33–masala. Ikkita turli xil – 4K–90/30 va 6K–160/30,b markazdan qochma nasoslari parallel ishlab, tozalash inshootlariga suv uzatmoqda. Birinchi nasos ikkinchisidan va umumiy uzatish kuch quvuridan ln1 = 500 m masofada joylashib, u bilan po‘lat quvurlardan iborat dn1 = 200 mm liniya orqali ulangan. Nasoslarning so‘rilish liniyasi kalta bo‘lib, undagi qarshiliklarni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Umumiy uzatish liniyasi diametri dn = 250 mm va uzunligi ln = 1250 m bo‘lgan cho‘yan quvurlardan yotqizilgan. Ikkinchi nasos umumiy kuch liniyasiga yaqin joylashgan. Har ikkala nasos yaqinidagi manbada suv sathi bir xil. Nasoslar yordamida suvni ko‘tarish geometrik balandligi Ng = 12 m. Nasos tavsifi 5.44– rasmda keltirilgan.
–rasm. 1–4K–90/30; 2–6K–160/30, b markazdan qochma nasoslarning tavsifi
Nasoslar tomonidan uzatiladigan umumiy sarfni, Q1+2 hamda erishiladigan oqim kuchini – H1+2, shuningdek har bir nasos uchun birgalikda ishlagandagi q, H, ηn va Nn parametrlarni aniqlash talab etiladi.
Javob: Q1+2 = 73,4 l/s; N1+2 = 27,1 m. Har bir nasos birgalikda ishlaganida quyidagi parametrlarga ega:
Q1 = 25,6 l/s, N1 = 28,4 m; ηn1 = 0,78; Nn1 = 9,1 kVt; Q2 = 47,8 l/s, N2 = 27,1 m; ηn2 = 0,77; Nn2 = 16,5 kVt.
Har bir nasos alohida ishlaganida quyidagi parametrlarga ega: Q1 = 37,2 l/s, N1 = 16,4 m; ηn1 = 0,64; Nn1 = 9,4 kVt;
Q2 = 56,9 l/s, N2 = 21,6 m; ηn2 = 0,68; Nn2 = 17,7 kVt.
34–masala. Ikkita turli xil – 6K–160/30 va D200–36 markazdan qochma nasoslari parallel ishlab, tizimga suv etkazib berayapti. Birinchi nasos umumiy uzatish kuch liniyasidan (N n.) ln1 = 290 m masofada joylashib, u bilan diametri dn1
= 200 mm bo‘lgan po‘lat quvur orqali ulangan. Ikkinchi nasos N nuqtasiga yaqin joylashgan. Umumiy uzatish liniyasi N nuqtasidan uzatish kuch rezervuariga qadar bir xil diametrli, har biri dn = 200 mm va uzunligi ln = 600 m bo‘lgan cho‘yan quvurlardan yotqizilgan. So‘rilish liniyalardagi qarshiliklar kichikligi tufayli ularni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Nasoslar yordamida suvni ko‘tarish geometrik balandligi Ng = 18 m. Nasos tavsifi 5.45,b–rasmda keltirilgan.
Nasoslar tomonidan uzatiladigan umumiy sarfni, Q1+2 hamda erishiladigan oqim kuchini – H1+2, shuningdek har bir nasos uchun birgalikda ishlagandagi q, H, ηn va Nn parametrlarni aniqlash talab etiladi.
Javob: Q1+2 = 117 l/s; N1+2 = 31,2 m. Har bir nasos birgalikda ishlaganida quyidagi parametrlarga ega:
Q1 = 49 l/s, N1 = 34,9 m; ηn1 = 0,78; Nn1 = 21,5 kVt; Q2 = 68 l/s, N2 = 31,2 m; ηn2 = 0,69; Nn2 = 30,1 kVt.
–rasm. Suv uzatish tizimi sxemasi (a); markazdan qochma nasoslar tavsifi (b): 1 – 6K– 160/30; 2 – D200–36
Do'stlaringiz bilan baham: |