Markazdan qochma nasoslar bir tizimga oldinma–ketin, ya’ni bir nasos erishadigan oqim kuchi suyuqlikni berilgan balandlikka ko‘tarish uchun etarli bo‘lmagan hollarda bir nasosning oqim patrubkasini ikkinchisining so‘rish patrubkasiga ulanadi. Bunda, ma’lumki, sarf bir xilligicha qolib, nasos erishadigan ko‘tarish balandligi ortib boradi.
–rasmda ikkita bir xil markazdan qochma nasosning oldinma–ketin ulanish sxemasi va ularning tavsiflari taqdim etilgan.
–rasm. Ikki bir xil markazdan qochma nasosning oldinma–ketin ulanish tavsifi
Oldinma–ketin ulangan nasoslarning ish parametrlarini aniqlash uchun, nasoslar parallel ulangan holdagi kabi, bir grafikda nasoslarning umumiy grafigi – ΣQ–H1+2 va o‘tkazish quvurlari tizimi tavsifini – Q–Htr birlashtirish zarur. Bir necha nasosning oldinma–ketin ishi umumiy tavsifini qurish sarf – Q bir xil bo‘lgan N ordinatalari (oqim kuchi)ni qo‘shish bilan amalga oshiriladi, chunki oldinma–ketin ishlayotgan nasoslar erishadigan oqim kuchi, nasoslarning har biri
tomonidan erishiladigan oqim kuchlari yig‘indisiga teng. Tavsiflari bir xil ikki nasos oldinma–ketin ishlaganida (50–rasm) ordinatalar (sarf shunday qolganida) ikki barobar ortadi.
Nasoslar ishi nuqtasi (A n.) nasoslarning umumiy tavsifi – ΣQ–H1+2 ning o‘tkazish quvurlari tizimi tavsifi Q–Htr bilan kesishuv nuqtasidir. A nuqtasiga ko‘ra ikki nasosning umumiy amaldagi uzatishi va oqim kuchi – H1+2 aniqlanadi. Har bir nasosning ularning birgalikda oldinma–ketin ishlaganida oqim kuchi, FIK va quvvatini toppish uchun A nuqtasidan Q–H1,2, Q– η1,2, Q–N1,2 egri chiziqlari bilan kesishguniga qadar perpendikulyar tushiriladi. A1,2 nuqta ordinatasi har bir nasos oqim kuchini aniqlab, uzatish kuchi esa Q1 = Q2q Q1+2 ga teng. Birga ishlayotgan har bir nasosning FIK va quvvati mos ravishda 1 va 2–nuqtalar bilan belgilanadi.
Turli tavsifga ega bo‘lgan nasoslar uzatish kuchi o‘zaro katta farq qilmagan hollardagina ular oldinma–ketin ishlashi mumkin (Bunda oqim kuchi ahamiyatga ega emas). Turli tavsifli nasoslar oldinma–ketin ishi parametrlarini aniqlash 51– rasmda ko‘rsatilgan. Nasoslarning umumiy tavsifi – ΣQ–H1+2 uzatish bir xil bo‘lganida har bir nasosning oqim kuchini ko‘paytirish orqali quriladi. Uzatish – Q1+2 va oqim kuchi – H1+2 birga oldinma–ketin ishlaganda ushbu nasoslarning umumiy amaliy parametrlari hisoblanadi. Q1 = Q2 uzatish va H1,H2 oqim kuchlari birgalikdagi ish jarayonidagi har bir nasosning amaldagi parametrlari bo‘lib xizmat qiladi. 11, 12 va 21, 22 nuqtalariga ko‘ra mos ravishda birgalikdagi ish jarayonidagi har bir nasosning FIK va quvvati aniqlanadi.
Markazdan qochma nasoslarning umumiy uzatish kuch quvuriga oldinma– ketin ishlashida ular bir–biriga bevosita yaqin joylashsa, qisqa ulanish quvuridagi qarshilikni kichikligi tufayli hisobga olmasa ham bo‘ladi. Nasoslar orasidagi masofa ancha katta bo‘lganida ulanish quvuridagi qarshilikni hisobga olmaslik mumkin emas va u hisob–kitob chog‘ida hisobga olinishi shart.
–rasm. Ikki turli markazdan qochma nasoslar oldinma–ketin ishlashi tavsifi
Suyuqlikni katta masofalarga jiddiy geometrik balandlikka ko‘tarish sharoitida nasoslar yoki nasos stansiyalarini oldinma–ketin ulash sxemasi birmuncha keng qo‘llanadi. Markazdan qochma nasoslardan foydalanishning Bunday sxemasi ish parametrlarini aniqlash 52–rasmda namoyish etilgan. Bu holda nasoslarning birga ishlashi tavsifi quyidagicha quriladi.
1–nasosning berilgan tavsifi Q–H1 va 2–nasos tavsifi Q–H2 bo‘lganida avval 1–nasosning d nuqtasiga (1–nasos kuch liniyasining 2–nasosga ulanish nuqtasi) nisbatan drosselli tavsifini quradilar. Buning uchun Q–H1 egri chizig‘i ordinatalaridan ushbu o‘tkazish quvuri tavsifi – Q–h1ddan foydalanib, 1–d uchastkasidagi oqim kuchi yo‘qotishlari ayirib tashlanadi. Shu tarzda olingan 1– nasos drosselli tavsifi ordinatalari Q–H1d ni 2–nasos tavsifi ordinatalari Q–H2 ga qo‘shib, 1 va 2 nasoslar birgalikdagi ishi umumiy tavsifi – ΣQ – H1d+2 ga ega bo‘linadi.
Xuddi shu grafikda kuch quvurining 2–nasosdan to rezervuargacha bo‘lgan Q
Htr tavsifini qurish bilan o‘tkazish quvurlari va nasoslar ushbu tizimining A ish nuqtasini topadilar. Bu holda nasoslarning ish parametrlarini topish yo‘llari 5.53– rasmda ko‘rsatilgan.
–rasm. Bir–biridan uzoq masofada joylashgan ikki markazdan qochma nasoslarning oldinma–ketin ishlash tavsifi
–rasm. Ikkita bir xil – D200–36 markazdan qochma nasoslarning oldinma–ketin ishlash tavsifi