Buxoro viloyatida ekin maydonlarini sug‘orish asosan viloyatlararo “Amu – Buxoro” mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi va “Amu – Buxoro” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmasiga qarashli gidroinshootlar orqali amalga oshiriladi. Mazkur nasos stansiyalarining samarali va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida ularni rekonstruksiya qilishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarda xorijiy investitsiyalardan ham samarali foydalanilayotir. Buni “Qorako‘l” nasos stansiyasini rekonstrutsiya qilish loyihasi misolida ham ko‘rish mumkin. “Amu – Qorako‘l” mashina kanalidan suv oladigan mazkur gidroinshoot viloyat qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Biroq stansiya to‘la quvvat bilan ishlamayotgani, yozda, vegetatsiya davrida suv ta’minotida qator muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan edi. Qorako‘l va Olot tumanlaridagi 30 ming gektardan ziyod yerni suv bilan ta’minlaydigan mazkur nasos stansiyasining hudud uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi inobatga olinib, 2011-yil 6-iyulda Prezidentimizning Buxoro viloyatida “Qorako‘l” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining beg‘araz yordamidan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.