“Nasoslar va nasos stantsiyalari” fanidan talabalarni mustaqil bajarishlari uchun nazorat to’shiriqlari Nasoslar va nasos stantsiyalari fanidan talabalarni O’zbekiston Res’ublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining 2018 yil «9» avgustdagi № 19-2018-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomini tasdiqlash haqida” gi buyrug’i bilan tasdiqlangan Oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomi asosida baholanadi.
“Nasoslar va nasos stantsiyalari” fanidan talabalar bilimini baholash me’zoni “Nasoslar va nasos stantsiyalari”fanidan talabalarni baholashda, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlariga qatnashishi va unda olgan baholarini inobatga olinadi.
Oraliq nazorati ma’ruza va amaliy mashg’ulotlaridagi mavzularni qamrab oladi. Talabaning nazorat topshiriqlarini topshirish jarayonida to’plagan bali oraliq baholash bali xisoblanadi.
OB=N.T(1,2,3)+A.M+M.T(3tadan)/3 Изоҳ:OB- oraliq baholash; N.T- nazorat topshiriqlari;
A.M- amaliy mashg’ulotlar; MT- mustaqil ta’lim topshiriqlari.
Talaba nazorat, mustaqil va amaliy topshiriqlarini “3”, “4” yoki “5” bahoga o’zlashtigandagina yakuniy nazoratiga kiritiladi.
Yakuniy nazorat o’tkazilgunga qadar to’shirilishi lozim bo’lgan nazorat to’shiriqlari
1. Markazdan qochma nasoslar tuzilishi va ularning ishlashi pritsiplari to’g’risida ma’lumotlar to’plash hamda to’plangan ma’lumotlar asosida taqdimotlar tayyorlash.
2. Kavitatsiya hodisasi va nasoslarning joiz so’rish balandligini aniqlash to’g’risida ma’lumotlar to’plash va to’plangan ma’lumotlar asosida taqdimotlar tayyorlash.
3. Nasos qurilmalarining asosiy ish ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lumotlarni tahlil etish. 4. Nasosning bosimini geodezik balandligi bo’yicha aniqlash mavzusida taqdimot tayyorlash va himoya qilish.
5. Nasos va nasos uzatishi haqida tushuncha mavzusi to’g’risida ma’lumotlar to’plash va uni taqdimot ko’rinishida taqdim etish.
6.O’qiy va diogonal nasoslar. Markazdan qochma o’zi so’ruvchi nasoslar, ularning ishlatilish o’rni, bu markadagi nasoslardan foydalanish maqsadlari to’g’risida ma’lumotlatni tahlil etish va to’langan ma’lumotlar asosida stendlar tayyorlash.
7. Nasoslarni tezkorlik koeffitsenti va ularni ishlashi davomida uchraydigan kavitatsiya hodisasi to’g’risida ma’lumotlar to’plash va taqdimot asosida tushuntirish.
8.Vertikal markazdan qochma nasoslar. Ko’p pog’onali skvajinali nasoslar to’g’risida stendlar tayyorlash