih insonlar - so`fiylar orif, oshiq, komil, sidq ahli, faqr ahli, fano ahli, vasl (visol ahli, ahli dil, ahli tahqiq, ahli ishq, ahli dard, ahli nazar, ahl niyoz, piri ishq, ishq, ishq arbobi, ma’no ahli, safo ahl, vafo ahli, ahli roz, rizo ahli, ahli ma’rifat, ahli haqiqat, ahli irfon, ahli karam, ahli tab’, ahli dabr, himmat ahli, shavq ahli, ahli saloh, sohibasror, sohibkamol,
sohibnazar, sohibkaram kabi nom va sifatlar bilan ulug`laganlar.

Alisher Navoiy «Nafahot ul-uns» asarida tasavvuf tarixida nom qoldirgan ana shunday shayx va ulamolar, tariqatlar haqida ma’lumotlarni turkiy xalqlarga yetkazishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.

Bizga ma’lumki, tasavvuf ta’limoti turli tariqat va silsilalarni vujudga keltirgan. Sharqshunos H. Karomatov Hujviriyning «Kashf ul-mahjub» asariga tayanib aniqlashiga ko`ra, XI asrdayoq tasavvufning o`n ikki asosiy oqimi shakllanib ulgurgan edi. Ulardan o`ntasi — muhosibiya, qassoriya, tayfuriya, junaydiya, nuriya, sahliya, hakimiya, xarroziya, xafifiya va sayyoriya ahli sunna val jamoa aqoidi va shariat qonun-qoidalariga to`g`ri keladi, deb tan olingan, qolgan ikkitasi - hululiya va hallojiya esa rad etilgan. «Nasoyim ul-muhabbat»da ushbu tariqatlar va ularning vakillari to`g`risida ma’lumotlar berilgan. Masalan, muallif Abul Abbos as-Sayyoriy (vaf. 342/954) zikrida yozadi: «Abul Abbos as-Sayyoriy Abu Bakr Vositiy suhbatig`a etdi va ul daraja hosil qildikim, ani bir sinf tasavvuf ahlining imomi derlarki, alar Sayyoriyag`a mashhurdirlar» [50, 102].

Aytish lozimki, Jomiy va Navoiy Mansur Halloj ta’limotini mohiyat e’tibori bilan qabul qilganlar, ammo uni taqdim etish yo`li va ifoda shakli nuqtayi nazaridan tanqid etganlar. Buni quyidagi misoldan ham bilish mumkin. Navoiy Mansur Halloj zikrida yozadi: «Ul bir kun Junaydning eshigini qoqdi. Junayd so`rdiki, kim sen? Dedikim, Haq. Junayd dedikim, Haq emassen, ammo Haq bilasen» [50, 106].

Tasavvuf tariqati davomida tasavvufning Markaziy Osiyo an’anasi bilan bog`liq ravishda, asosan kubraviya, yassaviya, xojagoniya-naqshbandiya, chishtiya va bektoshiya tariqatlari maydonga kelganligi kuzatiladi. Tasavvuf tarixidan ma’lumki, ulardan uchtasi Movarounnahr va Turkistonda, chishtiya - Hindistonda, bektoshiya esa Turkiyada rivojlanganligi ma’lum. «Nasoyim ul – muhabbat»da ushbu tariqatlar va ularning namoyandalari haqida ham asosli ma’lumotlar berilgan bo`lib, ular mintaqa tasavvuf tariqatlarini tekshirishda muhim ahamiyatga egadir. Navoiy shayxlar zikrini ma’lum tartib asosiga quradi. Bu tartibni, asosan quyidagicha belgilash mumkin:


  1. Shayx nomi, kuniyati, so`fiylar orasidagi laqabi haqida xabar berish;

  2. Shayxning tug`ilgan va vafot etgan yili, joyi, qabri haqida ma’lumot berish;

  3. Tasavvufga kirib kelishiga turtki bo`lgan sabab;

  4. Tasavvufdagi nisbasining kimga yetib borishi, kimning shogirdi ekanligi, kimlarni ko`rib suhbatiga yetganligi, so`fiylarning qaysi tabaqasiga mansubligi haqida xabar berish;

  5. Tasavvufiy, falsafiy, axloqiy mazmundagi fikrlaridan namunalar berish.

Alisher Navoiy so`fiylar, shayxlar hasbu holi haqida ma’lumot berar ekan, ba’zi muhim istilohlarning qachondan boshlab qo`llanganligi masalasiga ham e’tibor beradi. Masalan, U Abu Hoshim as-Sufiyni zikr etarkan «Avval kishikim «so`fiy» dedilar, ul erdi» [50, 28], deb yozadi va «so`fiy» istilohining taomilga kirishi aynan shu shaxs bilan bog`liq ekanligini aytadi. Yana ushbu shayx zikri bilan bog`liq holda birinchi so`fiylar xonaqohi Shom (Suriya)ning Ramla shahrida bino qilinganligini shunday bayon qiladi: “Avval xonaqohkim, so`fiylar uchun bino qildilar, Shomning Ramlasida erdi” [50, 28].

«So`fiy», «xonaqoh» kabi istilohlar ifodalagan tushunchalar tasavvufning muhim tushunchalari ekanligini, ularning birinchi marta qachon va kim tomonidan iste’molga kiritilganligi masalasi hal qiluvchi ahamiyatga egaligini hisobga olsak, Navoiyning bu masalalarga maxsus to`xtalishi uning tasavvuf tarixini mukammal yoritishga intilganligidan dalolat beradi.

Adabiyotlarda «tabaqa» istilohining 20 yillik sana ma’nosini anglatishi aytiladi. «Tabaqa» istilohini so`fiylar guruhlari ma’nosida ilk bor Abdurahmon Sulamiy (vaf. 412/1021) o`zining «Tabaqot us-sufiya» asarida qo`llagan. Ushbu asarda so`fiylar besh tabaqaga ajratilgan bo‘lib, muallif har tabaqada 20 tadan shayxning tarjimai holi va ta’limoti haqidagi ma’lumotlarni to`plagan. Abdurahmon Jomiy «Nafahot ul-uns»ning kirish qismida o`zining Sulamiy tasnifi asosida ish ko`rganligini aytadi. Ushbu besh tabaqadan keyingi so‘fiylar «mashoyixi mutaaxxirin» («keyingi davr shayxlari») deb atalgan. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat»da ushbu terminlarni Sulamiy va Jomiy asarlaridagi kabi ma’nolarda qo`llaydi. [34, 168].

Navoiy tasavvuf ta’limoti tarixini bayon qilar ekan, uning qaysi shaxslar tomonidan yaxlit ta’limot holiga keltirilganligi masalasiga ham e’tibor beradi. Shu ma’noda uning quyidagi mulohazalari g`oyat ahamiyatlidir: «Avval kishikim, ishoratni iboratqa kelturdi va bu tariqdin so`z aytti (Zunnun Misriy) erdi. Yana bir tabaqada Junayd quddisa sirruhu paydo bo`ldi, bu ilmga tartib berib, bast qilib, kutub bitidi. Chun Shibliy quddisa sirruhu, oraga kirdi, bu ilmni minbar ustiga aytib, oshkor qildi. Junayd so`zidurkim, biz bu asrorni yoshurun uylarda va sardobalarda mahramlarga aytur erduk, Shibliy minbar ustiga aytib, elga oshkor qildi» [ 50,48].

Navoiy tasavvufning yaxlit ta’limot sifatidagi ibtidosini Zunnun Misriy (vafoti 245/860), Junayd Bag`dodiy (vafoti 298/910) va shayx Shibliy (vafoti 334/945)lar nomi bilan bog`laydi. Bunda Zunnun Misriy tasavvufni «ishorat» - belgi va ramzlardan «iborat» - istiloh va tushunchalarga aylantirgan shaxs, Junayd Bag`dodiy istiloh va tushunchalarni yig`ib, sharhlab kitob yozib, tasavvufni yaxlit ta’limotga aylantirgan kishi, Shibliy esa ushbu ta’limotni xalq orasida ilk bor oshkora targ`ib va tashviq etgan shayx sifatida ko`rsatiladi.

Navoiy muayyan shayxning tasavvufiy qarashlarini, hasbu holiga oid ma’lumotlarini bayon qilishdan oldin uning qaysi tabaqaga mansubligini aytadi va «tabaqa» so`zini birinchi marta Zunnun Misriyga nisbatan qo‘llaydi: «Zunnun Misriy... Avvalki tabaqadindur... Va shayx ul-islom (Xoja Abdulloh Ansoriy) debdurki, Zunnun ul kishi emas erdi-ki ani karomat bilan sitoyish qilg`aylar va maqomat bila oroyish bergaylarkim, moqomu hol aning ilgida sukra erdi va darmonda. Vaqtning imomi va ro‘zgorning yagonasi va bu toifaning boshidur va barchaning nisbati va izofati angadur» [50, 29].

Bundan tashqari, Alisher Navoiy muayyan shayxning tasavvufga kirib kelish tarixiga alohida ahamiyat beradi. So`fiylik yo`liga qadam qo`yishiga turtki bo`lgan, voqea-hodisani - «tavbasining sababi» deb ataydi. Jumladan, mashhur so`fiy shoir, tasavvufiy mazmundagi o`nlab asarlar muallifi Farididdin Attorning tasavvufga kirib kedish tarixini quyidagicha yozadi: «Debdurlarki, alar andoqki otlari mashhurdur, Attor ekandurlar. Tavbalariga sabab bu bo`lg`ondurki, bir kun attorlig` do`konida muomalaga mashg`ul va mash’uf ermishlar. Darvesh do`kon eshikiga yetar va necha qatla «Shayalloh» der. Anga parvo qilmaslar. Ul darvesh derki, Ey Xoja ne nav’ o`lg`ungdur? Alar debdurlarki, andoqki sen o`lg`ungdur. Darvesh debdurki, sen mendek o`la olmassen. Alar debdurlarki, nechuk? Darvesh debdurki, mundoq. Va yag`och oyog`i (idishni) bosh ostida qo`yubdur va «Alloh» debdur va jonni Haqqa taslim qilibdur. Alarning holi mutag`ayyir bo`lubdur va do`kon va anda har ne bor ekandur, barham urub, bu tariqqa (tasavvufga) kiribdurlar» [50, 459]. Alisher Navoiy Shayx Farididdin Attor haqida ma’lumot berar ekan uning “Asrornoma” va “Tazkirat ul-avliyo” asarlarining nomini ham tilga oladi. Farididdin Attor hasbu holi bilan bog`liq yana bir muhim ma’lumotni keltiradi: “Debdurlarki, Mavlono Jaloliddin Rumiy Balxdin Makkaga borurda Nishopurda alar (ya’ni- Farididdin Attor) suhbatig`a yetibdur va Shayx kibari sinda ermishlar. “Asrornoma” kitobini Mavlonog`a berubdurlar va Mavlono doim ul kitobni o`zidin ayirmay, o`zi bilan asrar emish...” [50, 460]. Ko`rinadiki, Farididdin Attorning mazkur asari tasavvuf ulamolari tomonidan juda qadrlangan va e’zozlangan.

Abdulloh Muborakning «tavbasining sababi» haqida shunday ma’lumotlarni keltiradi: “Aning tavbasining ibtidosi bu erdiki, bir kanizak ishqida giriftor bo`ldi. Bir qish kechasi tong otquncha ma’shuq devori tubida turub erdi va ustig`a qor yog`adur erdi va ul xabarsiz. Sahar namozin ayturda ul xuftan sog`indi. Kuduz bo`lg`ondin so`ngra ul holg`a voqif bo`ldi, o`ziga dediki, ey Muborakning nomuborak o`g`li, uyot sanga bu avqotingdinki, agar imom namozda bir surani uzunroq qiroat qilsa, toriqib, telbararsen va muningdek kecha nafasing havosig`a tong otquncha mundoq azob tortasanki, suhbatidin xabaring yo`qdur. Ko`ngli bu darddin buzuldi va bori ishdin tavba qildi va sulukka mashg`ul bo`ldi” [50, 27].

Alisher Navoiy Suhravardiya tariqatining XV asrdagi eng yirik vakili Shayx Zayniddin Abu Bakr al-Xavofiy (vaf. 838/1435) haqida ma’lumot berarkan, “ul zotning o`z zamonida Xuroson mulkining shayx ul-mashoyixi, zohiriy va botiniy ilmlar egasi va tariqatda Shayx Nuriddin Abdurahmon Misriyning muridi” ekanligini ta’kidlaydi.

Alisher Navoiy asarda Zayniddin Xavofiy haqida malumot berar ekan, uning Ibn Arabiy ta’limoti va asarlariga katta qiziqish bilan qaraganligini ta’kidlaydi. Navoiyning yozishicha, u: «Fusus» mutolaasi va darsig`a qiyom ko`rguzur erdi» [50, 34]. Ushbu tariqat vakillari jahriy, ya’ni ovoz chiqarib Haqni zikr qilishni targ`ib etar edilar. Shu sababli ham Shayx Zayniddin Xavofiyning muridi Xoja Shamsiddin Muhammad al-Kusaviy al-Jomiy (vaf. 863/1459): «Shom va subh avrodini Hazrati Shayx Zayniddin (quddisa sirruhu) tariqi bila jahr ayturlar erdi» [50, 34]. Bu shayx ham o`z murshidi singari: «Shayx Muhyiddin Arabiy (quddisa sirruhu) musannafotidin ko`p o`qur erdilar va mu’taqid erdilar». Bu bilan ham cheklanmasdan, Xoja Shamsiddin Kusaviy islomning g`oyat nozik masalalaridan bo`lgan «... tavhid masalasin alarg`a (ya’ni, Ibn Arabiyga) muvofiq taqrir qilurlar ermish. Va ani minbar ustida, ulamo qoshida andoq bayon qilurlar ermishki, hech kimga e’tiroz va inkor majoli bo`lmas ermish» [50, 34]. Ibn al-Arabiy tavhidni vahdat ul-vujud asosida talqin etgan. Unga ko`ra, Yaratuvchi (Alloh) va yaratilmish (borliq, mavjudot) o`rtasida vujudiy birlik (vahdat) mavjuddir, binobarin, dunyo va yaratilgan barcha olamlar yaratuvchining tajalliy va zuhuridan iboratdir. Bunday qarash ko`p hollarda shariat ulamolarining qarshiligiga uchragan. Shunday vaziyatda Shayx Shamsiddin Kusaviy Jomiy vahdat ul-vujud va Ibn Arabiy ta’limotini minbar ustida xalqqa yetkazishning uddasidan chiqa olgan, bu bilan esa ushbu g`oyalarning jamiyatda qaror topishiga hissa qo`shgan. Keyinchalik mumtoz adabiyotdagi majoz orqali haqiqatni, maxluq orqali xoliqni tarannum etish an’anasi rivojida vahdat ul-vujud ta’limotining falsafiy asos bo`layotganligini ko`rishimiz mumkin.

Ma’rifat va uning tasavvufiy talqini ham «Nasoyim ul-muhabbat»dan keng o`rin olgan. Mansur Xallojdan o`g`li vasiyat talab etganda shayx unga qarab «... sen bir nimaga ko`shish (harakat, jiddu jahd) qilkim, zarrai andin saqalayn (ikki dunyo) ilmidin ulug`roq va yaxshiroq bo`lg`ay. So`radimki, ul nedur? Dedikim – ma’rifat» (50, 106).

Alisher Navoiy tasavvufiy dunyoqarashining ahamiyati shundan iboratki, ya’ni ulug` mutafakkir biror muayyan tariqat bilan cheklanib qolmay, o`zigacha bo`lgan tasavvuf ta’limotining barcha ilg`or tomonlarini o`zlashtirishga harakat qilgan. Biroq, naqshbandiyani Haq va haqiqatni anglashda boshqa tariqatlardan mukammalroq deb biladi. Bu fikrni muallif so`zda emas, misollar orqali ifodalaydi. «Nasoyim ul-muhabbat»ning bir necha o`rinlarida oldin suhravardiyani qabul qilib, so`ngra naqshbandiylik yo`liga o`tgan kishilar haqida hikoya qilinadi. Masalan, Navoiy Mavlono Tojiddin Ahmad Shijaniyning nega naqshbandiya tarafdori bo`lganligini bayon etib yozadi: «Alar, Mavlono Sa’duddin Koshg‘ariy (qaddasal-lohu sirruhu)ning murididurlar. Avval Shayx Zayniddin Xavofiy (rahmahullohu) silsilasida suluk qilur ermishlar. Alarg‘a jahr zikridin dag`dag`a yuzlanibdur, Boxarzdin shahr ( Hirot) sari yuzlanibdurlar. Shahrga yetkandin so`ngra, mashoyix tabaqotida suluk qilur murshidlardin tafahhusg`a mashg`ul bo`lubdurlar. Hazrati Mavlono Sa’diddin Koshg‘ariyni debdurlarki, xojalar sisilasidaki, «Silsilat uz-zahob» iborat andindur, toliblarg`a talqin-u irshod sajjodasidadurlar. Alarning maskanini so`rab, Masjidi Jome’ mahallasig`a borurlar. Alarning uylarin topib, bir lahza eshiklarida o`lturg`andin so`ngra alar chiqarlar va ba’zi as’hob bila uylari eshikida o`ltururlar. Mavlonog`a ham iltifot qilib, so`rub o`ltururlar. So`z asnosida Mavlono sari boqib derlarki.: «Bu shahr podshohin-ki, Bobur derlar, podshohi zohirdur, mulozimlaridin biriki, anga ko`p ixlosi bo`lg`ay, har saboh aning sori boqib, otin gustohona tutub «Bobur... Bobur...» deb ko`p mazkur qilsa, oyo anga xush kelgaymu?» - deb savol qilurlar. Mavlononing ko`nglidagi dag`dag`asi raf’ bo`lur va alarning silsilasida murid bo`lub, sulukka mashg`ul bo`lurlar» [50, 443]. Matn parchasidan ma’lum bo`ladiki, ushbu misol orqali Qoshg`ariy Shijaniyga jahriy zikrdan xafiy zikr, binobarin, suhravardiya tariqatidan naqshbandiya tariqati ustunligini ko‘rsatib bergan. Shuningdek, parchadan Navoiyning jahriy va xafiy zikrga, suhravardiya va naqshbandiya tariqatlariga munosabati oydinlashadi.

Buning aksi, ya’ni naqshbandiya yo`liga kirgan kishi keyinchalik boshqa tariqatni qabul qila olmasligi quyidagi misolda o`z aksini topgan. «Nasoyim ul - muhabbatda»da aytilishicha, Mavlono Sa’diddin Koshg`ariy turli vahimali tushlar ko`radi va piri Nizomiddin Xomushdan ularning ta’birini so`raydi. Shayx Nizomiddin Koshg`ariyni Zayniddin Xavofiy oldiga yuboradi. Sa’diddin Qoshg`ariy hikoya qilishicha: «... chun Shayx (Zayniddin) xizmatig`a yetishtim va ul voqi’a (tush) larni arz qildim, dedilarki, bizning bila bay’at qil va bizning irodatimiz qaydig`a kir (ya’ni, mening qo`limda tavba qilib, suhravardiyani qabul qil ). Men dedimki, aziziy-ki, men bu tariqatni andin qabul qilibmen, hanuz hayot qaydidadur (ya’ni, menga naqshbandiyani o`rgangan murshidim Shayx Nizomuddin Xomush hali tirik). Siz yemin va murshidsiz, agar bilursizki, bu toifa tariqida bu joizdur andoq qilay. Shayx dediki, istixora qil! Men dedimki, mening o`z istixoramg`a e’timodim yo`qtur, siz istixora qiling! Shayx dedikim, ham biz istixora qiloli, ham sen istixora qil! Chun kecha istixora qildim, ko`rdimki, xojalar tabaqasi Hiriy ziyoratgohigaki, ul vaqt Shayx (Zayniddin) anda ermishlar, kiribdurlar, daraxtlarni ko`ngaradurlar va tomlarni yiqadurlar va qahru g`azab osori alarg`a zohirdur. Bildimki, ishorat ul ish (ya’ni, naqshbandiyadan chiqib, suhravardiya tariqatini qabul qilish) man’ig`adur. Xotirim jam’ bo`ldi va osudalig` bila oyog`imni uzatib uyqug`a bordim. Chun tonglasi Shayx majlisig`a keldim, andin burunki, men voqi’amni arz qilg`aymen, Shayx dediki, tariq birdur va barcha birga-o`q qayturlar. Ham ul o`z tariqing bila ishga mashg`ul bo`l! Agar voqea yo mushkule ollingg`a kelsa, bizga aytqil, qila olg`ancha madad qilali!» (50, 277). Bu misollar Navoiyning naqshbandiya tariqatini Haqqa olib boruvchi eng to`g`ri yo`l, deb bilganligini ko`rsatadi.

«Nasoyim ul-muhabbat»dan XV asr naqshbandiya tariqati vakillarining ham Shayx Muhiddin Arabiy asarlariga katta ahamiyat berganligi ma’lum bo`ladi. Navoiy Xoja Muhammad Porsoning o`g`li Abu Nasr Muhammad al-Buxoriy (vaf. 875/1470) ni zikr etarkan, yozadi: «Bir kun alarning majlisida Shayx Muhyiddin al-Arabiy (qadasallohu ta’ala sirruhu) zikri va aning musannafoti o`tar erdi. Buzurgvor otalaridin naql qiladilarki, «Fusus» jondur va «Futuhot» ko`ngul. Va dag`i der erdilarki, har kim «Fusus» yaxshi bilsa, anga Hazrati Risolat (SAV) mutoba’atining doiyasi qaviy bo`lur. Va alardin bu so`z noqili Hazrati Maxdumiy (nuvvira marqadahu nuran) dur» [50, 271].

Alisher Navoiy XV asrda yashagan Xuroson va Movarounnahrdagi ko`plab shayx va tasavvuf ahlini shaxsan tanigan, ular bilan muloqotda bo`lib, pand-nasihat va ta’limidan bahramand bo`lgan. «Nasoyim ul-muhabbat»da zikr etilgan shunday shayxlar sirasida Mavlono Muhammad Tabodgoniy, Xoja Ahror, Mavlono Qosim, Abdulaziz Jomiy, Mavlono Abulxayr, Mavlono Sa’duddin, Mavlono Muhammad Amin, Xoja Avhad Mustavfiy, Xoja Muayyad Mehna, Pir Ahmad Naqqosh, Shayx Yahyo, Bobo Piriy, Bobo Shihob, Bobo Sarig` Po`lod, Mavlono Sharafiddin Yazdiy, Mavlono Humomiddin Kalobodiy kabilarni sanash mumkin. Ularning deyarli hammasi Navoiyni duoyi xayr bilan musharraf qilganlar, ba’zilari uni juda yaqin tutib unga farzand sifatida qaraganlar (Sayyid Hasan Ardasher, Xoja Muayyad Mehna, Fazlulloh Abullaysiy), ba’zilari bilan xat yozishib turgan (Xoja Ahror, Mavlono Qosim), ba’zilari bilan esa yaqin ulfatchilik aloqalarida bo`lgan (Bobo Shihob, Bobo Sarig` Po`lod).

Jumladan, Navoiy shaxsan tanigan, uchrashgan so`fiylardan Bobo Piriy zikrida o`zi bilan bog`liq bir voqeani hikoya qiladi: uning maskani katta yo`l bo`yida bo`lib, u o`tgan kishilarni yomon so`zlar bilan so`kar ekan.

Shuning uchun Navoiy uning oldidan o`tmas, o`sha yerga yetganda burilib, boshqa yo`lga ketar ekan. Bir kun bir o`rtog`i undan buning sababini so`rabdi. Navoiy unga «Bobo Piriy o`tgan kishilarni yomon so`zlar bilan so`kadi. Bu menga yoqmaydi»,- deb javob beribdi. Shunda haligi o`rtog`i Boboning karomati bor, deydilar. Bir marta oldidan o`t. Agar karomati borligi rost bo`lsa, seni so`kmaydi, deydi. Shunday qilib, Navoiy Bobo Piriy oldidan o`tadi. O`tgan kishilarni so`kib o`tirgan Bobo Navoiyni so`kmaydi,aksincha, duo qiladi [50, 450].

Alisher Navoiy tariqat pirlarining hasbu holi to`g`risidagi ma’lumotlarni keltirishda lo`ndalik, siqiqlik, oz so`z bilan ko`p ma’no ifodalashga harakat qiladi. Buni Abu Nasr Porso haqidagi hikoyatda ham ko`rish mumkin: “Shayxning bir yaxshi oti bor ekan. Bu otga Balx viloyati hokimining ishqi tushib qoladi, lekin Shayxdan uni so`ray olmaydi. Kunlarning birida ko`histonlik ikki o`g`ri otni o`g`irlab ketishadi. Bu voqea hokimga yetib borgach, u barcha yo`llarga kishilar yuborib, o`g`rilarni tutishni buyuradi. O`g`rilar qo`lga tushgandan so`ng, ularni ham, otni ham Shayx huzuriga keltirishadi. Qo`llari bog`langan o`g`rilarni u o`tirgan uyga olib kirishganda Shayx o`rnidan turadi va ta’zim bilan kutib oladi. Ularni o`tirishga taklif qilib, qo`llarini yechib qo`yishni buyuradi. So`ngra qayerlik ekanliklarini so`raydi. O`g`rilar «ko`histonlikmiz» deb javob beradilar. «Shu topda yurtingizga ketayotgan edingizmi?» - deb so`raydi Shayx. O`g`rilar tasdiq javobini bergandan keyin ularning ulovlari bor-yo`qligini surishtiradi. Yayov ekanliklarini bilgach, otni ularga berib, mendan ko`ra sizlarga zarurroq ekan, olib ketaveringlar, deydi.

Hikoyatda Navoiy oz so`z bilan ko`p ma’no ifodalash, ayniqsa, yaqqol namoyon bo`ladi. Masalan, Navoiy Shayxning otini ta’riflab, so`zni cho`zib o`tirmaydi. «Xojaning bir yaxshi oti bor ermish va hokimning xotiri ul ot sari moyil ermish», degan jumla bilan kifoyalanadi.

Navoiy har bir tasavvuf arbobi xaqida ma’lumot berar ekan, ma’lumotning lo`nda, muxtasar bo`lishiga intiladi. Shu sababli zikr etilayotgan shaxsga tegishli bo`lsa-da, so`zning cho`zilishiga yoki mavzudan uzoqlashishga sabab bo`luvchi ma’lumotlardan saqlanadi. Buni ko`pgina shayxlarning zikrlari so`ngida :bitilgan so`zlar tasdiqlashi mumkin. Masalan, Ibrohim Adham zikrini Navoiy bunday yakunlaydi: «Ibrohim Adhamning holoti bag`oyat ko`ptur. Bir kitob bitsa bo`lur. Ammo bu muxtasarda shuncha zikri bila iktifo qilildi» [50, 39]. Abdurahmon Jomiy zikrida ham uning asarlari haqida ma’lumot berib, ularning ro`yxatini keltirish bilan cheklanadi: «... va alarning ma’oniy va nukoti andin mashhurroqdurki, biror nima sabt kilmoqqa xojat bo`lg`ay. Ul sababdin ixtisor qilildi» [50, 481].

«Nasoyim ul-muhabbat»da tasavvuf adabiyoti namoyandalariga ham katta o`rin berilgan. Alisher Navoiy ularni «ko`proq shoirliq bila nash’u namo topib, biroq abyot va ash’ori tasavvuf ahli choshnisidin xabardor va bu toifaning mashrabi bila muvofiq zotlar» deya belgilaydi va shunday shoirlar sirasidan Avhadiddin Kirmoniy, Sayyid Qosim Tabriziy, Hakim Sanoiy, Fariduddin Attor, Sa’diy Sheroziy, Shayx Faxriddin Iroqiy, Amir Husayniy, Mahmud Shabustariy, Shayx Avhadiddin, Afzaliddin Xoqoniy, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Kamol Xo`jandiy, Muhammad Shirin Mag`ribiy, Nosir Xusrav, Shayx Ozariy, Mavlono Lutfiy, Mavlono Muqimiy, Mavlono Ashraf, Sayyid Nasimiy, Imodiddin Faqih, Hofiz Sheroziy va Abdurahmon Jomiylarni sanab o`tadi.

Navoiy tasavvuf adabiyoti vakillarini zikr etarkan, ushbu adabiyotning ba’zi nazariy muammolarini ham qalamga oladi. Shulardan biri tasavvuf adabiyotining uslubi bilan aloqador bo`lgan majoziy va ilohiy ishq, majoz orqali haqiqatni kuylash masalasidir. Muallif Avhadiddin Kirmoniy borasida yozadi: «Ul haqiqat shuhudida mazohir suratig`a tavassul qilur ekandur va mutlaq jamolin muqoyadot suvarida mushohada qilur ermish. Andoqki, Shayx Shamsiddin Tabriziy - quddisa sirruhu – andin so`rubdurki ne ishdasen? Debdurki oy aksin suvluq tostda ko`radurmen» [50, 454]. Shuningdek, Hofiz Sheroziy ijodiga baho berish asnosida Navoiy majoz va haqiqat masalasini yanada ochiqroq bayon etadi va tasavvuf adabiyotining qator muammolarini qalamga oladi: U yozadi: «Shamsiddin Muhammad al-Hofiz ash-Sheroziy (qaddasallohu sirruhu). Alar lison ul-g`ayb va tarjimon ul-asrordurlar. Base asrori g`aybiya va ma’oniyi haqiqiyaki, surat kisvatida va majoz libosida ado qilibdurlar, agarchi ma’lum emaski, alar irodat iligi bir pirga bermish bo`lg`aylar va tasavvuf tariqida bu toifadin biriga nisbat durust qilmish bo`lg`aylar, ammo so`zlari andoq bu toifaning mashrabi bila muvofiq voqe’ bo`lupturki, hech kishiga andoq ittifoq tushmaydur. Dag`i alfoz latiflig`i va tarkib pokizalig`i va ravonlig`i va ado salosati va latofati va ma’no g`ariblig`i choshnisida xud alarni ta’rif qilmoq hayot suvin jonbaxshliqqa ta’rif qilg`andek bo`lg`ay. Xojalar (qaddasallohu asrorahum) silsilasidin azizi depdurki, hech devon Hofiz devonidin yaxshiroq emas, agar kishi so`fiy bo`lsa. Bu faqirg`a andoq ma’lum bo`lubdur va mashhur mundoqdurki, Hazrati Mir Qosim (quddisa sirruhu) alarning devonini «Qur’oni forsiy» der ermishlarki, Kalomulloh oyoti ma’oniysidin mamlu va asror nukotidin mashhurdur» [50, 479].

Ma’lum bo`ladiki, garchand Hofiz tasavvuf tariqatlarining birortasi bilan uzviy aloqada bo`lmagan esa-da, uning she’rlari va so`fiylar qarashlari o`rtasida katta o`xshashlik, ko`p hollarda esa aynan bir xillik mavjuddir. Naqshbandiya tariqati vakillari nazdida so`fiy kishi uchun Hofiz devonidan yaxshiroq devon yo`q, Xoja Ahrorning xalifasi Mir Qosim, hatto Hofiz devonini forsiy Qur’on deb atagan. Shuningdek, Hofiz she’rlari «alfoz latiflig`i» - so`z va iboralarning o`z o`rnida va ma’nosiga muvofiq ishlatilishi, «tarkib pokizalig`i va ravonlig`i» - she’r strukturasining mukammalligi, «ado salosati va latofati» - bayon va ifodaning go`zalligi, «ma’no g`ariblig`i» - she’rda ifodalangan fikrning chuqur va teranligi nuqtayi nazaridan tangsiz va betakrordir. Shu sababli ham Hofiz she’riyati Sharqda eng yuksak badiiy ijodning namunasi sifatida qabul qilingan va Navoiy ham she’riyatda o`zi ergashgan uch kishining biri sifatida Hofizni ko`rsatadi.

Nizomiy Ganjaviy «Xamsa»si mohiyatini «Zohir yuzidin afsona, haqiqat yuzidin haqoyiq kashfi va maorif bayonig`a bahona» deya belgilagan. Navoiy ularni ma’no va struktura, ifoda va bayon nuqtayi nazaridan mo‘jiza darajasiga yetganligini aytadi va buning sababini quyidagicha izohlaydi: «Mashhur mundoqdurki, alar suluk ayyomida qirq arbain (chilla) chiqaribdurlar va to‘rt arbainni bir daraxt ustida chiqaribdurlar. Har oyina bu nav’ riyozatlar tortmag`uncha bu nav’ besh ganjki, alarg`a nasib bo`lubturki, ko`p abyoti alfoz jazolati va ma’novu tarkib salosatidin desa bo`lurki, e’joz sarhadig`a yetibdur, kishining iligiga kirmak imkoni emas» [50, 471]. Muallif riyozatni mo‘jizakor kalom egasi bo`lishning asosi deya ko`rsatadi.

Alisher Navoiy yana bir taririqat piri - Muallif Shayx Sadriddin Ravvosiyni zikr etarkan yozadi: «Zohir ulumida Xoja Fazlulloh Abullaysiy (rahimuhulloh) kim, Samarqand dorul-ilmining a’lami ulamosi erdi, zuhdu taqvoda naziri yo`q erdi va fiqhda Abu Hanifayi soniy derlar erdikim, bu haqir ham alar shogirdlig`i sharafig`a musharraf bo`lubmen, alarning shogirdi erdi» [50, 442]. Ma’lumotdan Alisher Navoiyning musulmon huquqshunosligi - fiqh borasida ustozi Xoja Fazlulloh Abullaysiy ekanligi va Samarqandda tahsil olgan Shayx Ravvosiy ham u kishidan ta’lim olganligi ayon bo`ladi. Alisher Navvoiy Abullaysiyning o`ziga ustozlik qilgani haqida «Majolis un-nafois»da ham xabar beradi [47, 33].

Alisher Navoiy har bir shayx ta’rifida uning hayoti yoxud ijodi uchun ustivor bo`lgan muayyan jihatga alohida urg`u beradi, ibratomuz fazilatlarni yuksak qadrlaydi. Jumladan, tasavvuf ta’limotining peshvolaridan bo`lmish Abdulloh Muborakni “Ulamoning shahanshohi, jud (saxovat) va shijoatda zamonasining yagonasi, tariqat as’hobining muhtashami” [50, 27] deya ta’riflaydi. Uning muridlariga nisbatan muruvvatini ko`rsatuvchi bir voqea tafsilotini keltiradi: “Naz’ holatida har ne bor-u yo`qin darveshlarga ulashib erdi. Muridlaridan biri dediki, ey Shayx, uch qizing qoldilar va hech nima qolmadi, alar fikrini ne qilding? Dediki, men alar hadisin debmen: (u solih bandalarga yor bo`lur). Saloh ahli korsozi uldur. Har kimki, aning korsozi ul bo`lsa, yaxshoroqki, Abdulloh muborak bo`lg`ay” [50, 27]. Shuningdek, Xoja Abulvafoyi Xorazmiy haqidagi fikrlari ham diqqatga loyiqdir. “Kibori avliyo vakili” bo`lmish bu ulug` zot xususida ikki o`rinda ma’lumot keltiradi. Asar avalidagi tariqat odobiga bag`ishlangan qismida Xojaga xos odob, halimlik va bag`rikenglik, uning mutolaa paytida boshidagi sallasini tortib olmoqchi bo`lgan o`g`riga nisbatan munosabatida aks etadi. Hikoya asosini hayotiy voqea tashkil etadi:

Mavlono bir joyda sallasini boshidan olib qo`yib, mutolaa qilayotgan paytda bir o`g`ri sallani o`g`irlamoqchi bo`ladi. Xoja paykab qolib, sallaning bir uchidan mahkam ushlab oladi. Surbet o`g`ri dastorni tashlab qochishni xayoliga ham keltirmaydi. Aksincha, sallaning ikkinchi uchidan kuchining boricha torta boshlaydi «Alar o`zlari tarafidan tutubturlar va o`g`ri iztirob birla tortar ermish. Alar der ermishlarki, xey valloh, eski va yirtiqdur. Sizning hech ishingizga yaramas. Bu so`zni muqarrar qilibdurlar. O`g‘rig‘a asar qilmay, tortar ermish» [50, 18].

Hikoyatni o`qir ekanmiz, unda tasvirlanayotgan voqea ko`z oldimizda jonlanadi, sallani iztirob bilan tortayotgan o`g`rini ham, boshqa tarafidan tortayotgan Xojani ham bemalol tasavvur qila olamiz. O`g`rining surbetligini tasvirlashda Navoiy mubolag`adan foydalanadi. Hikoyada badiiy detallarga ham e’tibor berilgan. Masalan, Xojaning sallasi «bag`oyat eski va pora-pora». Muallif bizga Xoja haqida ko`p ma’lumot bermaydi. Lekin hikoyachadagi ana shu kichik detaldan biz xojaning faqir kishi ekanligini anglab olamiz va uning hayot tarzi haqida xulosa chiqaramiz. Muallif so`zlarni ham, badiiy tasvir vositalarini ham tanlab, personajlarga moslab qo`llaydi. Masalan, Xoja haqida «alar o`zlari tarafidin tutubdurlar» deb yozsa, o`g`rining holatini «iztirob bila tortar ermish» deb tasvirlaydi. «Xoja ojiz bo`lg`ondin so`ngra dastorni qo`ya berib, demishlarki, sizga har qancha ayttuk, inonmadingiz, ochqaningizda ko`rgunguzdur. O`g`ri nariroq borgach, ochib ko`rsa, Xoja degondek, bag`oyat eski va pora-pora ko`rub, toshlabtur. Xoja bilibdurki, ko`rgach tashlagusidir, keynicha borib, dastorni olmishlar» [50, 19].

Boshqa bir o`rinda Xojaning fors tilidagi uchta ruboiysi keltirilib, mazmuni tahlil qilinadi va asarlariga shunday baho beriladi: “Andoqki, alarning rasoil va as’horidin, bataxsis, ruboiyotidin bu ma’ni zohirdur va da’vo isbotiga necha ruboiy keltirulur” [50, 299].

Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» asarida tasavvuf tarixida javonmardlik, valilik va ijodkorlik sifatlariga ega bo`lgan Pahlavon Mahmud hasbu holiga oid ma’lumotlarni ham keltiradiki, bu ma’lumotlar Alisher Navoiy asari orqali yozma adabiyotda o`z aksini topdi.

Alisher Navoiy “Polvon pir”, “Polvon ota”, “Pahlavon Mahmud Xorazmiy”, “Piryorvali”, “Puryoyivali” va “Qitoliy” kabi laqablar bilan mashhur bo`lgan shoir va pahlovonning “Pahlavon Mahmud Pakkayor” [50, 300] nomi bilan ham atalishini ma’lum qiladiki, bu hol avliyo shoir mashhurlining yana bir qirrasidir. “Nasoyim ul-muhabbat”da bu haqda shunday ma’lumot keltiriladi: “Xevaqdindur va laqabi mashhur Puryorg‘a ba’zi Pakkayor debdurlar, ammo Xevaqliq kishidin tahqiq va tas’hih qilildi, Pakkaryorg`a qaror topdi, ya’ni barchag`a Pakkayor [50, 300].

Asarda Pahlavon Mahmud ta’rifiga nisbatan keng o`rin ajratilganligi Navoiyning unga e’tiqodi yuksakligidan, ijod va hayoti, xususan, chet ellardagi sarguzashtlaridan voqif ekanligidan dalolat beradi.

Alisher Navoiy dastlab Pahlavon Mahmudga xos jahonpahlavonlik, valilik va ijodkorlik sifatlarini ta’kidlab, bularning har birini isbotlovchi ma’lumotlarni bayon etadi. Jumladan, “kurashchilikda saromad bo`lib, azim shuhrat tutubdur, deya pahlavonlik maqomiga, “yashurun suluk va riyozat ham bor emish, andoqki fayz olamidin ko`ngliga choshni yetgan emish” deya futuvvat fidoyisi va komil inson ekaniga , “ta’bi ham xo`b ermish va nazm aytur emish”, deya shoirlik salohiyatiga ishora qiladi.

Alisher Navoiy talqinida Pahlavon Mahmudning shoirlik iqtidori, xususan, ruboiyotdagi mahoratiga munosabat ko`proq aks etgan. Chunonchi, asarda uchta ruboiy mazmunini sharhlash orqali donishmand shoirga xos fikriy teranlik, zukkolik, ruhiy va badiiy barkamollik fazilatlari ulug`lanadi.

Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat»ning “Erkaklar martabasiga yetgan orif ayollar zikri” deb nomlangan qismida oriflikda kamolotga erishgan so`fiy ayollarning hasbu holiga oid ma’lumotlarni ham keltirib o`tadi. Dastlab Robiyayi Adaviya haqidagi ma’lumotni keltiradi va shunday deydi : ”Sufiyon Savriy Rahmatullohi alayhi andin masoyil so`ror erdi va aning mav’izotu duosig`a rag`bat ko`rguzur erdi.” [50, 482]. O`sha davr nuqtayi nazaridan olganda bu juda katta voqea hisoblanadi. Sufiyon Savriyning bir ojizani ma’rifat va tariqatda o`zidan ustunligini tan olib, uning oldiga maslahatga kelishi Robiyayi Adaviya martabasining darajasini belgilaydi.

«Nasoyim ul-muhabbat»da muallif tasavvuf vakillarini birin-ketin zikr etadi, ularga ta’rif-tavsif beradi, ular haqidagi ma’lumotlar, naql-rivoyatlarni keltiradi. Muallifning uslubini o`qigan, eshitgan yoki ko`rgan narsalarni hikoya qilib berayotgan kishining bayon tarziga o`xshaydi. U sokin, osuda ohang, bir xil maromda hikoya qiladi. U naql etilgan, o`zi mutolaa qilgan narsalarni aytib berayotganligini doimo ta’kidlab turadi. Chunonchi, «manquldirki...»,., «naqldurki...», «andoq naql qilurlar erdiki...», «derlarki...», «depturlarki...» so`zlari eshitilgan voqea, rivoyat, naqllar keltirilganda qo`llanilsa, «bitibdur», «andoq bitiklikdurki», «...kitobidin andoq ma’qul bo`lurki..» kabi so`z va iboralar esa biron manbada o`qigan narsalarini bayon etayotganini ta’kidlashga xizmat qiladi:

«Manquldurki, hazrat xoja Abulvafoyi Xorazmiy.. bir ravzan
yorug`lig`ida o`lturub, mutolaa qilurlar ermish..» [50, 18].

«Naqldurki, Hazrati Risolat olamdin o`tarda as’hob so`rubturlarkim, sizning muraqqa’ kimga havoladur?..» [50, 24].

«Bu faqirning otasining fuqaro ahliga ko`p irodat va ixlosi bor edi. Andoq naql qilurlar erdiki, zamon podshohi hukmi bila bir ish uchun Astrobod viloyatiga borur erdim...» [50, 446].

Ta’kidlash joizki, Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat»da shayxlarning a’mol, af’ol, muomalot va riyozatlari kabi falsafiy muammolar ustida to`xtaladi va ularga tasavvuf ta’limoti nuqtayi nazaridan javob beradi. Bundan tashqari, ko`p olim va shoirlar haqida ma’lumot beradi, ularning asarlarini tilga oladi, bu asarlar haqida o`z fikrlarini bildirib o`tadi. Ayrim hollarda biron olim yoki shoirga tegishli asarlarning ro`yxatini ham keltiradi. Jumladan, Abdurahmon Jomiy zikrida shoir asarlarining to`liq ro`yxati berilgan.Asarning bunday o`rinlari katta ilmiy qimmatga ega.

Xulosa qiladigan bo`lsak, “Nasoyim ul – muhabbat” ning muhim jihati shundaki, asar musulmon xalqlari ma’naviy, ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o`ynagan tasavvuf ta’limoti tarixi, uning vakillari, asosiy oqimlari haqida ma’lumot berishi, ayniqsa, turkiy tilda so`zlashuvchi xalqlarni tasavvuf ta’limotining nozik tomonlari bilan tanishtiradi.

II BOB:


Download 180,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish