26–masala. Ikkita turli xil markazdan qochma nasos – 6K–160/30,b hamda 4K–90/30 nasoslari, parallel ishlab, suvni quduqdan suv minorasiga uzatadilar. Nasoslar bir nasos stansiyasida bir–birining yonida joylashgan. O‘tkazish quvurlari tizimi tavsifi Ntr = Ng + StrQ2 tenglamasi bilan ifodalanib, unda Ng = 12 m, o‘tkazish quvurlari gidravlik qarshiligi raqamli ifodasi Str = 1130 bo‘lib, Q sarfi uchun m3/s da ifodalangan. Burilish (ajralish) joylaridagi oqim kuchi kichikligi tufayli ularni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Nasoslar tavsifi 36–rasmda ko‘rsatilgan.
–rasm. 1) 6K–160/30,b; 2) 4K–90/30 markazdan qochma nasoslarining tavsifi
Nasoslarning umumiy sarfi Q1+2 va erishiladigan oqim kuchi N1+2, shuningdek har bir nasosning ular birgalikdagi ishlagandagi q, H, ηn va Nn parametrlarini aniqlash talab etiladi.
Javob. Q1+2 = 84,8 l/s; N1 = 20,1 m. Har bir nasos birga ishlaganda quyidagi parametrlarga ega:
Q1 = 57,9 l/s; N1 = 21,1 m; ηn1 = 0,76; Nn1 = 17,3 kVt. Q1 = 26,9 l/s; N1 = 20,1 m; ηn1 = 0,78; Nn1 = 6,8 kVt.
Bir nasos bittayu–bitta tizim uchun ishlaganida:
1–nasos – Q1 = 63 l/s; N1 = 16,5 m; ηn1 = 0,57; Nn1 = 17,9 kVt.
2–nasos – Q2 = 33,3 l/s; N2 = 13,3 m; ηn2 = 0,67; Nn2 = 6,5 kVt.
27–masala. Ikkita– 4K–90/30,b hamda 4K–90/20 markazdan qochma nasosi, bir stansiyada, o‘zaro yonma–yon joylashib, parallel ishlab, suvni quduqdan oqim kuchi rezervuariga uzatadilar. O‘tkazish quvurlari tizimi tavsifi Ntr = Ng + StrQ2 tenglamasi bilan ifodalanib, unda Ng = 12 m, o‘tkazish quvurlari gidravlik qarshiligi raqamli ifodasi Str = 1130 bo‘lib, Q sarfi uchun m3/s da ifodalangan. Burilish (ajralish) joylaridagi oqim kuchi kichikligi tufayli ularni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Nasoslar tavsifi 5.37–rasmda ko‘rsatilgan.
–rasm. Suv uzatish sistemasining sxemasi
Nasoslar tomonidan uzatiladigan umumiy sarf miqdori, Q1+2 va erishiladigan napor H1+2 ni, shuningdek har bir nasos uchun ular birga hamda alohida ishlaganidagi Q, H, ηn, Nn parametrlarini aniqlash talab etiladi.
Javob: Q1+2 = 55,1 l/s; H1+2 = 22,3 m. Har bir nasos birga ishlaganida quyidagi parametrlarga ega:
Q1 = 32,1 l/s; H1 = 22,3 m; ηn1 = 0,71; Nn1 = 9,9 kVt. Q2 = 23,0 l/s; H2 = 22,3 m; ηn2 = 0,80; Nn2 = 6,3 kVt.
Bitta nasos xuddi ana shu tizimga ishlaganida:
1–nasos – Q1 = 35 l/s; H1 = 18,2 m; ηn1 = 0,65; Nn1 = 9,6 kVt.
2–nasos – Q2 = 29,3 l/s;, H2 = 17,3 m; ηn2 = 0,75; Nn2 = 6,6 kVt.
Do'stlaringiz bilan baham: |