31–masala. Ikkita bir xil – 8K–290/25 markazdan qochma nasosi quduqdan tozalash inshootlariga uzatmoqda. Nasoslar bir–biridan ancha uzoq masofada joylashgan. Birinchi nasos umumiy uzatish kuch quvuridan ln1 = 280 m masofada joylashib, u bilan po‘lat quvurlardan iborat liniya dn1 = 200 mm orqali ulangan. Ikkinchi nasos umumiy uzatish kuch quvuriga ln2 = 190 m masofada joylashib, bu nasos ham o‘tkazish liniyasi bilan po‘lat quvurlardan iborat liniya dn2 = 200 mm orqali ulangan. Po‘lat quvurli umumiy uzatish kuch liniyaning diametri esa dn2 = 250 mm va uzunligi ln3 = 350 m. Har ikkala nasosning suvni ko‘tarish geometrik balandligi bir xil bo‘lib, Ng = 10 m ni tashkil qiladi. Nasoslarning so‘rilish liniyalari ham bir xil va qisqa, shuning uchun ulardagi qarshiliklarni hisobga olmasa ham bo‘laveradi. Nasos tavsifi 5.42–rasmda keltirilgan.
–rasm. 8K–290/25 markazdan qochma nasos tavsifi.
Nasoslar tomonidan uzatiladigan umumiy sarfni, Q1+2 hamda erishiladigan oqim kuchini – H1+2, shuningdek har bir nasos birgalikda ishlaganidagi q, H, ηn va Nn parametrlarni aniqlash talab etiladi.
Javob: Q1+2 = 142 l/s; N1+2 = 24,4 m. Har bir nasos birgalikda ishlaganida quyidagi parametrlarga ega: Q1 = 68 l/s, N1 = 31 m; ηn1 = 0,80; Nn1 = 25,8 kVt; Q2
= 74 l/s, N2 = 30 m; ηn2 = 0,81; Nn2 = 26,9 kVt.
32–masala. Ikkita bir xil – 8K–290/25 markazdan qochma nasosi parallel ishlab turib suv ta’minoti manbaidan suv minorasiga suv uzatmoqda. Birinchi nasos ikkinchisidan narida joylashib, umumiy uzatish kuch quvuriga diametri dn1 =
200 mm va uzunligi ln1 = 310 m bo‘lgan po‘lat quvurlardan iborat ulanish liniyasidan umumiy kuch liniyasiga suv etkazib beradi. Undan yaqin masofada joylashgan ikkinchi nasos ham xuddi shu nuqtaga suv uzatadi. Shuning uchun ikkinchi nasosdan uzatish kuch quvurining umumiy nuqtasiga qadar bo‘lgan qarshiliklarni hisobga olmasa ham bo‘ladli. Umumiy uzatish kuch quvuri tavsifi Htr = Hg + StrQ2 tenglamasi bilan berilgan. Umumiy kuch quvuri gidravlik qarshiligining raqamlarda ifodalangan ko‘rsatkichi m3/c da ifodalangan Q – sarf uchun Str = 670. So‘rilish liniyalaridagi qarshilik kichikligi tufayli hisobga olinmasin. Nasos tavsifi 5.43–rasmda keltirilgan.
–rasm. D320–50 markazdan qochma nasosining tavsifi
Nasoslar tomonidan uzatiladigan umumiy sarfni, Q1+2 hamda erishiladigan oqim kuchini – H1+2, shuningdek har bir nasos uchun birgalikda ishlagandagi q, H, ηn va Nn parametrlarni aniqlash talab etiladi.
Javob: Q1+2 = 150 l/s; N1+2 = 50,1 m; har bir nasos birgalikda ishlaganida quyidagi parametrlarga ega:
Q1 = 61 l/s, N1 = 54,9 m; ηn1 = 0,7; Nn1 = 46,9 kVt;
Q2 = 89 l/s, N2 = 50,1 m; ηn2 = 0,74; Nn2 = 59,1 kVt.
Do'stlaringiz bilan baham: |