Tadqiqodning nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishida Alisher Navoiyning ”Nasoyim ul-muhabbat” asarida tasavvuf tarixida ilg`or g`oyalari bilan iz qoldirgan tariqatlar va ularning vakillari hayotiga oid ma’lumotlarni tahlil qilish, naqshbandiya tariqatining shakllanishida xizmatlari singan pirlar hamda ularga oid ma’lumotlar o`rganiladi. Shu bois, ushbu tadqiqotda erishilgan yutuqlardan amalda keng foydalanish mumkin. Ya’ni, buni o`zbek mumtoz adabiyoti muammolari, jumladan, Alisher Navoiy ijodi bo`yicha ish olib borayotgan mutaxassislar, filologik yo`nalishdagi oliy o`quv yurtlarining o`qituvchi va talabalari uchun zarur deb hisoblaymiz. Oliy, o`rta va o`rta maxsus ta’lim muassasalarida o`zbek adabiyoti tarixidan ma’ruzalar, amaliy mashg`ulotlar va maxsus kurslar o`qitishda, darslik, qo`llanma va dasturlar yaratishda ushbu malakaviy bitiruv ishi mazmuni va natijalaridan amaliy foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |